Nurul-yaqin


Download 5.09 Kb.

bet14/26
Sana10.02.2017
Hajmi5.09 Kb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26

 
URUSHDAGI NAYRANG 
 
Nuayim ibn Ma’sud ahdiga bevafolik qilgan Qurayza yahudiylarning yoniga bordi. Ular 
bilan azaldan yaqin bo‘lgani uchun yahudiylar Nuayimni izzat-ikrom bilan kutib olishdi. 
"Ey bani Qurayza xalqi! Mening sizlarga do‘stligimni va sadoqatimni yaxshi bilasizlar, — 
dedi Nuayim. — Men sizlarga muhim bir gapni aytib qo‘yish uchun keldim. Faqat uni 
hech kimga og‘zingizdan gullab qo‘ymasligingiz kerak. — Yahudiylarning oqsoqollari sir 
saqlashga va’da berishgach, gapida davom etdi. — Bani Qaynuqo’ bilan bani Nazir 
qabilalari yurtidan haydalib, mol-mulki, uy-joyi musodara qilinganidan xabaringlar bor. 
Quraysh bilan G’atafon qabilalarining shart-sharoiti boshqa; ular qulay fursat kelsa 
urushadi, mag‘lub bo‘lishsa o‘z yurtiga qaytib ketishaveradi, yutqizadigan hech narsalari 
yo‘q. Sizlar anavi odam (payg‘ambar alayhis-salom demoqchi) bilan bir joyda 
yashaysizlar, yaxshi kuninglarga ham, yomon kuninglarga ham ular sherik. Mabodo 
urushsanglar musulmonlarni yengamiz, deb o‘ylaysizlarmi? Menga qolsa sizlar Quraysh 
bilan G’atafon qabilasining eng mo‘tabar odamlaridan yetmish nafarini garovga olib, 
ittifoqdoshlaringiz qaltis vaziyatda tashlab qochmasligiga ishonch hosil qilganingizdan 
keyingina bu urushda qatnashishingiz kerak. Yahudiylar uning fikrini ma’qullab, do‘stona 
maslahati uchun qayta-qayta minnatdorchilik bildirishdi. 
Nuaym esa, bu yerdan chiqib to‘ppa-to‘g‘ri Quraysh kattalarining huzuriga kirib bordi. 
"Mening sizlarga do‘st ekanimni, hurmatim cheksizligini isbotlab o‘tirishning hojati yo‘q. 
Do‘st ekanimni isbotlash uchun sizlarga bir maslahat bilan keldim, faqat bu gap 
o‘rtamizda qolsin, tashqariga chiqmasin, dedi. Quraysh kattalari sir saqlashga ont 
ichishgach, Nuayim gapida davom etdi. — Bani Qurayza yahudiylari sizlarga ishonmaydi, 
agar urushda yengilsak, baribir, qurayshlar bizga yordam bermay tashlab qochishadi, 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
85
deb Muhammad bilan tuzgan shartnomasini buzganiga afsuslanib o‘tirishibdi. Ular 
sizlardan bir guruh odamni garovga olib Muhammadga topshirishmoqchi, buning evaziga 
musulmonlardan bani Nazir qabilasining o‘z yurtiga qaytishiga izn olishmoqchi. Erta-
indin bani Qurayza odam yuborib sizlarga shart qo‘yadi. Ehtiyot bo‘linglar, ularning 
nayrangiga uchmanglar".  
Quraysh kattalari bu gapga ishonishini ham, ishonmasligini ham bilmay boshi qotdi. 
Bu orada Nuayim bani G’atafon qabilasiga o‘tib qurayshlarga aytgan gaplarini takrorladi. 
Ularning safida sarosima paydo bo‘ldi. Abu Sufyon Nuayimning gapi rost-yolg’onligini 
sinab ko‘rish uchun bani Qurayzaga odam yuborib, ertaga urushga otlanishni buyurdi. 
Bani Qurayza oqsoqollari: "Biz shanba kuni urushmaymiz, boshimizga tushgan hamma 
sho‘r ishlar shanba kuni qon to‘kkanimizning kasofatidan. Qolaversa, bizni arosatda 
tashlab ketmasligingizning kafolotiga bir guruh odamingizni garovga berib 
qo‘ymaguningizcha urushga chiqmaymiz", deyishdi.  
Quraysh bilan G’atafon qabilalari Nuayim rost gapirganiga ishonch hosil qilishdi, 
o‘rtaga nifoq tushib, bir-birlaridan shubhalana boshlashdi. Payg‘ambar alayhis-salom 
Xudoga yolborib iltijo qildilar: "Qur’onni nozil etguvchi, bandalaridan zudlik bilan hisob 
oluvchi yaratgan egam, mushriklarni mag‘lub qilgin! Ey Olloh, ularni maglub qilgin! Bizni 
ularning ustidan g‘olibu muzaffar aylagin!"  
Olloh taolo rasulullohning duosini ijobat qilib, yarim kechasi dushmanlar ustiga sovuq 
bo‘ron yubordi. Musulmonlar bilan yahudiylar birlashib hujumga o‘tishidan qo‘rqqan 
mushriklar chekinish harakatiga tushishdi. Payg‘ambar alayhis-salom dushman safidagi 
sarosimani ko‘rgach, sahobalarga: "U yoqda nimalar bo‘lyapti? Qaysi biringiz borib 
ahvolni bilib kelasiz?" dedilar. Hech kimdan churq etgan sado chikmadi. Rasululloh 
savolni uch qayta takrorlab javob ololmagach, Huzayfa ibn Ya’monga: "Nega gapimni 
eshitib turib javob bermayapsan?" dedilar. Huzayfa: "Ey Rasululloh, sovuq jonimdan 
o‘tib, gapirishga chog‘im kelmayapti", deya javob qaytardi. "Payg‘ambarning ehtiyoji 
uchun ahvolni bilib kelgin", dedilar sarvari olam. Huzayfa rasulullohning ehtiyoji uchun 
jonini tahlikaga qo‘yib, dushman shoshilinch qaytmoqchi bo‘layotganini aniqlab keldi. 
 
 
MUSHRIKLARNING MAG’LUB BO’LISHI 
 
Mushriklarni shu qadar vahima bosgan ediki, ularning lashkarboshisi Abu Sufyon 
oramizga dushman qo‘shilib qolmasin, deb hammani qo‘l ushlashib yurishga buyurdi va 
birinchilar qatori tuyasining jilovini yecha boshladi. Qochishni lashkarboshining o‘zi 
boshlab bermohchiligini ko‘rgan Safvon ibn Umayya uning yo‘lini to‘sib: "Hammaga 
boshliq bo‘la turib juftakni rostlab qolmoqchimisan?"— dedi. O’z qilmishidan uyalgan Abu 
Sufyon chekinishni buyurdi. Musulmonlar hujum hilib qolmasin, degan xavotirda Xolid 
ibn Valid boshchilidagi bir guruh sarbozga safning orqasini qo‘riqlab borishni buyurdi. 
Shu bilan Olloh taolo musulmonlarni arab mushriklari bilan yahudiylardan tarkib topgan 
katta qo‘shinning hujumidan asrab holdi, agar parvardigor ularga iltifot va marhamat 
ko‘rsatmasa vaziyat keskinlashib, ko‘p odamning yostig‘i qurishi muqarrar edi.  
Zulqa’da oyida yuz bergan bu voqea Qur’oni karimdagi Ahzob surasining 9-13-
oyatlarida haqli ravishda yaratganning ne’mati deb ataladi: "Ey mo‘minlar, Ollohning 
sizlarga bergan ne’matini eslanglar! O’shanda ustingizga lashkar bostirib kelgan edi, biz 
ularga bo‘ron va sizlarga ko‘rinmaydigan qo‘shin (farishtalarni) yubordik. Olloh sizlarning 
qilgan ishlaringizni ko‘rib turdi. O’shanda ular yuqoridan ham, pastdan ham (bostirib) 
kelgan, (qo‘rquvdan) ko‘z oldingiz qorong‘ilashib, o‘pkangiz bo‘g‘zingizga tiqilib qolgan. 
Olloh haqida har xil xayollarga borgan edinglar, shu joyda mo‘minlar sinalgan va qattiq 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
86
sarosimaga tushgan edi. Shu lahza munofiq va dillarida qudratlari borlar Olloh va uning 
payg‘ambari bizga quruq va’dalarni berishgan ekan, deyishardi. Shu asnoda ulardan bir 
guruhi: "Ey yasribliklar, bu yerda turmay qaytib ketinglar," derdi. Ulardan yana bir 
guruhi uy-joyimiz ochiq-sochiq (qolgan) deb ruxsat so‘rashdi. Ularniig uy-joyi ochiq-
sochiq emas, faqat qochib (qolishnigina) ko‘zlashgan". 
 
 
BANI QURAYZA G’AZOTI 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Xandaq jangidan qaytib, hali jangovar liboslarini yechib 
ulgurmaslaridan Olloh taolo musulmonlar tang ahvolda qolganda ularga qarshi 
xiyonatkorona bosh ko‘targan yahudiylar bilan orani ochdi qilib, bu zamindan quvib 
chiqarishini amr etdi. Rasululloh sahobalarga asr namozini bani Qurayza yerida o‘qishni 
buyurib, o‘zlari ularning orqasidan yo‘lga tushdilar. U kishining o‘rniga Madinada 
Abdulloh ibn Ummu Maktum qoldi. Ali ibn Abu Tolib bayroqdor bo‘lib, sahobalarni jadal 
boshlab ketdi.  
Jangga otlanganlarning soni uch ming nafar edi. Sahobalarning bir qismi 
rasulullohning buyrug‘ini manzilga tezroq yetish ma’nosida tushunib namozdigarni yo‘lda 
o‘qidi, ikkinchi guruh esa bu farmonni ayni ma’nosida anglab, ibodatni bani Qurayzada 
bir oz kechikib ado etdi. Rasululloh ularning hech qaysisini ayblamadilar. Bani Qurayza 
yahudiylari quyundek shiddat bilan bostirib kelayotgan musulmonlarni ko‘rgach, 
o‘takalari yorilgudek bo‘lib, shosha-pisha qo‘rg‘onlariga yashirinib olishdi. Ular o‘z 
qilmishlarini — va’daga vafo qilmay musulmonlarni tang ahvolda qoldirib, g‘anim bilan til 
biriktirishganini, bu munofiqliklari uchun kechirilmasliklarini yaxshi bilishardi.  
Musulmonlar ularni yigirma besh kun muhosara qildilar. Yahudiylar to‘qnashuv 
muqarrarligini, agar muhosara shu zaylda davom etaversa ochlikdan qirilib bitajaklarini, 
yaxshisi musulmonlarni insofga keltirib, xuddi bani Nazir qabilasidek faqat mol-mulkini 
olib yurtidan chiqib ketishga ijozat so‘rash kerakligini anglab yetishdi. Biroq rasululloh 
ularning talabiga rozi bo‘lmadilar. Yahudiylar hech narsasini olmay, choponini yelkasiga 
tashlab chiqib ketajaklarini aytishdi. Sarvari olam bunga ham ko‘nmadilar, nimaga hukm 
etsalar shunga rozi bo‘lmagunlaricha qamalda saqlayajaklarini bildirdilar.  
Yahudiylar: "Bizga Abu Lubobani yuborgin. U bilan kengashib bir qarorga kelaylik", 
deyishdi. Abu Luboba yahudiylarning ittifoqchisi Avs qabilasidan bo‘lib, bola-chaqasi, 
mol-mulki yahudiylarning qo‘lida edi. Ular Abu Lubobadan nima qilish kerakligi haqida 
maslahat so‘rashdi. "Agar payg‘ambar alayhis-salomning hukmiga rozi bo‘lsanglar, qix, 
— u kaftining qirrasi bilan tomog‘ini kesib ko‘rsatdi. — Kallanglar ketadi, hammangiz 
o‘limga hukm etilasiz". Abu Luboba bu gapni aytishga aytdi-yu, biroq shu zahoti Xudoga, 
payg‘ambarga xiyonat qilganini tushundi. 
Yahudiylarning qarorgohidan qaytgach rasulullohga ro‘para kelishdan uyalib Madinaga 
yo‘l oldi, o‘zini ustunga bog‘latib, payg'ambar alayhis-salomga xabar yubordi va 
qilmishiga yarasha jazo kuta boshladi. Rasululloh: "Agar Abu Luboba to‘g‘ri kelib menga 
uchrashganda afv etardim, o‘z bilgicha ish tutgan ekan, Ollohdan hukm tushguncha 
qimir etmay tursin", dedilar. Chorasiz qolgan bani Qurayza yahudiylari rasulullohning 
amriga bo‘ysunishdi.  
Payg‘ambar alayhis-salom bani Qurayzaning barcha erkaklarini qo‘lini bog‘lagan holda 
olib kelishni buyurdilar. Avs qabilasining odamlari o‘rtaga tushib, ularga ham bani 
Qaynuqo’ yahudiylariga qilinganidek iltifot ko‘rsatilishini o‘tinishdi. "Agar orangizdan 
biron kishi hukm chiqarsa, uning aytganiga rozi bo‘lasizlarmi?" deb so‘radilar rasululloh. 
Odamlar rozi bo‘lajaklarini aytib, hukm chiqarish huquqini o‘z oqsoqollari Sa’d ibn 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
87
Maozga munosib ko‘rishdi. Sa’d ibn Muoz Xandaq jangida yaralanib, yaradorlar uchun 
ajratilgan maxsus chodirda yotardi. Payg‘ambar alayhis-salom yuborgan odamlar uni 
eshakka mindirib olib kelishdi. Avs qabilasining oqsoqollari Sa’dning atrofini o‘rab, 
yahudiylarga qattiqqo‘llik qilmaslikni o‘tinishdi. "Odamlarning ayblashlaridan qo‘rqmay 
Ollohning hukmini ijro etadigan payt keldi," dedi Sa’d. U yetib kelganda rasululloh 
sahobalar bilan gaplashib o‘tirgan edilar. "Boshlig‘inglarni eshakdan tushirib qo‘ynnglar", 
dedilar payg‘ambar alayhis-salom uning atrofida turganlarga. Odamlar buyruqni bajo 
keltirishgach, rasululloh senga ittifoqchilarning ustidan hukm 
chiqarishni topshirmoqchilar, deyishdi.  
Payg‘ambar alayhis-salom bu fikrii tasdiqlab: "Ey Sa’d, bani Qurayza yahudiylari 
ustidan hukm chiqar, dedilar. Sa’d sahobalarga yuzlanib: "Men chiqargan hukmni ijro 
etishga Xudoni o‘rtaga qo‘yib qasam ichasizlarmi?" deb so‘radi. Sahobalar qasam ichib, 
rasululloh ularning fikrini tasdiqlagach, Sa’d qarorini aytdi: "Erkaklarni o‘limga, ayollar 
bilan bolalarni asir olishga hukm etaman". "Sen Ollohning hukmi kabi hukm chiqarding", 
dedilar rasululloh. Suiqasdchi xoinlarning jazosi shunday bo’lishi kerak. Payg‘ambar 
alayhis-salomning amriga binoan hukm shu zahoti ijro etildi.  
Bir yarim ming qilich, uch yuz sovut, ikki ming nayza, besh yuz qalqon, juda ko‘p 
ro‘zg’or buyumlari, idish-tovoq, tuya, qo‘y ganimat olindi. Bularga xurmo va asirlarni 
ham qo‘shib, beshga bo‘lindi. Suvoriylarga uch hissa, piyodalarga bir hissa, hatto 
yaradorlarga qaraydigan ayollarga ham ma’lum ulush berildi. Ichkilik solingan 
idishlarning ichidagi aroq-sharoblar to‘kib tashlandi. Bu ishlar nihoyasiga yetmay turib 
Sa’d ibn Muoz ham vafot etdi. U juda ko‘p qon yo‘qotgan, jarohati tuzalish o‘rniga battar 
zo‘rayib ketgan edi. Uning ansorlar orasidagi obro‘-e’tibori Abu Bakrning muhojirlar 
o‘rtasidagi martabasi bilan tang edi. Sa’d ibn Muoz hamma g‘azotlarda qatnashib 
beqiyos qahramonliklar ko‘rsatgan, shu bois rasululloh uni juda yaxshi ko‘rardilar. Dafn 
marosimida jannatu rizvonga noil bo‘lajagini bashorat qildilar. 
Musulmonlar Madinaga qaytib kelgach, Olloh taolo Qur’ondagi Tavba surasining 102-
oyatini nozil qilib, Abu Lubobaning tavbasini qabul etdi: "Yaxshi ishga yomonlikni 
aralashtirilib bajargan bir guruh odam o‘zlarining gunohini tan olishdi, Olloh ularning 
tavbasini qabul qilishi mumkin, Olloh mag‘firat etguvchidir, benihoya mehribondur. "Abu 
Luboba xiyonat qilgan joyi — bani Qurayza diyorini butunlay tark etishga qasam ichdi. 
Bu g’azot tufayli parvardigor musulmonlarni ikkiyuzlamachilik va xoinlikka odatlangan 
yahudiylarning xavf-xataridai xolos etdi. Aslida Xandaq urushiga kelganlarni vasvasga 
solganlar yahudiylarning Haybarda qolgan bir guruh buzg‘unchi kattalari edi. Ularning 
qanday ta’zirini yeganligi haqida keyingi boblarda to‘xtalib o‘tamiz. 
 
 
PAYG’AMBAR ALAYHIS-SALOMNING ZAYNABGA UYLANISHLARI 
 
Rasululloh shu yili Jahshning qizi Zaynabni nikohlariga oldilar. U ilgari payg‘ambar 
alayhis-salomning ozodgardasi (ozod etilgan quli) bilan turmush qurgan edi. Rasululloh 
o‘z ammalarining qizini Zaydga olib berganlarida uning asilzoda ota-onasi qulni kuyov 
qilishni o‘zlariga or bilishgan edi. Arablar qizlarini qullarga berishni haqorot deb bilishar, 
bunga imkoni boricha yo‘l qo‘yishmas edi. Rasululloh asrab-avaylagani bilan Zaydning 
nasl-nasabi o‘zgarmas, payg‘ambar avlodiga kuyov bo‘lishga baribir loyiq sanalmasdi. 
Lekin parvardigor Ahzob surasining 3-oyatini nozil etgach, Zaynabiing ota-onasi 
rasulullohning istagiga qarshi chiqolmay qolishdi. "Olloh va uning payg‘ambari biror ish 
(xususida) hukm chiqargandan keyin erkagu ayol mo‘minlarking ixtiyorlari o‘zlarida 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
88
bo‘lmaydi. Kimki Ollohga va uning payg‘ambariga osiylik qilsa, ro‘y-rost adashgan 
hisoblanadi".  
Turmush qurishganidan keyin Zaynab eridan o‘zini ustun qo‘yib, takabburlik qildi. Bu 
haqoratga chidolmagan Zayd rasulullohga dardini aytganda, u kishi asrandi o‘g‘lini sabr 
qilishga, turmush qiyinchiliklarini og‘ir-bosiqlik bilan yengishga undadilar. Oradan ko‘p 
o‘tmay o‘ziga bino qo‘ygan bu xotin bilan murosa qilolmasligini aytib yana bir necha 
marta nolidi. Zo‘rlik bilan qurilgan oila buzilib, xotinining talog‘ini berdi. Shundan keyin 
Olloh taolo payg'ambar alayhis-salomga Zaynabni nikohiga olishni buyurdi. Shu bilan 
har xil gap-so‘zlarga sabab bo‘lgan mojarolarga chek qo‘yildi hamda Zaynabning qulga 
nikohlanishi bilan oilasining yerga urilgan qadr-qimmati tiklandi.  
Payg‘ambar alayhis-salom odamlarning Muhammad asrandi o‘g‘lining xotinini tortib 
oldi, deya gap-so‘z qilishlaridan qo‘rqib, Zaydga: "Turmushingni buzishga Xudodan 
qo‘rqqin. Sabr-toqat bilan chidab yashayver", derdilar. Rasululloh Olloh taoloning 
bo‘yrug‘ini oshkor etishdan hayiqdilar. Ahzob surasining 37-oyati bilan parvardigor 
bunday o‘y-fikrlarni bekor etdi: "Mo‘minlarga ularning asrandi o‘g‘illari taloq qilgan 
xotinlarini nikohlab olish gunoh bo‘lmasligi uchun Zayd xotinini qo‘yib yuborgach, uni 
senga nikohlab berdik, Ollohning amri bajo keltirilishi kerak".  
Parvardigori olam arablardagi bola asrash odatining ayrim zararli tomonlarini e’tiborga 
olib, bu odatni Ahzob surasining 40-oyati bilan bekor qildi: "Muhammad orangizdagi 
biron erkakning otasi emas, u Ollohning payg‘ambari va nabiylarning so‘nggisidir. Olloh 
hamma narsani (ko‘rib) bilib turguvchidir". Shu daqiqadan e’tiboran asrandi o‘g‘il 
Muhammadning o‘g‘li Zayd deb emas, Horisaning o‘g‘li Zayd deb atala boshlandi. Shu 
lahzadan e’tiboran uning ismi Qur’onda asrlar mobaniyda zikr etiladigan bo‘ldi. 
Ayrim nodon tarixchi-yu, g‘arazli kimsalar bu voqeani o‘z mayllariga moslab talqin 
etishadi. Ularning aytishicha, go‘yo kunlarning birida payg‘ambar alayhis-salom asrandi 
o‘g‘li Zaydni ko‘rgani borganda shamol bo‘lib, Zaynabning yuzidagi parda ochilib 
ketganmish va Sarvari olamning ammavachchasiga ishqi tushib, subhonalloh, deb 
yuborganmishlar. Zaynab bu voqeani aytgach, Zayd o‘zini ajralishim kerak deb o‘ylab, 
niyatini rasulullohga aytganmish. Lekin rasululloh uni niyatidan qaytarish uchun ko‘p 
nasihat qilganmishlar va hokazo va hokazo...  
Bu gaplarning yolg‘onligi shundan ma’lumki, u paytlarda arab ayollari yuzlarini 
berkitib yurishlari hali rasm bo‘lmagan edi; qolaversa ammalarining qizi Zaynab 
rasululloh Makkada paytlarida Islomga kirgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom uni o‘n yil 
mobaynida biron marta ko‘rmay shamol ro‘molini ko‘tarib yuborishi bilan ko‘zi tushib 
qoladimi? Zaynabni Zaydga rasulullohning o‘zlari olib berganlar. Agar u kishining 
ko‘nglida boshqacha niyat bo‘lsa, bu ishga o‘zgacha tus berib, Zaynabga uylanishlariga 
nima mone’lik qilardi? Chindan ham Olloh tomonidan yuborilib, Qur’ondagi: "Biz 
kofirlardan bir jamoani manfaatlantirgan dunyoning mol-mulki, zeb-ziynatlariga ko‘z 
tashlamagin", degan buyrug’ini ertayu kech takrorlab, odamlarga ezib-ichki qilib 
yuradigan payg‘ambar o‘z yaqinining uyiga kirib, xotiniga tasodifan ko‘zi tushib qolsa, 
darrov uni olish fikriga borishiga aql bovar qilmaydi. G’ayritabiiy bu ish odatdagi odam 
tomonidan sodir etilsa ham ayblanishi turgan gap. 
Bunday ish barcha tarixchilar tomonidan birdek eng odobli, dunyoviy, hoyu 
havaslardan holi, hushyor va dono deb e’tifor etilgan, hatto parvardigor Qalam 
surasining 4-oyatida: "Sen chindan ham ulug‘ axloq egasisan", deya maqtagan zot 
tomonidan sodir etilishi sira mumkin emas. Bu gapni xuddi G’aroniq afsonasidek Islom 
dinining dushmanlari o‘z chirkin maqsadlariga yetib, Xudoning elchisini qoralash niyatida 
o‘ylab topishgan. Xudoga shukrki, ularning yovuz niyatlari aqliy va naqliy dalillar bilan 
barbod etildi. Odamlarning xohishi bilan payg‘ambarni badnom etib bo‘lmasligi yana bir 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
89
karra isbotlandi. Ahzob surasining 37-oyati bu fikrni to‘la tasdiqlaydi: "Olloh ne’mat 
bergan, sen ham in’om qilgan kishiga: xotiningni nikohingda tut, Ollohdan qo‘rq, degan 
paytingni eslagin. Olloh oshkor etmoqchi bo‘lgan narsani ko‘nglingda pinhon tutding, 
odamlarning ta’nayu malomatlaridan qo‘rqding. Vaholanki, Ollohdan qo‘rqsang to‘g‘ri 
bo‘lardi. Mo‘minlar asrandi o‘g‘illari qo‘yib yuborgan xotinlarini nikohiga olsa gunoh 
hisoblanmasligi uchun Zayd xotinini taloq qilgandan keyin senga nikohlab berdik. 
Ollohning amri bajo keltirilishi kerak". Parvardigori olamning o‘zi rasulullohga Zaynabga 
uylanishi lozimligini uqtiryapti. Xudoning amri hech qanday shubhayu g‘iybatlarga o‘rin 
qoldirmaydi. Bunga faqat imoni zaif odamgana e’tiroz bildirishi mumkin. 
 
 
YUZNI YOPIB YURISHNING JORIY ETILISHI 
 
Shu yili yuzni yopib yurish haqida oyat nozil bo‘ldi. Bu narsa avvalo Payg‘ambar 
alayhis-salomning ayollariga taalluqli edi. Oyat nozil bo‘lishdan avvalroq Umar ibn 
Xattob ayollar yuzini yopib yurishi lozimligi haqida ko‘p gapirar, bu xususda Xudoning 
hukmi kelishini orzu qilardi. Payg‘ambar alayhis-salomning ayollariga, sizlarga begona 
odamning nazari tushmasligi kerak, derdi. Shunday kunlarning birida Ahzob surasining 
53-oyati nozil bo‘ldi: "Payg‘ambarning ayollaridan biron narsa so‘ragan paytingizda 
parda orqasida turib gapiringlar, bu har ikkala tomonning ko‘nglini pok saqlaydi".  
Ba’zi bir badniyat kimsalar: "Bundan keyin ammalarimizning qizlari bilan ham 
pardaning naryog‘ida turib gaplashamizmi? Bo‘lmagan gap. Men Muhammad (alayhis-
salom) o‘lgandan keyin albatta Oishani olaman", deya aljishdi. Olloh taolo yuqoridagi 
oyatni davom ettirib, bunday kimsalarga qattiq tanbeh berdi: "Rasulullohning dilini 
og‘ritadigan ishlarni qilishinglar va vafotidan keyin uning ayollariga uylanishinglar sira 
mumkin emas. Bu (ishinglar) Ollohning oldida katta gunohdir".  
Shu bilan birga payg‘ambar alayhis-salomning rafiqalaridan boshqa ayollarga ham 
hayoli va iffatli bo‘lish buyurildi, erkaklardan ham shu narsa talab etildi; ayollar 
barmog‘idagi uzuk, tirnog‘idagi xina, ko‘zidagi surmadan tashqari ichki taqinchoqlarini 
nomahramlardan pinhon tutishlari joriy etildi. Bilakuzuk, bo‘yinga osiladigan marjon, 
tillaqosh, zebigardon, zirak namoyish etilmaydigan ziynat buyumlaridir. Bunday 
buyumlar taqilgan-joyiga qarab namoyish etiladigan va yashiriladigan turlarga bo‘linadi. 
Ayollar ko‘kragi ochilib qolmasligi uchun maxsus yopinchiq tashlab yurishlari kerak.  
Shu paytgacha ayollar keng yoqalik ko‘ylak kiyganlari uchun ko‘ksi ochiq 
yurishaverardi. Arab ayollari oyoqlariga qo‘ng‘iroq bog‘lab olishardi, endi ularning 
oyoqlarini qattiq bosishlari ham ta’qiqlanadi; hamonki taqinchoqni yashirish lozim ekan
uning ovozini chiqarib birovlarning e’tiborini jalb etish ham mumkin emas, ziynatning 
o‘zi ham, ovozi ham pinhon tutilar ekan, bu narsa taqilgan a’zolarni begona ko‘zdan 
yashirish zarurligi o‘z-o‘zidan ayon. Olloh taolo Nur surasining 31-oyatida bu haqda 
shunday deydi: "Mo‘minalarga aytginki, (nomahramlarga) tikilib qarashmasin, avratlarini 
(uyat joylarini) yopishsin. Tashqi ziynatlaridan boshqa taqinchoqlarini namoyish 
etishmasin, yoqalariga yopinchiqlarini yopishsin. Pinhon ziynatlarini erlari va otalaridan, 
qaynotalaridan, o‘g‘illaridan, erlarining o‘g‘illaridan, xotinlarining o‘z qarindoshlaridan, 
qarindoshlarining o‘g‘illaridan, hamshiralarining (egachi singillarining) o‘g‘illaridan, 
dindosh ayollaridan, qo‘l ostidagi cho‘rilardan, qullardan, tobelardan,* ayollarning uyat 
joylariga fahmi yetmaydigan (balog‘atga yetmagan) bolalardan o‘zgalarga 
ko‘rsatishmasin. Ayollar yashirin taqinchoqlarini birovlarga bildirish uchun oyoqlarini 
yerga qattiq bosishmasin. Ey mo‘minlar, baxtga erishish uchun hammaigaz Ollohga 
tavba qiling!" 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
90
Islomning avvalida ayollar xuddi johiliyat davridagidek faqat ko‘ylagu yopinchih bilan 
tashqariga chiqib ketishaverardi, Kiyinishda hur ayol bilan cho‘riiing farqi yo‘q edi, 
Cho‘rilar kechasi hojat uchun tashqariga chiqishganda yosh-yalang sho‘xlik qilib, 
yo‘llarini to‘sishardi. Hur ayollarning ham yo‘llarini to‘sib, cho‘ri deb o‘ylabmiz, 
deyishardi. Shu bois hur ayollarga yopinchiq yopinib, yuzi va ko‘ksini berkitib yurish 
joriy etildi. Bunday libosdagi hur ayolga birov botinib so‘z qotolmasdi. Olloh taolo Ahzob 
surasining 59-oyatida rasulullohga bunday iltifot qiladi: "Ey Payg‘ambar, ayollaringga, 
qizlaringga va mo‘minlarning ayollariga aytginki, nimcha bilan badanini o‘rab olishsin. 
Shundagana ular yaqqol ko‘zga tashlanib turishadi, hech kim ularga teganishga 
botinolmaydi. Olloh bandalariga mag‘firat qilguvchidir, benihoya mehribondir".  
Ayollarning turmushga chiqayotgan kishisiga ko‘rinmay turib mastura bo‘lishi 
rasululloh davrida ham, salaf-solihlarning zamonasida ham odat tusiga kirmagan edi. 
Payg‘ambar alayhis-salom xotinni ko‘rib olishni sunnat qildilar. Bu erkak kishi olayotgan 
ayoli bilan tanishib, bilishib, totuv oila qurishiga xizmat qiladigan islomiy omillardan 
biridir. Buyuk alloma imom G’azzoliy "Ihyou ulumiddin" nomli kitobida bu xususda 
alohida to‘xtalib o‘tadi. Jumladan: "Shariat er-xotinning inoq bo‘lishini e’tiborga olib, 
uylanishdan oldin ayol bilan ko‘rishishni lozim topadi. Shunday ekan, biron ayolni 
olmoqchi bo‘lsang, ko‘rib ol, buning totuv o‘tishga foydasi bor. Payg‘ambar alayhis-
salom: "Ansor ayollarining ko‘zlarida qusur bor, uylanishni istaganlar ularni ko‘rib 
olishsin", deganlar. Ba’zi birovlar ularning ko‘zi xira desa, birovlar ko‘zi kichik edi, deydi. 
Uylanmoqchi bo‘lgan ayrim dindorlar chuv tushib qolishdan qo‘rqib, olayotgan xotinini 
sinchiklab tekshiruvdan o‘tkazardi. A’mash ismli olim: "Olayotgan ayolni ko‘rmasdan 
qilingan to‘yning hammasi oxir-oqibat kishiga g‘am-qayg‘u olib keladi", deb yozadi. 
Zamon buzilgani va odamlarni go‘zal axloq egasi qilib voyaga yetkazadigan haqiqiy diniy 
tarbiya yo‘qligi uchun islomning avvalida musulmonlar buzuqchilikni cheklab, fisqu 
fujurning oldini olish maqsadida barcha ayollarning begona ko‘zdan o‘zlarini yashirib, 
mastura bo‘lishlarini to‘g‘ri deb topishgan. 
 
__________________ 
*Tobelar — qorin to‘yg‘azish ilinjida birovlarnikiga boradigan chaqirilmagan mehmonlar, yoshi o‘tib qolgan yoki 
aqliy noqisligi tufayli ayollarga hojati tushmaydigan kishilar. 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling