Nurul-yaqin


Download 5.09 Kb.

bet15/26
Sana10.02.2017
Hajmi5.09 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26

 
HAJNING FARZ QILINISHI 
 
Ko‘pchilik olimlarning fikricha, hijratning beshinchi yili Olloh taolo moddiy va jismoniy 
jihatdan qodir odamga haj ziyoratiga borishni farz qildi. Hajdan maqsad, turli joylardan 
kelgan musulmonlar yig‘ilib, Islom e’tiqodidagi odamlarga yordam berishini tilab, 
Ollohga yuzlanib iltijo qilishdir. Haj musulmonlarning o‘zaro aloqasini mustahkamlabgina 
qolmay bir-biriga mehr-oqibatini oshiradi, qalblarini poklaydi, bu dunyoda to‘g‘ri yo‘lga 
boshlagani uchun Haq taologa shukrona aytishni o‘rgatadi. 
 
 
HIJRATNING OLTINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH 
 
Payg‘ambar alaihis-salom shu yil muharram oyining o‘ninchi kuni Muhammad ibn 
Maslama boshchiligida o‘ttiz kishini Madinadan yetti kunlik yo‘ldagi Zorba degan joyda 
yashovchi bani Bakr ibn Kilob qabilasiga qarshi yubordilar. Ular kunduzi pana-pastqam 
joylarda dam olib, faqat kechasi yo‘l bosishdi. Ko‘zlangan manzilga yetgach, bani Bakr 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
qabilasiga to‘satdan hujum qilib, o‘n kishini o‘ldirishdi, qolganlari tumtaraqay qochib 
ketishdi. Musulmonlar ularning tuya, qo‘ylarini g‘animat olib qaytishdi.  
Yo‘lda uchrab qolgan bani Xanifa qabilasining oqsoqoli Sumoma ibn Usolni asir olishdi. 
Rasululloh u kishini tanib izzat-ikrom bilan kutib oldilar. Garchand Sumoma 
musulmonchilikdan bosh tortgan bo‘lsa-da, payg‘ambar alayhas-salom uch kungacha 
mehmon qilib, qo‘yib yubordilar. Sarvari olamdan bunday iltifotlarni kutmagan Sumoma 
go‘zal xulq-atvorni, insoniylikni targ‘ib etadigan Islomdan bebahra yashash mumkin 
emasligini anglab yetdi va iziga qaytib, rasulullohga uchrashdi: "Ey Muhammad, 
dunyoda eng yomon ko‘rgan odamim sen eding, endi eng yaxshi ko‘rgan kishimga 
aylanding. Islom dini desa ensam qotardi, endi u hayotimning mazmuniga aylandi
yurtingni ko‘rishga toqatim yo‘q edi, endi u mening ham suyukli vatanim bo‘lib qoldi", 
deya imon keltirdi. Bu holdan payg‘ambar alayhis-salom juda quvondilar. Sumoma 
yurtiga qayta turib Ka’bani ziyorat qildi va musulmon bo‘lganini hammaga eshittirdi.  
Mushriklarning tirikchiligi Yamomaning don-duniga bog’liq bo‘lgani uchun unga qo‘l 
tekkizishmadi Sumoma to mushriklar imon keltirmaguncha Yamomaning donini 
yubormaslikka qasam ichdi. Doimiy don-dun manbaidan uzilgan mushriklar tang ahvolda 
qolishdi. Muhtojlik toshni yorar deganlaridek mushriklar ilojsizlikdan payg‘ambar alayhis-
salomga yalinib, Yamomaning donini olishlariga yordam berishlarini o‘tinishdi. Tabiatan 
rahmdil, odamlarga mehribon payg‘ambar alayhis-salom Sumomaga xat yozib quraysh 
xalqiga yuboriladigan don-dunni to‘xtamasligini aytdilar. Rasulullohning aytganini qildi.  
Sumoma Islom diniga e’tiqodi kuchli, pokdomon odam edi. Payg‘ambar alayhis-
salomning vafotlaridan keyin Yamoma xalqining bir qismi Islomdan yuz o‘girib, 
Musaylimaga ergashgan paytda u odamlarni bu niyatdan qaytarib: "Musaylimaning 
boshlayotgani zulmatga olib boradigan soxta yo‘l. Unga ergashganlarni Olloh badbaxt 
qiladi, o‘z ixtiyoringiz bilan baxtiqaro bo‘lishdan haqlaninglar", degan. Uning sa’y-
harakati bilan Yamoma xalqining ko‘pchchiligi Islom dinida sobit turdi. Olloh taolo u 
kishidan rozi bo‘lsin! 
 
 
BANI LIHYON G’AZOTI 
 
Bani Lihyon xalqi yuqorida bayon etilganidek, Osim ibn Sobit bilan uning hamrohlarini 
o‘ldirgan edi. Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarga achinib, ko‘pdan beri dushmandan 
qasos olish uchun qulay fursat yetishini kutardilar. Shu yilning Rabiul avval oyida 
sahobalarga safar tadorikini ko‘rishini buyurdilar, jangga otlanganliklarini ganimdan sir 
tutish maqsadida xuddi avvalgi g‘azotlaridagidek qayoqqa ketayotganlarini hech kimga 
bildirmadilar. O’rnilariga ibn Ummu Maktumni qoldirib, ikki yuz nafar odam bilan yo‘lga 
chiqdilar. Osim ibn Sobit boshchiligidagi sahobalar o‘ldirilgan joyga yetganda ularni 
chuqur iztirob va sog‘inch bilan eslab, haqlariga duo qildilar. Musulmonlar bostarib 
kelayotganidan xabar topgan bani Lihyon xalqi tog‘-toshga bosh olib ketdi. Rasululloh 
ularning yurtida ikki kun turib, hech kimni uchratmadi, chor atrofga yuborgan odamlari 
ham biron kimsani topib kelisholmadi.  
Payg‘ambar alayhis-salom Makka mushriklariga o‘zlarining shavkatlarini ko‘rsatib 
qo‘yish uchun sahobalarning bir qismini Usfon degan joyga yubordilar. Ular 
Quroulg‘amim degan joygacha borib kelishdi. Shundan keyingina rasululloh qo‘shinni 
Madinaga qaytarib keldilar. Yo‘l-yo‘lakay u kishi: "Biz qaytib kelguvchilarmiz, tavba 
qilguvchilarmiz, robbimizga hamdu sano aytguvchilarmiz. Yo‘l azobidan, manzil 
tashvishidan, oila va mol-mulkimizga shikast yetmasligi uchun Ollohdan omonlik 
tilaymiz", degan duoni o‘qidilar. 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
 
G’OBA G’AZOTI 
 
Madinadan o‘n ikki mil olisdagi G’oba degan joyda payg‘ambar alayhis-salomning 
yigirmata tuyasi boqilardi. Bani Asad qabilasidan Uyayna ibn Hisn qirq suvoriy bilan 
keldi-da, podachini o‘ldirib, tuyalarni olib ketdi. Ansorlardan Salama ibn Akva’ degan 
odam bu xabarni rasulullohga chalg‘itib turishini topshirdilar. Salama shu zahoti iziga 
qaytib, dushmanning orqasidan o‘q ota boshladi, quvlashsa tutqich bermay qochdi, ular 
daraga kirganda tepadan tosh dumalatdi. Musulmonlar kelib qolishidan xavotirlangan 
suvoriylar yukini yengillatish uchun nayza, kiyim-kechaklarini tashlab qocha boshladi. 
Salamaning yolg‘iz o‘zi g‘animlarni anchagina tahlikaga solib, ovorai sarson qildi.  
Payg‘ambar alayhis-salom sahobalarni dushmanning orqasidan quvib borishga chaqir-
ganlarida birinchi bo‘lib Miqtod ibn Asvad yo‘lga otlandi. Rasululloh unga a’lamni 
tutqazib, sen odamlarni boshlab ketaver, men orqangdan yetib boraman, dedilar. 
Miqtodi qancha tez yurmasin, baribir, dushmanning orqa safidagi odamlarnigini quvib 
yetishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki o‘rtadagi otishma natijasida qaroqchilardan ikki kishi o‘ldi, 
musulmonlardan bir kishi shahid bo‘ldi. Musulmonlar tuyalarning ko‘p qismini tortib 
olishdi, qolganini oldingi safdagilar haydab ketishdi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Buni Asad qabilasi ko‘pdan beri musulmonlarga zarar yetkazib turardi. Payg‘ambar 
alayhis-salom ular bilan orani ochdi qilib qo‘yish uchun Ukkosha ibn Mihsan boshchiligida 
qirq kishilik qo‘shin jo‘natdilar. Mushriklar musulmonlar bostirib kelayotganini eshitib, 
uy-joy, mol-mulkini tashlab, qochib ketishdi. Musulmonlar ulardan bir odamni qo‘lga 
tushirib, bani Asadning chorvasi qayerda boqilishini so‘rashdi. Uning ma’lumoti bo‘yicha 
borib, g‘animning yuz tuyasini o‘lja olib qaytishdi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Shu yil rabbiul avval oyida Zilqassa degan joydagi arablar musulmonlarning Hayfo 
degan yerdagi mol-holini haydab ketmoqchiligi ma’lum bo‘lib qoldi. Payg‘ambar alayhis-
salom Muhammad ibn Maslama boshchiligidagi o‘n kishini dushman tomonga yubordilar. 
Musulmonlar Zilqassaga kechasi yetib kelishdi va yo‘l yurib charchagani uchun uyquga 
ketishdi. Poylab turgan mushriklar ularni qilichdan o‘tkazishdi, faqat Muhammad ibn 
Maslamagina tasodifan omon qoldi. U iziga qaytib, bo‘lgan voqeani rasulullohga bayon 
etdi. Payg‘ambar alayhis-salom dushmandan qasos olish uchun Abu Ubayda Omir ibn 
Jarroh boshchiligida qirq kishilik qo‘shin yubordilar. Biroq ungacha mushriklar juftakni 
rostlab qolishgan edi. Musulmonlar ularning chorvasini o‘lja olib qaytishdi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Payg‘ambar alayhis-salom Robiul oxir oyida Xandaq jangida mushriklar bilan birga 
musulmonlarga qarshi kurashgan bani Sulayim qabilasi bilan ham orani ochdi qilib 
qo‘yish uchun Zayd ibn Horisa boshchiligida lashkar yubordilar. Islom lashkari 
ketayotganidan xabar topgan bani Sulayim qabilasining odamlari qochib ketgani uchun 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
to‘qnashuv yuz bermadi. Bani Muzayna qabilasidan bo‘lgan bir ayolning yordami bilan 
musulmonlar bani Sulayim qabilasining mol-holini qo‘lga kiritishdi va bir talay odamni 
asir olib Madinaga qaytib kelishdi. Asirlar orasida yo‘l ko‘rsatuvchi ayolning eri ham bor 
edi. Rasululloh bu ayol bilan erini qo‘yib yuborishini buyurdilar. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Shu yili Qurayshning katta karvoni Shomdan qaytib kelayotganini eshitgan 
payg‘ambar alayhis-salom uning yo‘lini to‘sish uchun Zayd ibn Horisa boshchiligida bir 
yuz yetmish kishilik lashkar jo‘natdilar. Ular karvonni odamlari bilan birga qo‘lga tushirib 
kelishdi. Asirlar orasida rasulullohning kuyovi Abulos ibn Rabi ham bor edi. Abulos 
boyligi va nufuzi jihatidan Makkadagi hurmatli odamlardan biri edi. U xotini Zaynabdan 
himoyasiga olib, panoh bo‘lishini o‘tindi. Zaynab eriga panoh bo‘ljagini qurayshlarning 
oldida ochiq e’tirof etdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Musulmonlar ahil va mehribon 
bo‘lishadi, asirlarni musulmonlarning eng bechora holi ham himoyasiga olishi mumkin, 
Zaynab panoh bo‘lgan kishiga biz ham muruvvat ko‘rsatamiz", dedilar. Rasulullohning 
bu gaplari musulmonlar o‘rtasidagi tenglik va mehr-oqibatning ifodasidir. Payg‘ambar 
alayhis-salom Abulosga karvondagi hamma mol-mulkini qaytarib berdilar. Abulos 
Makkaga borib mollarini egalariga tarqatgach, musulmon bo‘lib, Madinaga qaytib keldi. 
Rasululloh ham muruvvat ko‘rsatib Zaynabni u bilan tanishtirib, imon-e’tiqod tufayli 
buzilgan oilani qayta tikladilar. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Shu yili jumoidul oxir oyida payg‘ambar alayhis-salom Muhammad ibn Maslamaning 
hamrohlarini o‘ldirgan bani Sa’laba qabilasidan qasos olish uchun Zayd ibn Horisa 
boshchiligida o‘n besh kishini jo‘natdilar. Madinadan o‘ttiz olti mil yiroqda Iroq yo‘lidagi 
Tarif jilg‘asining bo‘yida yashovchi bu qabila sahobalarni ko‘rgach, ularni musulmon 
qo‘shinining bir qismi degan xayolda bor budini tashlab turli tomonga tirqirab ketishdi. 
Musulmonlar ularning mol-mulki bilan chorvasini o‘lja olib qaytishdi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Shu yili rajab oyida payg‘ambar alayhis-salom Madinaning shimolidagi Vodi Quro 
degan joyda yashovchi bani Fizor qabilasi bilan orani ochdi qilib qo‘yish uchun Zayd ibn 
Horisa boshchiligida qo‘shin jo‘natdilar. Bu qabila Zayd savdo qilib, Shomdan 
qaytayotganida karvonga hujum qilib uning mol-mulkini tortib olgan, o‘zini o‘ldirishlariga 
sal qolgan edi. Musulmonlar qo‘shini bani Fizor qabilasini qurshovga olib bir qism 
odamini qirib tashladi, oqsoqollaridan birining qizini asir olib qaytdi. Rasululloh uni 
Makka mushriklarining qo‘lidagi tutqin ayol bilan almashtirdilar. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Shu yili sha’bon oyida payg‘ambar alayhis-salom Dumatujandaldagi bir nechta kent va 
katta qal’asi bor bani Kalb qabilasiga qarshi Abdurahmon ibn Avf boshchiligida yetti yuz 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
94
sahobani yubordilar. Rasululloh Madinadan o‘n besh kunlik yo‘ldagi bu joyga 
ketayotganlarga: "Olloh yo‘lida g‘azot qilib kofirlarga qarshi kurashinglar, lekin 
haddingizdan oshmanglar, o‘liklarning a’zolarini kesmanglar, yosh bolalarni 
o‘ldirmanglar. Bu haqda Ollohga va’da berishingiz hamda payg‘ambarning 
ko‘rsatmalariga amal qilishingiz kerak", deb tayinladilar. 
Musulmonlar lashkari ko‘zlangan manzilga yetgach, mushriklarni uch kungacha Islom 
diniga da’vat etdi. To‘rtinchi kuni dushmanlarning boshlig‘i Asbog‘ ibn Amr bilan uch-to‘rt 
kishi musulmon bo‘ldi, qolganlar hiroj to‘lash sharti bilan omonlik so‘rashdi. Payg‘ambar 
alayhis-salomning topshirig‘iga binoan Abdurahmon ibn Avf qabila boshlig‘ining qizini 
nikohiga oldi. Shu bilan o‘rtada do‘stlik, birodarlik rishtalari ulandi. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Shu yili payg‘ambar alayhis-salom Haybar tomondagi Fadak degan joyda yashovchi 
bani Sa’d qabilasiga qarshi Ali ibn Abu Tolib boshchiligida yuz kishilik qo‘shin jo‘natdilar. 
Bu qabila arzimagan xurmo uchun musulmonlarga qarshi otlangan yahudiylarga yordam 
bermoqchiligi oshkor bo‘lib qolgan edi. Qo‘shin yo‘lda ketaturib dushmanning yahudiylar 
bilan yashirincha bitim tuzish uchun ketayotgan maxsus odamini qo‘lga tushirdi va bani 
Sa’d qabilasi yashaydigan joyni ko‘rsatsa omonlik berilishi aytildi. Josus Islom lashkarini 
o‘z yurtiga boshlab bordi. Biroq musulmonlar kelayotganidan xabar topgan bani Sa’d 
odamlari mol-mulkini tashlab qochib ketishdi. Musulmonlar besh yuz tuya, ikki ming 
qo‘yni o‘lja olib qaytishdi. Shu bilan mushriklarning yahudiylarga yordam berish niyati 
barbod bo‘ldi. 
 
 
ABU ROFI’NING O’LDIRILISHI 
 
Xaybar yahudiylarini musulmonlarga qarshi urush qilishga undab, qutqu solib 
yuradigan ularning boshlig‘i Abu Rofi’ edi. Hijoz ahlining savdogari deya nom chiqargan 
bu shaxs mol-mulkini qayerga qo‘yishni bilmaydigan darajada boy va hammaga hukmini 
o‘tkazadigan nufuzga ega edi. Payg‘ambar alayhis-salom mana shu xavfli kimsani 
o‘rtadan ko‘tarib tashlashni taklif etdilar. U kishining taklifini amalga oshirishga Hazraj 
qabilasidan Abdulloh ibn Atik boshchiligidagi besh kishi talabgor bo‘ldi. Bu bilan ular Avs 
qabilasidagi qarindoshlari Islomning ashaddiy dushmani Ka’b ibn Ashrafni o‘ldirib 
erishgan savobga yetishishni ko‘zlashdi.  
Bu ikki qabila rasulullohning topshiriqlarni bajarib faxrlanar, buni o‘zlariga Olloh 
taoloning iltifoti deb bilshshar edi. Avs qabilasi rasulullohning biron topshirig‘ini bajarsa, 
Hazraj qabilasi ham ulardan orqada qolmaslikka tirishardi. Payg‘ambar alayhis-salom din 
dushmani Abu Rofi’ni o‘ldirishga otlanganlarga yosh bolalar va ayollarga tegmaslikni 
alohida tayinladilar. Musulmonlar Xaybarga yetib kelgach, Abdulloh hamrohlariga: 
"Sizlar shu yerda tura turinglar, men darvozabonga yaxshi gapirib ichkariga kirib olishga 
urinib ko‘ray", dedi-da, darvoza yaqiniga kelib xuddi hojatga o‘tirgandek choponini 
yopinib oldi.  
Odamlar darvozadan uzluksiz kirib-chiqib turishardi. Abdullohni tanib qolgan 
darvozabon: "Ichkariga kirsang tezroq qimirla, hozir darvozani yopaman", dedi. 
Abdululloh ichkariga kirib ko‘zdan pana joyga yashirindi. Darvozabon uyquga ketgach, 
qochishi oson bo‘lishi uchun darvozani ochib qo‘ydi. Shundan keyingina Abu Rofi’ning 
uyiga yo‘l oldi. Yahudiylarning boshlig‘i bir necha eshikdan kiriladigan ichkaridagi 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
95
qorong‘i uyda dam olayotgan ekan. Abdulloh har bir eshikni ehtiyotkorlik bilan ochib 
kirgach tambalab qo‘ydi. Xona haddan tashqari qorong‘i bo‘lgani uchun Abdulloh hech 
narsani ilg‘ayolmay qoldi va noiloj ovoz chiqarib uy egasini chaqirishga majbur bo‘ldi.  
Abu Rofi’ yotgan joyida: "Kim?" dedi. Abdulloh ovoz chiqqan tomonni tusmonlab qilich 
urdi, biroq mo‘ljali xato ketdi. "Bu ibn Abu Atikning ovozi", dedi Abu Rofi’ning xotini. 
"Madinada yurgan ibn Abu Atik shu paytda bu yerda nima qiladi, esipast", dedi Abu 
Rofi’. Abdulloh ovozini o‘zgartirib: "Bu qanday ovoz bo‘ldi, ey Abu Rofi’", dedi. Shunda 
Abu Rofi’ onang o‘lgur, menga kimdir qilich sermadi, dedi. Abdulloh yana bir urdi. Bu gal 
ham xato hiddi. Keyin aylanib o‘tib, xuddi yordamga kelayotgandek unga yaqinlashdi va 
chalqancha tushib yotgan Abu Rofi’ni ko‘rdi. Oyoq uchida yurib bordi-da, uning qorniga 
zarb bilan qilich urdi. To uydagilar nima bo‘lganini anglab yetguncha xonadan chiqib 
qochdi, lekin ko‘zi xiraligi xalal berib, zinadan tushayotganda yiqilib oyog‘i sindi. 
Abdulloh sallasi bilan oyog‘ini sirib bog‘ladi-da, hamrohlari turgan yerga shoshildi. 
"Tezroq bo‘linglar, Abu Rofi’ o‘ldirildi", dedi u sheriklarini shoshiltirib. Ular shu zahoti 
yo‘lga chiqib, eson-omon manzillariga yetib olishdi. Payg‘ambar alayhis-salom 
Abdullohning jarohatlangan oyog‘ini bir necha bor silagan edilar, og‘riq bosilib, 
ko‘rmagandek bo‘lib ketdi. Ollohning irodasi bilai din yo‘lida, payg‘ambar alayhis-
salomning roziligiga erishish umidida har qanday qiyinchilikka tayyor turgan bu 
zotlardan Xudo rozi bo‘lsin va ularni ham rozi qilsin. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Ka’b o‘ldirilgach, yahudiylar uning o‘rniga Usayir ibn Rizomni o‘zlariga boshliq qilib 
saylashdi. U hokimiyatni qo‘lga kiritgach: "Men shu paytgacha Muhammadga hech kim 
qilmagan karomatlarni ko‘rsataman. G’atafon qabilasini unga qarshi oyoqqa 
turg‘izaman", deya qasam ichdi. Payg‘ambar alayhis-salom vaziyatni kuzatib kelishga 
yuborgan odam yahudiylarning fe’li aynab, bir-birlarini musulmonlarga qarshi qayrab 
yurishganini, urushga qizg‘in tayyorgarlik ketayotganini bilib keldi. Rasululloh Hazraj 
qabilasidan Abdulloh ibn Ravoha boshchiligada ansorlardan o‘ttiz kishini Usayirni Islom 
diniga da’vat etish uchun yubordilar.  
Musulmonlar Xaybarga borib, Usayirga uchrashdilar va maqsadlarini aytdilar. Ikki 
tomon bir-biriga dahl qilmaslikka kelishgach, elchilar Usayirni urushish niyatidan 
qaytarishga urinishdi, agar ikki tomon yovlashib qon to‘kilmasa, oqsoqolning o‘zi imon 
keltirib musulmon bo‘lsa, payg‘ambar alayhis-salom uni Xaybarga hokim etib 
tayinlashlarini va bu yurtning xalqi tinch hayot kechirishini aytishdi. Usayir bu taklifni 
ma’qul ko‘rib rasulullohning huzuriga otlandi va o‘ttiz nafar yahudiyni o‘ziga hamroh 
qildi.  
Bir musulmonga bir yahudiy hamroh bo‘lib yo‘lga tushishdi. Yo‘lda ketaturib to‘satdan 
Usayirning shaytoni zo‘r keldi, ko‘nglida badbin o‘ylar tug‘ilib, musulmon elchilarining 
gapiga kirganiga afsuslandi, ulardan qutulish uchun suiqasd yo‘lini tanladi. Birinchi 
navbatda musulmonlarning boshlig‘ini qurolsizlantirish niyatida Abdulloh ibn Ravohaning 
qilichiga yopishdi. Biroq u epchillik qilib o‘zini orqaga tashladi-da, sakrab otdan tushdi. 
"Ey Ollohning dushmani, xiyonat qilmoqchimisan?" dedi-da, qilichini qinidan sug‘urib 
g‘animning sonini chopib tashladi. U o‘sha zahoti o‘ldi. Musulmonlar qilich yalang‘ochlab 
yahudiylarni bitta qo‘ymay qirib tashlashdi. Xiyonatning oqibati mana shunday bo‘ladi. 
 
 
 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
UKAL VA URAYNA VOQEASI 
 
Shu yili shavvol oyida Ukal va Urayna arablaridan bir guruh odam payg‘ambar 
alayhis-salomning huzurlariga kelib imon keltirishdi hamda Madinada makon tutishdi. 
Biroq, ularga bu yerning havosi yoqmay rangi sarg‘ayib, qorinlari shishib ketdi. 
Rasululloh ularni mol boqilayotgan yaylovga borib; tuya suti bilan peshobini aralashtirib 
ichishni buyurdilar. Ular payg‘ambar alayhis-salomning tavsiyalariga amal qilib darddan 
forig‘ bo‘lishdi, ammo shayton vasvasasiga uchib non tepkilik qilishdi. Podachilarning 
oyoq-qo‘lini kesib, ko‘zlarini o‘yib, tuyalarini haydab ketishdi. Bundan xabar topgan 
payg‘ambar alayhis-salom ularni tutib kelishga Kurz ibn Jobir boshchiligida yigirma 
kishini jo‘natdilar. Xiyonatkorlar olib kelingach, ular podachilarga qanday zulm o‘tkazgan 
bo‘lishsa, xuddi shu tarzda jazolab o‘ldirildi. 
Imondan qaytib, birovga suiqasd qilganlar shunday jazoga mustahiq. Bu badbaxt 
kimsalarning qilmishi asli ularning zoti buzuqligini, qabilasi pastkashligini isbotlab 
turibdi. Shu qonli voqeadan keyin rasululloh odamlarning oyoq-qo‘lini kesib jazolashni 
qat’iyan man etdilar. 
 
 
QO’SHIN YUBORISH 
 
Kunlarning birida Abu Sufyon to‘planib turgan odamlarga: "Muhammad bozorda 
aylanib yuribdi. Orangizda uni o‘ldirib, bizni tashvishdan qutqaradigan mard bormi?" 
dedi. Bir odam o‘rtaga chiqib, bu topshiriqni bajo keltirajagini aytdi. Abu Sufyon unga ot, 
sarf-xarajati uchun pul, oziq-ovqat berib safarga jo‘natdi. U olti kun yo‘l yurib, Madinaga 
kelgach, rasululloh qaerdaligini so‘rab-surishtirdi. U kishining bani Abdu Ashhal 
masjidida ekanliklarini aniqlab, to‘ppa-to‘g‘ri shu tomonga yo‘l oldi.  
U eshikdan kirar-kirmas payg‘ambar alayhis-salom: "Anovi odam meni o‘ldirgani 
kelyapti, lekin uning tajovuzidan Ollohning o‘zi asraydi", dedilar. Usayid ibn Huzayir 
yovuz niyatli kimsa rasulullohga yaqinlashib qolganini ko‘rib, ishtonbog‘idan tortib 
yubordi, uning qo‘yniga tiqib olgan xanjari yerga tushib ketdi. U qilmishiga pushaymon 
bo‘ldi. Payg‘ambar alayhis-salom uning bu yerga nima maqsadda kelganini, agar rostini 
gapirsa qo‘yib yuborilishini aytdilar. "Ey Muhammad, Xudo haqqi, shu paytgacha men 
biron kimsadan qo‘rqqan emasman, lekin seni ko‘rishim bilan negadir dovdirab qoldim. 
Mening bu yerga nima maqsadda kelganimdan deyarli hech kim voqif emasdi, sen bir 
qarashdayoq bilib olding. Shundan senga qasd qilib bo‘lmasligini tushundim. Sen 
rostdan ham haqiqiy payg‘ambar ekansan, Abu Sufyonning guruhi esa shaytonning 
to‘dasi ekan", deya ko‘nglida borini to‘kib soldi va imon keltirib musulmon bo‘ldi. 
 Payg‘ambar alayhis-salom yovuz niyatli Abu Sufyonni qilmishiga yarasha jazolab, 
o‘ldirish uchun Amr ibn Umayya Zamariyga bir kishini qo‘shib yubordilar. Ular Makkaga 
kelgach, oldin Baytullohni tavof qilishdi. Shu atrofda yurgan bir odam Amrni tanib, u 
biron shum niyat bilan kelgan, deya shovqin soldi. Mushriklar o‘rtasida g‘ala-govur 
boshlandi, qo‘lga tushishdan qo‘rqqan musulmonlar vaqtni ganimat bilib, qochib qolishdi. 
Parvardigori olam musulmollarga Makkaning kalitini o‘z qo‘li bilan topshirib, Islom diniga 
kirishi uchun Abu Sufyonning hayotini saqlab qolishni iroda qilgan ekan. 
 
 
HUDAYBIYA G’AZOTI 
 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
97
Payg‘ambar alayhis-salom tushlarida Masjidi Haromga kirib, haj ibodatlarini bajo 
keltirganlarini ko‘rgach, musulmonlarga umra* qilajaklarini aytdilar. Qurayshlar qarshilik 
ko‘rsatishdan xavfsirab, Madina atrofidagi ko‘chmanchi arablarni hamsafar bo‘lishga 
undadilar, lekin ularning payg‘ambar boshchiligidagi musulmonlar uyiga sog‘-salomat 
qaytib kelishiga ko‘zi yetmay, bola-chaqasi bilan mol-holi qarovsiz qolishini bahona 
qilishdi va kechirim so‘rashib, safarga chiqishdan bosh tortishdi. Rasululloh muhojir va 
ansorlardan bir yarim ming odamni olib yo‘lga tushdilar. Rafiqalari Ummu Salama u 
kishiga hamroh bo‘ldi. Madinada rasulullohning o‘rinlariga ibn Ummu Maktum qoldi.  
Musulmonlar birov bilan urushgani ketmastganini bildirib qo‘yish uchun qurbonlikka 
so‘yiladigan mollarni oldinda haydab borishdi. Sahobalarda qiniga solingan qilichdan 
boshqa qurol yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom umraga qilichlarni yalang‘ochlab 
borishni istamadilar. Musulmonlar Usfonga yetib kelishganda Makkaga yuborilgan 
xabarchi qaytib keldi. U mushriklar musulmonlarni Makkaga yaqin yo‘latmaslikka qaror 
qilib, urushga tayyorlanishayotganini, Xolid ibn Valid boshchiligidagi ikki yuz suvoriy 
ziyoratchilarning yo‘lini to‘sish uchun otlanganini aytdi.  
Vaziyat keskinlashib, behuda qon to‘kilishi mumkinligini sezgan payg‘ambar alayhis-
salom: "Bizni kim boshqa yo‘ldan olib boradi?" deb so‘radilar. Musulmonlar orasidan bir 
odam talabgor bo‘lib chiqdi-da, ularni notekis, egri-bugri yo‘llardan boshlab, Makkaning 
etak tomonidagi yalanglikka olib chiqdi. Bundan xabar topgan Xolid ibn Valid darhol 
shaharga qaytib, makkaliklarga xabarni stkazdi. Musulmonlar Muror* tepaligiga 
kelganda payg‘ambar alayhis-salomning tuyasi yurmay cho‘kkalab oldi. "Tuyaning 
bunday odati yo‘q edi. Uni filni to‘xtatgan parvardigor cho‘ktirdi. Xudo haqqi makkaliklar 
Baytullohni ulug‘lash uchun qanday shart qo‘yishsa so‘zsiz qabul qilaman", dedilar.  
Hozirgi vaziyatda jangga kirsa musulmonlar zafar quchishi aniq edi. Lekin Olloh taolo 
kelajakda Baytullohni butun dunyo musulmonlarini birlashtirib, do‘stlik, qarindoshlik 
rishtalarini mustahkamlaydigan ziyoratgohga aylantirishni iroda qilib qon to‘kilishining 
oldini oldi va muqaddas maskanning hurmatini o‘rniga qo‘ydi. Payg‘ambar alayhis-salom 
musulmonlarga Hudaybiyaning* olis bir chetiga joylashishni buyurdilar. Ular hali nafas 
rostlab ulgurmay Makkadan vakil bo‘lib kelgan Budayl ibn Varqo musulmonlar nima 
mahsadda tashrif buyurishgani bilan qiziqdi. Payg‘ambar alayhis-salom maqsadlarini 
bayon etdilar. Budayl iziga qaytib, bo‘lgan gapni aytganida u musulmonlar bilan 
ittifoqdosh Xuzoa qabilasidan bo‘lgani uchun qurayshlar uning so‘zlariga ishonishmadi.  
"Muhammad lashkarlari bilan kelib umra qilarmishmi? Ular bilan urush holatidamiz, 
arablar eshitishsa musulmonlar Makkaga bostirib kirishibdi, deyishmay-dimi? Toki 
ko‘zimiz ochiq ekan, ularni bu dargohga yaqin yo‘latmaymiz", deyishdi. Makkaliklar 
shuncha musulmonning yasov tortib kelishidan muddaosi nimaligini uqib kelish uchun 
qurayshning ittifoqdoshi Ahobish qabilasining oqsoqoli Xulays ibn Alqamani jo‘natishdi. 
Payg‘ambar alayhis-salom Xulaysni ko‘rib: "Bu odam qurbonlikka atalgan mollarni 
bo‘lakcha ehson deb biladigan qavmdan, tuyalarni uning oldiga haydab boringlar, 
ko‘rsin", dedilar. Tuyalar vakil turgan joyga olib borildi, odamlar Xulaysni Talbiya* aytib 
kutib olishdi. Musulmonlarning niyati beg‘arazligini ko‘rgan Xulays: "Olloh pokdir, bu 
odamlarning umra qilishiga xalal berish insofdan emas, ular faqat umra ibodatini bajo 
keltirgani kelishgani ko‘rinib turibdi-ku. Laxam, Juzom, Himir qabilalari Baytullohni 
ziyorat qilganda nega endi Abdulmuttalibning avlodini yo‘lini to‘samiz? Iloyo quraysh 
zavol topsin!" dedi.  
Makka mushriklari Xulaysnyng gaplarini eshitib, g‘azabga kelishdi: "Ovozingni o‘chir, 
sen hiyla-nayrangni bilmaydigan qishloqisan", deya koyishdi va rasulullohning huzuriga 
Toif qabilasining oqsoqoli Urva ibn Mas’udni jo‘natishdi. U payg‘ambar alayhis-salomga 
uchrashib: "Ey Muhammad, sen tentirab yurgan sayoq odamlarni to‘plab qurayshlik o‘z 

Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy 
 
 

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   26


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling