Nurul-yaqin
Download 5.09 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- ADIY IBN HOTAMNING KELISHI
- AYLA HOKIMINING KELISHI
- RASULULLOHNING AZRUH VA JARBO AHOLISIGA AHDNOMA YOZIB BERISHLARI
- TABUK G’AZOTIGA CHIQMAGAN UCH KISHI HAQIDA HIKOYA
- SAQIF QABILASINING ELCHILARI
- TOIF AHOLISIGA YOZILGAN MAKTUB
www.ziyouz.com kutubxonasi 132 HIJRATNING TO’QQIZINCHI YILI QO’SHIN YUBORISH Shu yilning rabbiul avval oyida payg‘ambar alayhis-salom Ali ibn Abu Tolib boshchiligidagi ellik nafar suvoriyni Tay qabilasining Fulus degan butini sindirib tashlagani yubordilar. Musulmon suvoriylar butni parchalab, yoqib yuborishdi. Tay qabilasining aholisi qarshilik ko‘rsatishgani uchun jang qilib, bir qism odamni asir tushirishdi va chorva mollarini g‘animat olishdi. Asirga tushganlar orasida saxiyligi bilan dong‘i ketgan Hotamning qizi Saffona ham bor edi. Madinaga borishgach, Saffona rasulullohga murojaat etib, muruvvat ko‘rsatishlarini o‘tingan edi, sarvari olam uni ozod qilib yubordilar. U kishi qo‘li ochiq, saxovatli odamni behad qadrlar edilar. Saffona payg'ambar alayhis-salomni duo qilib: "Iloyo boylikdan ayrilib, kambag‘allashib qolganlar senga rahmat aytishsin; kambag‘allikdan keyin boyiganlarning qo‘liga qaratib qo‘ymasin; yaxshiliklaring o‘z joyiga em bo‘lsin; seni pastkash odamga muhtoj qilmasin; xor bo‘lib qolgan aziz odamni sening sharofating tufayli yana azizu mukarram etsin", dedi. Payg‘ambar alayhis-salomning yaxshi muomalasi Saffonaning akasi Adiy ibn Hotamning islom diniga kirishiga sabab bo‘ldi. Adiy islom qo‘shinining son-sanoqsiz a’lamlarini ko‘rib, Shomga qochib ketgan edi. Saffona Shomga borib, payg‘ambar alayhis-salomning ko‘rsatgan muruvvatlari, u zoti muborakning benihoya samimiy insonligi haqida gapirib berdi, qalbi islomga moyil bo‘lgan Adiy nima qilishi kerakligi haqida singlisidan maslahat so‘radi. "Meningcha darrov rasulul-lohning huzurlariga borishing kerak. Agar u chin payg‘ambar bo‘lsa, oldinroq borib imon keltirganing yaxshi. Agar u podshoh bo‘lsa sen yana boyagi-boyagi Adiyligingcha qolaverasan", dedi Saffona. Bu maslahat ma’qul kelgan Adiy shosha-pisha safar tadorikini ko‘rib, yo‘lga tushdi. ADIY IBN HOTAMNING KELISHI Adiy Madinaga kelib, payg‘ambar alayhis-salomga uchrashdi. Rasululloh uni hurmatlab uylariga boshladilar. Yo‘lda ketishayotganlarida ramaqijon bo‘lib qolgan qari bir kampir uchrab, o‘zining hojatlari haqida uzoq arzi-hol qildi. Kutaverib diqqati oshgan Adiy: "Xudo haqqi, bu odam podshoh emas ekan", deya ko‘nglidan kechirdi. Uyga ketib kelishgach, payg‘ambar alayhis-salom Adiyni ko‘nmaganiga qo‘ymay, ichiga xurmoning po‘stlog‘i tiqilgan charm yostiqqa o‘tqizdilar, o‘zlari esa quruq yerga o‘tirdilar. Shundan keyin uch marta: "Ey Adiy, agar musulmonchilikni qabul qilsang boshing omon bo‘ladi", dedilar. Adiy: "Mening o‘z dinim bor", deya javob berdi. (U nasroniy diniga e’tiqod qilardi.) Payg‘ambar alayhis-salom: "Diningni sendan ko‘ra yaxshiroq bilaman", dedilar. Hayratga tushgan Adiy: "Nahotki dinimni mendan ko‘ra yaxshiroq bilsang", deb so‘radi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Ha, yaxshi bilaman", deya tasdiqladilar va nasroniy dinidagi boshliqlarning arablarga taqlidan g‘animatning to‘rtdan bir ulushini oladigan aslida dinda yo‘q bir talay ishlarini sanab o‘tdilar. Shundan keyin: "Ey Adiy, menga ergashganlarning ojizu notavonligini, kambag‘alligini ko‘rib, islom dinini qabul qilmayotgan bo‘lsang kerak. Men komil ishonch bilan Ollohga shunday qasam icha olaman, musulmonlarning mol- mulki ko‘payib ketadigan shunday kunlar keladiki, uni oladigan odam topilmay qoladi. Ehtimol dushmanlarimiz ko‘pligidan cho‘chib, imon keltirmayotgandirsan? Ayt-chi, Hiyraga borganmisan?" deb so‘radilar. Adiy: "Yo‘q, Hiyrani ko‘rgan emasman, lekin eshitganman", dedi. Rasululloh: "Ollohning nomi bilan qasam ichamanki, islom dini keng qanot yoyishi tufayli shunday aminlik bo‘ladiki, Hiyradan yolg‘iz yo‘lga chiqqan ayol kishi bemalol Baytullohni ziyorat qilib, bexavotir qaytib ketadi. Ehtimol podshohlik, hokimiyat Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy www.ziyouz.com kutubxonasi 133 bizning ilkimizda emasligi uchun imon keltirishni istamayotgandirsan? Xudo haqqi, yaqin orada Bobilning oq saroylari ishg‘ol etilgani haqidagi xabarni eshitasan", dedilar. Payg‘ambar alayhis-salomning gaplaridan qattiq ta’sirlangan Adiy imon keltirdi va chindan ham rasululloh bashorat qilgan ishlarning hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi. TABUK G’AZOTI Payg‘ambar alayhis-salomga Rumliklar musulmonlar bilan urushishga tayyorgarlik ko‘rishayotgani haqidagi xabar yetib keldi. Bu ayni qahatchilik hukm surayotgan, haddan tashqari issiqdan odamlar qanday jon saqlashni bilmay qolgan, tirik jonning hammasi o‘zini soya-salqinga urgan, odamlar pishgan mevalar bilan jon saqlayotgan kunlar edi. Payg‘ambar alayhis-salom musulmonlarga jangga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdilar. Dushmanga qo‘qqisdan zarba berish maqsadida avvalgi g‘azotlarning vaqti, borilajak manzili sir tutilar, hatto elchilarning soni ham aniq aytilmasdi. Bu safar mashaqqatliligi, yo‘l haddan tashqari olisligi, g‘animning soni behad ko‘pligi hisobga olinib, odamlar puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun maqsad oshkora aytildi. Makkaga va boshqa joylarga elchilar yuborilib, harbiy safarbarlik e’lon qilindi. Boylarga kambag‘allarni yetarli oziq-ovqat va kiyim-kechak bilan ta’minlash buyurildi. Usmon ibn Affon bu harbiy yurishga o‘n ming dinor pul, barcha anjomlari bilan uch yuz tuya, ellikta ot iona qildi. Bundan quvongan payg‘ambar alayhis-salom: "Ey Olloh, Usmondan rozi bo‘lgin, men undan mingdan-ming roziman", deya duo qildilar. Abu Bakr Siddiq to‘rt ming dirhamlik bor mol-mulkini xudo yo‘liga atadi. Payg‘ambar alayhis- salom undan: "Bola-chaqalaringa biron narsa qoldirdingmi?" deb so‘ragan edilar. Abu Bakr: "Ularga Olloh bilan uning payg‘ambarini qoldirdim" deya javob berdi. Umar ibn Xattob mol-mulkining yarmini keltirib topshirdi. Abdurahmon ibn Avf yuz uqiyya oltin, Abbos bilan Talha ham bor bisotining talay qismini, Osim ibn Adiy yetmish tuya xurmo iona qildi. Ayollar barcha zeb-ziynatlaridan voz kechishdi. Shariat ahkomlarini mukammal egallagan yetti faqih kelib payg'ambar alayhis-salomdan safarga chiqishlari uchun kerakli narsalar berishlarini o‘tinishdi. Rasululloh ularga yordam berolmasliklarini aytganlarida faqihlar qo‘llari kaltaligidan o‘kinib, ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lib qaytib ketishdi. Ulardan uch kishini Usmon, ikki kishini Abbos, ikki kishini Yomin ibn Amr kerakli narsalar bilan ta’minlab yo‘lga otlantirishdi. Barcha tayyorgarlik tugagach, payg‘ambar alayhis-salom Madinada Muhammad ibn Maslamani oilalariga qarashga Ali ibn Abu Tolibni qoldirib, o‘ttiz ming kishilik qo‘shin bilan yo‘lga chiqdilar. Abdulloh ibn Ubay boshchiligidagi bir talay munofiqlar g‘azotda qatnashishdan bosh tortishdi. Ular: "Muhammad issiqda qiynalib, olisdagi rumliklar bilan urushmoqchi. Yaxshi qurollangan, harbiy jihatdan qudratli rumliklar bilan to‘qnashish hazil fahmlayapti shekilli. Ular sahobalar bilan hali jangga kirmay turib, oyoq qo‘liga arqon tushib bandi bo‘lishadi", deyishdi, Munofiqlar payg‘ambar alayhis-salom bilan sahobalar haqida turli-tuman bema’ni gaplarni tarqatishdan uyalishmadi. Munofiqlarning aljirashlaridan xabar topgan rasululloh bu gaplarning qanchalik rost-yolgonligini aniqlab kelishga Ammor ibn Yosirni jo‘natdilar. Munofiqlar darrov niqobini o‘zgartirib Ammorga: "Biz hazillashib, so‘z o‘yini uchun har-xil gaplarni gapirganmiz, lekin ko‘nglimizda hech qanday xusumat yo‘q", deyishdi. Jad ibn Qaysga o‘xshash bir guruh odam qo‘shindan ajrab qolayotgani uchun payg‘ambar alayhis-salomga turli bahonalarni ro‘kach qilib, uzr aytishmoqchi bo‘lishdi. Ular: "Ey rasululloh, bizning qolishimizga ijozat bergin. Bizning ehtirosimiz zo‘r, rumliklarning ayollarini ko‘rsak o‘zimizni tutolmay gunoh ish qilib qo‘yishimiz mumkin", Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy www.ziyouz.com kutubxonasi 134 deyishdi. Bir guruh arobiylar ham o‘zlarini ojizligini va yo‘l xarajatiga qurblari yetmasligini aytib safarda qoldirilishini o‘tinishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning talabini qondirdilar. O’z uzrini aytgan munofiqlar ham safardan qoldirildi. Olloh taolo bu ishlari uchun payg‘ambar alayhis-salomni koyib, Tavba surasining 43-oyatini nozil qildi: "Olloh seni kechirdi. Rost so‘zlaguvchilar bilan yolg‘onchilarning gapi aniqlanmaguncha (ularga) nega ruxsat berding?" Shundan keyin parvardigori olam ushbu suraning 46- oyatida munofiqlar haqida bunday deydi: "Sendan faqat Ollohga, oxirat kuniga ishonmaydiganlar va dillarida shubhasi borlar ruxsat so‘rashadi. Ular o‘z gumoni bilan arosatda yurishadi". Olloh taolo munofiqlarning uzri yolg‘onligini yuqoridagi oyatning davomida fosh etadi: "Agar ularning gazotga chiqish niyati bo‘lsa, albatta tayyorgarlik ko‘rishardi, biroq Olloh ularning bu safarda ishtirok etishlarini istamay qaytardi, ularga ojizu notavonlar bilan birga qolinglar, deyildi. Munofiqlar qolib ketishganidan musulmonlar xafa bo‘lmasligi uchun Olloh taolo Tavba surasining 4-oyatida: "Agar ular sizlar bilan birga borishsa yuragingizga faqat g‘ulg‘ula solishardi, fitna-fasod urugini sochishga uringan bo‘lishardi. Orangizda ularning gapdonlari bor, Olloh zolimlarni juda yaxshi biladi". Madinada Ka’b ibn Molik, Hilol ibn Umayya, Mirora ibn Robi’a va Abu Xaysama singari imoni mustahkam bir guruh musulmonlar qoldirildi. Payg‘ambar alayhis-salom Alini qoldirganlarida munofiqalar uning ustidan kulib, landovur, qo‘lidan ish kelmaydigan bo‘lgani uchun, olib ketishmadi, deya gap tarqatishdi. Bu gaplardan izzat-nafsi haqoratlangan Ali Rasulullohning huzurlariga borib, arz qildi. Payg‘ambar alayhis-salom uning gaplarini eshitgach, miyig‘ida kulib: "Horun payg‘ambar Muso payg‘ambarga qanchalik yaqin bo‘lsa, sen ham menga shunchalik yaqinligingdan quvonmaysanmi?" dedilar. Payg‘ambar alayhis-salom boshchiligidagi qo‘shin yo‘lga tushdi. Lashkarning katta bayrog‘i Abu Bakr Siddiqqa tutqazildi. Rasululloh umrlaridagi eng so‘nggi g‘azotda a’lamni Abu Bakr Siddiqqa tutqazib, oilasiga qarashga Ali ibn Abu Tolibni qoldirishlarida chuqur hikmat bor edi; bu narsada Islom davlatining kelajagiga ishora, payg‘ambar alayhis-salomning o’zlariga xos bashoratlari yaqqol ko‘zga tashlanardi. Sarvari olam muhojirlarning bayrog‘ini Zubayrga, Avs qabilasining a’lamini Usayd ibn Huzayrga, Xazraj qabilasining a’lamini Xubob ibn Munzirga tutqazdilar. Qo‘shin Samud qavmining yurti Hijir degan joydan o‘tayotganida rasullulloh sahobalar Ollohning buyuk qudratidan qo‘rqib, ta’sirlanishlari uchun: "Halok bo‘lgan kofirlarning yeriga yig‘i-sig’i bilan kiringlar", dedilar. Yer-ko‘kni odamlarning qiy-chuvi bosib ketdi. Abu Bakr qo‘shinga imom qilib tayinlandi. Ibod ibn Bishr esa soqchilikka qo‘yildi. Ular Tabukka yetib kelganda bu joylar butunlay vayron bo‘lgan, odam yashaganining nishonasi yo‘q edi. Payg‘ambar alayhis-salom tikon bosib yotgan fayzsiz joylarga o‘ychan tikilganlaricha Muoz ibn Jabalga: "Umring yetsa, sen bu yerlarning yana obod bo‘lib, bog‘-bo‘stonga aylanganini ko‘rasan", dedilar. Chindan ham u kishining bashoratlari ro‘yobga chiqib, Tabuk eng xushmanzara maskanlardan biriga aylandi. Qo‘shin Tabukda dam olayotganda Abu Xaysama yetib keldi. Uning issiq kunda aziyat chekib bu yerga yetib kelishining sababi bor edi. Abu Xaysama uyiga kelsa, ikki xotini orom olishi uchun bog‘da salqin joy hozirlab, muzdek suv, lazzatli taomlarni tayyorlab qo‘yishgan ekan. Kun haddan tashqari issiq, har bir tirik jon soya-salqinga o‘zini urib, orom olishni ko‘zlaydigan payt edi. Abu Xaysama: "Mana shu issiq kunda rasululloh jonlarini qiynab yo‘l yursalaru men daraxt soyasida, chiroyli xotinlarimning bag‘rida muzdek suv ichib, rohatlanib yotamanmi, deya xayoldan kechirdi va vijdoni qiynalib, huzur-halovatdan voz kechdi. "Ollohning nomi bilan qasam ichamaiki, hech qaysingizning pashshaxonangizga kirmay, rasulullohniig orqalaridan quvib yetaman. Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy www.ziyouz.com kutubxonasi 135 Yo‘lga yegulik tayyorlab beringlar" dedi. To xotinlari yo‘l tadorikini ko‘rguncha qilichu nayzasini olib, tuyasini mindi va issiq zabtiga olib turganiga qaramay qo‘shinning orqasidan yo‘lga tushdi. AYLA HOKIMINING KELISHI Payg‘ambar alayhis-salom rumliklarning urushga tayyorgarlik ko‘rishayotganini eshitgan bo‘lsalar-da, biroq Tabukda biron g‘anim askari ko‘rinmadi. Islom lashkari bu yerda bir necha kun dam oldi. Bu orada rasulullohning huzurlariga Aylaning hokimi Yuhanno va u bilan birga Jarbo, Azruh Mino aholisining vakillari kelishdi. Yuhanno islom dinini qabul qilmay xiroj to‘lashga payg‘ambar alayhis-salom bilan shartnoma tuzdi. Rasululloh unga quyidagicha ahdnomani yozib berdilar: "Bismillahir rohmanir rohim. Bu Ollohdan va uning elchisi Muhammad payg‘ambardan Yuhainoga va Ayla aholisiga xoh quruqliqda, xoh dengizda bo‘lsin ularga omonlik berilgani haqidagi ahdnomadir. Bu odamlar va ularning tarafdorlari bo‘lmish Shom, Yaman, dengiz xalqi Ollohning va uning payg‘ambari Muhammadning himoyasida bo‘ladilar. Ularning qaysi biri ahdnomani buzsa, joni ham, mol-mulki ham himoya qilinmaydi. Bunday odamlarning mol-mulki tortib olgan kimsalarga halol hisoblanadi. Ahdnomaga binoan ish tutganlar xoh quruqliqda, xoh dengizda, qayerda bo‘lishidan qayti nazar dahl, tajovuz qilinmaydi". RASULULLOHNING AZRUH VA JARBO AHOLISIGA AHDNOMA YOZIB BERISHLARI Payg‘ambar alayhis-salom Azruh va Jarbo aholisiga quyidagicha ahdnoma yozib berdilar: "Bismillahir rohmanir rohim. Muhammad payg‘ambarning Azruh va Jarbo aholisiga bergan ushbu ahdnomasi bu odamlar Ollohning va payg‘ambarning himoyasida tinch yashashlari haqidagi hujjatdir. Ular har yilning rajab oyida roppa-rosa yuz dinor xiroj to‘lashadi. Musulmonlarga pand-nasihat qilishga va marhamat ko‘rsatishga Olloh kafildir". Mino aholisi musulmonlarga mahsulotining to‘rtdan birini berish sharti bilan kelishim imzolandi. Shundan keyin payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan Shom tomonga borish haqida kengashdilar. Ular: "Ey rasululloh, agar oldinga yurishga buyurilgan bo‘lsang boshlayver", dedi. Rasululloh: "Agar oldinga yurishga buyurilgan bo‘lsam, maslahatlashib o‘tirmasdim", dedilar. Umar: "Unday bo‘lsa shu yerdan orqaga qaytganimiz ma’qul. Rumliklar son jihatdan bizdan ko‘p, Shomda esa bironta musulmon yo‘q. Dushman bizning bu yergacha kelganimizni ko‘rib, urush qilishga botinolmadi. Biz mana shu fursatdan foydalanib, qaytib ketaylik. Keyinchalik vaziyatga qarab ish qilarmiz. Ollohning o‘zi mushkulimizni osonlashtiradigan biron yo‘l-yo‘riq ko‘rsatar", dedi. Payg'ambar alayhis-salom Umarning fikrini ma’qullab qo‘shinni orqaga qaytardilar. ZIROR MASJIDI Payg'ambar alayhis-salom Madinaga yaqinlashib qolganlarida Ziror masjidi qurilgani haqida xabar yetkazishdi. Bir guruh munofiqlar musulmonlar orasiga rahna solish Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy www.ziyouz.com kutubxonasi 136 niyatida Qubo masjidiga taqlidan bu ibodatxonani tiklashgan edi. Munofiqlar rasulullohdan shu masjidda namoz o‘qib berishlarini iltimos qilib kelishdi. Sarvari olam bu yerga masjid solishning sababini so‘raganlarida erta-indin musulmonlarning soni ko‘payib ketsa, baribir, ibodatxona kerak-ku, degan yaxshi niyatda shu ishni amalga oshirdik, deya Ollohning nomini shafe’ keltirib, qasam ichishdi. Ularning yolg‘onchi, kazzobligiga Ollohning o‘zi guvohdir. Payg‘ambar alayhis-salom bir guruh sahobalarni yuborib masjidni buzib tashlashni buyurdilar. Sahobalar shu zahoti rasulullohning buyrug‘ini bajo keltirishdi Payg‘ambar alayhis-salom Madinaga yetib kelganlaridan keyin turli vaj-karson ko‘rsatib g‘azotdan o‘zini chetga olganlar uzr aytishdi. Rasululloh ularning ogzidan chiqqan so‘zlariga ishonib uzrini qabul qildilar, dillarida nimalar (borligini ichki aqvolini Ollohga topshirdilar va yolg’ondan bo‘lsa-da, bosh egib kelgan bu kimsalar uchun istig‘for aytdilar. TABUK G’AZOTIGA CHIQMAGAN UCH KISHI HAQIDA HIKOYA Ka’b ibn Molik Xazrajiy, Murora ibn Robi’ Asiy hamda Hilol ibn Umayya Avsiylar payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga kelib qilgan ayblari uchun uzr so‘rashdi. Ka’b kirib kelganda rasululloh zaxarxandalik bilan: "Nega ko‘pchilikdan ajrab qolding?" deya xushlaymaygina so‘radilar. Ka’b: "Ey rasululloh, sendan boshqa odamning huzurida bo‘lsam so‘zamollik san’atimni ishga solib uzr aytardim, uni gapimga ishontirib gazabidan qutilib qolardim. Lekin bugun yolg‘on gapirib sening roziligingga erishganim bilan Ollohning g‘azabiga uchrashim mumkin. Xudo haqqi, rostini aytsam, mendan xafa bo‘lasan, biroq haq gapni aytmay ilojim yo‘q. Ollohning karami kengligiga va uzrimni qabul qilishiga umid bog‘lab to‘g‘risini aytaman. G’azotga chiqmasligimga hech qanday sabab yo‘q edi", dedi. Payg‘ambar alayhis-salom "Rostini aytding, bor, Ollohning hukmini kut", dedilar. Ka’bning ikki sherigi ham rostini aytib uzr so‘rashdi. Rasululloh ularga ham yuqoridagi javobni berdilar va musulmonlarga aralashib, muomala qilishni ta’qiqladilar, hatto xotinlari bilan yaqin munosabatda bo‘lishni ham man etdilar. Hilol ibn Umayyaning xotini o‘rtaga tushib, erining qariligi va og‘irini yengillashtiradigan xizmatkori yo‘qligini aytib, shafqat so‘radi. Rasululloh uning uzrini e’tiborga olib, erining xizmatida bo‘lishga ijozat berdilar. Garchand payg'ambar alayhis-salom marhamat ko‘rsatgan bo‘lsalar-da, berilgan jazo ularga keng olamni tor qildi, biron kimsa bilan gaplasholmay yuraklari zardobga to‘ldi, yolgiz Ollohdan o‘zga najotkorlari yo‘qligini anglab, unga sig‘inib, yolborishdi. Karami keng parvardigor ularning tavbasini qabul qildi. Payg'ambar alayhis-salom ularga odam yuborib, Olloh taoloning bu katta ne’matidan bashorat berdilar. To‘da-to‘da odamlar uylariga borib uchovlonni Olloh taolo gunohidan o‘tgani bilan qutladilar. Ka’b masjidga kirgan paytida payg‘ambar alayhis-salom uni ochiq chehra bilan qarshilab: "Ey Ka’b, senga hayotingdagi eng yaxshi kun kelgani bilan bashorat beraman", dedilar. Ka’b: "Bu bashorat sen tomondan kelganmi yoki Olloh tomonidanmi?" deb so‘radi. "Olloh tomonidan", deya javob berdilar rasululloh. Quvonchi ichiga sig’may ketgan Ka’b: "Ey rasululloh, mening tavbamni qabul etgani uchun bor mol-mulkimni Ollohga va uning rasuliga sadaqa qildim", dedi. Payg‘ambar alayhis- salom: "Mol-mulkingning bir qismini olib qol, o‘zingga ham kerak bo‘lib qoladi", dedilar va shundan keyin uchovlonning tavbasi qabul qilinganligi haqidagi Tavba surasining 118- oyatini o‘qib bsrdilar: "Olloh g‘azotdan qolib ketgan uch kishining tavba qilishiga ham ijozat berdi. Chunki keng olam ularga tangu tor bo‘lgan, yuraklari siqilgan, ular Ollohdan Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy www.ziyouz.com kutubxonasi 137 o‘zga sig‘inadigan hech kim yo‘qligini anglab yetishgan edi. Tavba qilishgani uchun Olloh ularning tavbasini qabul ayladi. Olloh tavbani albatta qabul etguvchi, benihoya mehribon(zot)dir". SAQIF QABILASINING ELCHILARI Payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga Saqif qabilasining elchilari tashrif buyurishdi. Bu tashrifning o‘z tarixi bor edi; Musulmonlar qo‘shini Saqif qabilasini muhosara qilib, qaytishayotganda Urva ibn Mas’ud yashirincha kelib payg‘ambar alayhis- salomga uchrashgan va imon keltirganidan keyin o‘z qabilasini Islom diniga da’vat etajagini aytgan edi. Rasululloh uning hayotidan xavfsirab: "Qabiladoshlaring o‘ldirib yuborishlari mumkin-ku", degan edilar. "Mendan sira tashvishlanma, rasululloh, qabiladoshlarim meni o‘z qizlaridan ham yaxshi ko‘rishadi", deya sarvari olamni xotirjam qilishga urindi Urva. U qabiladoshlari orasidagi nufuziga va yuqori martabasiga ishonib, odamlar menga ergashishadi deb o‘ylardi. Chindan ham qabiladoshlari uni haddan tashqari yaxshi ko‘rishar va astoydil hurmat qilishardi. Urva Toifga kelib maqsadini aytishi bilanoq hech qanday gap-so‘zsiz uni shartta nayza otib o‘ldirishdi. Oradan bir oy o‘tgach, Saqif qabilasining oqsoqollari maslahatlashib o‘zlarining atrofdagi arab qabilalalari bilan urushishga qodir emasligini tan olishdi va bundan buyon qanday yo‘l tutishlari lozimligi haqida yo‘l-yo‘riq olgani payg‘ambar alayhis-salomning huzurlariga biron kishini yuborishga qaror qilishdi. Ko‘pchilik Abd Yelayl ibn Amr borsin, degan fikrga kelgan, biroq u: "Besh-olti kishini qo‘shib bermasanglar bormayman", deya oyoq tirab turib oldi. Oqsoqollar hurmatga sazovor kishilardan beshovlonni unga hamroh qilib Madinaga jo‘natishdi. Elchilar kelib payg‘ambar alayhis-salomga maqsadlarini aytishdi. Rasululloh elchilar Qurtyun eshitishlari va musulmonlarning namoz o‘qishini ko‘rib turishlari uchun masjidning bir chetiga maxsus chodir tikdirdilar. Elchilar oralaridagi eng yoshi kichik Usmon ibn Abu Osni narsalariga qorovul qilib, o‘zlari payg‘ambar alayhis-salomning yonlariga borib turishardi. Ular qaytib kelgach, Usmon borib rasulullohdan Qur’on o‘rganar, u kishi dam olganlarida Abu Bakrdan ta’lim olardi, Usmon tirishqoqlik bilan Qur’onning ko‘pgina suralarini yod oldi, biroq bu narsani hamrohlaridan pinhon tutdi. Elchilar Islom dinini qabul qilib, birovni o‘zlariga boshliq etib tayinlashlarini so‘rashdi. Usmon ibn Abu Osning Islom diniga Qur’on o‘qishga va diniy ahkomlarni bilishga ishtiyoqi kuchli ekanini bilgan payg‘ambar alayhis-salom uni elchilarga rahbar etib tayinladilar. TOIF AHOLISIGA YOZILGAN MAKTUB Payg‘ambar alayhis-salom Toif aholisiga qarata xat yozib, elchilardan berib yubordilar: "Bismillahir rohmanir rohim. Ollohning elchisi Muhammad payg‘ambardan mo‘minlarga: "Vaj*dagi daraxtlarni kesish, hayvonlarni ovlash haromdir. Bunga amal qilmagan odamning kiyimini yechib darra uriladi". Islom dini oldin xalqimizning qalbiga tuzukroq o‘rnashib olsin va nodon xotin- xalajlarning esxonasi chiqib ketmasin, degan o‘yda rasulullohdan saqifliklar cho‘qinadigan butni yo‘qotishni bir oyga kechiktirishni iltimos qilishdi. Payg‘ambar alayhis-salom ularning bu iltimosiga rozilik berdilar. Elchilar yo‘lga chiqqanlaridan keyin Usmon o‘z hamrohlariga yuzlanib: "Men saqifliklarni yaxshi bilaman, biz hozircha musulmon bo‘lganimizni ulardan sir tutaylik, Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy www.ziyouz.com kutubxonasi 138 birovlar bilan urushishning, nohaq qon to‘kishning yomonligini aytib qo‘rqitaylik. Ularga: "Muhammad bizni mashaqqatli ishlarga da’vat etgan edi, ko‘nmay bosh tortdik, u butlarimizni parchalashni, zino qilmaslikni, aroq ichmaslikni, sudxo‘r bo‘lmaslikni talab qildi, deymiz", dedi. Hamrohlari uning taklifini ma’qul ko‘rib, yurtiga yetib kelishgach, qabiladoshlariga: "Biz qurol bilan qarshi chiqqan odamlarni yengib, o‘z diniga kirgizgan o‘ta zolim odamning yonidan keldik", deya yuqoridagi kelishilgan gaplarni aytishdi. Bu gaplarni eshitgan Saqif aholisi Muhammad alayhis-salomga hargiz itoat etmaslikka ahd qilishdi. Elchilar: "Unday bo‘lsa, qurol-yarog‘ingizni shaylab, qo‘rg‘onlaringizni puxtalab urushga tayyorgarlik ko‘ring", deyishdi. Odamlar jangovar tayyorgarlikni boshlab yuborishdi, biroq oradan ikki-uch kun o‘tgach, Olloh taolo ularning dillariga qo‘rquv, vahima soldi. Ular kengasha-kengasha elchilarni chaqirib kelishdi. "Biz har qancha tayyorgarlik ko‘rmaylik, baribir, Muhammad bilan urushib yengolmaydiganga o‘xshaymiz. Yaxshisi borib, u da’vat etgan ishlarni qabul qilinglar", deyishdi. Shundan keyingina elchilar sirni ochib, allaqachon musulmon bo‘lishganini, faqat ularning jaholatidan xavfsirab shunday yo‘l tutishganini aytishdi. Qabiladoshlari ajablanib: "Buni bizdan yashirishning nima hojati bor edi?" deb so‘rashdi. "Tabiatingizda shayton kibri bor, u sizlarni doim vasvasga solib turadi, shu narsa yo‘qolmaguncha musulmon bo‘lganimizni sir tutishga qaror qildik o‘sha paytda sizlardan har qanday yomlnlikni kutish mumkin edi", deyishdi elchilar. Shu kundan e’tiboran Saqif aholisi imon keltirib, musulmon bo‘lishdi. _________________ *Vaj — Toifdagi bir jilg’aning nomi. Download 5.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling