Nurullayev adxam axmadovich


-rasm. Harbiy faoliyatda destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarning himoyasini ta’minlash ketma-ketligi


Download 0.82 Mb.
bet10/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

3-rasm. Harbiy faoliyatda destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarning himoyasini ta’minlash ketma-ketligi.

Harbiy psixolog bir qator funksiyalarni bajarish bilan birga, komandirga psixologik taklif ham berishi zaruriyat ekanligini aniq bo’ldi. Mudofaani ta’minlashda tezkor taktik yoki strategik vazifalarni bajarish uchun turli hajmdagi axborotlarni uzatish, qabul qilish va ularni tahlili asosida tezkor guruh tarkibi belgilanishini inobatga olsak,


bu jarayonda kommunikativ ko’nikma harbiy boshqaruv kompetensiyasini muhim komponenti tarzida ishtirok etadi. Bu o’z navbatida harbiy-taktik o’quvlar dasturini tayyorlashda axloqiy-ruhiy ta’minot masalasiga zamonaviy to’qnashuvlarning harbiy-texnik xarakteristikasi asosida yondashilgan tarzda tuzishni talab etadi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilarni destruktiv ta’sirga tushirish o’z texnologiyasiga ega bo’lib, harbiy-siyosiy vaziyatning mohiyatidan kelib chiqqan holda ta’sir ko’rsatish omillari tanlanadi.
Bular: alohida harbiy xizmatchi; harbiy jamoa; komandirlar; harbiy xizmatchilarning oila a’zolari; harbiy xizmatchilarning yaqin do’stlari (sinfdoshlari, mahalladoshlari va b.); harbiy qism joylashgan hudud aholisi; harbiy qismga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar (avtoustaxonalar, autsorsing, qurilish jamoalari va h.k.); harbiy qismning hayotiga doir ma’lumot beruvchi OAVlari va h.k.
Harbiy xizmatchilarni destruktiv ta’sirga tushishini tinchlik davrida va favqulodda (urush) davr kabilarga ajratib o’rganish, komandirlar, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofiserlari va harbiy psixolog ish samaradorligini ta’minlash uchun muhim sanalib, yakka tartib va jamoaviy tarzda axloqiy-ruhiy ta’minot tadbirlarni o’tkazish jihatidan amaliy mazmunga ega. Axloqiy-ruhiy ta’minot doirasida olib boriladigan ishlar “Harbiy xizmatchining yakka tartibdagi holati – Harbiy-professional tayyorgarligi – Harbiy-professional majburiyat – Harbiy-texnik muhit – Harbiy-kasbiy muhit – Siyosiy-iqtisodiy muhit – Harbiy faoliyat samaradorligi” ko’rinishida ifodalanadi. Bu o’z navbatida, destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayyot tarziga qaytarish masalasiga yakka tartibda yondashishni taqozo etadi.
Dissertasiyaning “Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarishning psixologik komponentlari va korreksion mexanizmideb nomlangan uchinchi bobida, harbiy xizmatchilarning xizmat faoliyati murakkabligi, ma’suliyatni talab etishi, xizmat sohasida ortirilgan tajribaning salmoqli yoki sayoz ekanligi xizmatchining yoshi, faoliyat staji, faoliyatda ijtimoiy roli va mavqyei kabi bir qator ijtimoiy haraktrestikalar bilan belgilanadi. Shunga qaramay, harbiy xizmat faoliyatining davlat xizmatchisiga nisbatan o’ziga xos murakabligiga ko’ra qaysidir darajada ichki va tashqi xavotirlanish mavjud bo’ladi hamda maskur holat, destruktiv ta’sirga tushishga sababchi bo’lib qoladi. Tadqiqiotimiz eksprementiga O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi o’quv jarayonini ta’minlash vzvodining muddatli harbiy xizmatchilari va 1- bosqich kursantlari jal qilindi.
Olib borilgan tadqiqotning psixologik tahlili bo’yicha quyidagilar aniqlandi. Psixolog olimlar Ch.D.Spilberger va Yu.L.Xaninlar tomonidan ishlab chiqilgan «Xavotirlanish darajasini aniqlash» metodikasi natijalariga ko’ra, vaziyat bilan bog’liq xavotirlanuvchanlik ko’rsatkichi muddatli harbiy xizmatchilar o’rtasidagi bunday statistik farq ko’rsatkichi (t=1,682**; r≤0,01) ni tashkil etdi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling