Nurullayev adxam axmadovich


Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish uchun ularda mavjud


Download 0.82 Mb.
bet14/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

2. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish uchun ularda mavjud ehtiyoj, qiziqish, moyillik, xulq-atvorini motivasiya qilish manbalari; hulq-atvorini o’zgartiradigan holatlarga (xavotir, bezovta, xayajon yoki tushkunlik) e’tibor berish, psixodiagnostikasini amalga oshirish zarurligi dalillanib, psixokorreksion dasturni qo’llash orqali psixologik ta’sir o’tkazish muhim ekanligi isbotlandi.
3. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-psixologik, ijtimoiy-demografik; individual xususiyatlarini o’rganish hamda muloqotning kommunikativ tomonidan kompetent tarzda foydalanish (verbal, noverbal, paralingistik, ritorik) orqali sog’lom turmush tarziga qaytarish mumkin ekanligi dalillandi;
4. Destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishni ta’minlashda hissiyot va muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqishning himoyaviy refleksiya darajasida sanogen tafakkurini rivojlanishi zarurligi tufayli ahloqiy, estetik, harbiy professional va psixologik xususiyatlarni shakllanishi muhim ekanligi asoslandi;
5. Harbiy xizmatchilarning destruktiv xatti-harakatlarining profilaktik tuzilmasi «oilaviy muammolar», «harbiy xizmatga moslashish», «ziddiyatlar»ga bog’liqligi sababli ular fikrlashida salbiy emas balki ijobiy fonni shakllantirish orqali sanogen (sog’lom, real, pozitiv) fikrlashni rivojlantirish muhimligi dalillandi;
6. Destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishda psixologik immunitetning yo’naltiruvchi, informasion, kognitiv, regulyativ, refleksiv funksiyalarini taktik va operativ vazifalarni bajarishda differrensial namoyon bo’lishi tufayli sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhimligi asoslandi.
7. Harbiy xizmatchilarning psixososial salomatligiga destruktiv ta’sir ko’rsatish darajasi axborotlarning psixologik transformasiyalanishi tufayli shaxsning axloqiy-ruhiy holatini defunksional holatga ta’siri tufayli individual, ijtimoiy, harbiy-taktik omillar asosida takomillashtirildi.
8. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarda mafkuraviy; regulyativ; refleksiv; himoyalovchi funksiyalar orqali psixologik immunitetini barqarorlashtirish hamda kognitiv; konativ, affektiv boshqarishni shakllantirish natijasida sog’lom xayot tarziga qaytarish maqsadga muvofiq ekanligi isbotlandi.
9. Harbiy xizmatchilarda destruktiv ta’sirga berilishini korreksiyalashga oid olib boriladigan profilaktik tadbirlar samaradorligi birlamchi, ikkilamchi va uchinchi darajali mezonlar orqali baholanib, natijaga erishish mumkinligi aniqlandi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi:
1. OHTM kursantlari uchun «Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti» hamda «Jangni axloqiy-ruhiy ta’minoti» fanlarni uslubiy takomillashuvini amalga oshirib, kursantlarda axloqiy-ruhiy ta’minotni indikatorlarini aniqlash ko’nikmasini shakllantirish zarur bo’ladi.
2. Harbiy psixologlar tomonidan «Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarish» nomli o’quv qo’llanma tayyorlash zarurdir.
3. Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofiserlari va harbiy psixologlar tomonidan Qurolli Kuchlar Akademiyasida har xaftaning dushanba, juma kunlari ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg’ulotlarida «Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarish» bo’yicha saboq berishni tashkil etish.
4. OHTM va Mudofaa vazirligi kichik mutaxassislarni tayyorlash markazining o’quv-tarbiyaviy jarayonida harbiy xizmatchilarni destruktiv ta’sirga tushmasliklari uchun «Jangning axloqiy-ruhiy ta’minotini amalga oshirish metodlari», «Tarbiyaviy ishlar uslubiyoti», «Deviant xulqning ijtimoiy profilaktikasi», «Harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarish usullari» mavzularida mashg’ulotlarini tashkil etish va o’tkazish lozim.
5. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom turmush tarziga qaytarishda vazirliklar, qo’mitalar, jamaot tashkilotlari ko’magidan foydalanish zarur.
6. Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofiserlari va harbiy psixologlarining psixologik kompetensiyasini oshirish maqsadida O’zbekiston xalqaro Islom akademiyasining Malaka oshirish markazida «Harbiy xizmatchilarda destruktiv ta’sir hamda buzg’unchi g’oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustaxkamlash asoslari» mavzusida siklli o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish kerak.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling