Nurullayev adxam axmadovich


Download 0.82 Mb.
bet6/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

Tadqiqotning usullari. Tadqiqot jarayonida kuzatish, suhbat metodlari, retrospektiv tahlil, kontent-tahlil, hujjatlarni o’rganish, qiyosiy-taqqoslash metodlari, shuningdek, Ch.D.Spilberger va Yu.L.Xaninlar tomonidan ishlab chiqilgan «Xavotirlanish darajasini aniqlash» metodikasi; Shmishek «Xarakter aksentuasiyasini aniqlash» metodikasi; mualliflik «Axloqiy-ruhiy holatni o’rganish metodikasi» va «Harbiy-ijtimoiy» so’rovnomalardan foydalanildi. Olingan natijalarning ishonchliligi matematik-statik metodlardan Studentning t-mezoni, K.Pirsonning korrelyasiya tahlil, faktorli tahlil usullari orqali tasdiqlandi.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
harbiy xizmatchilarning psixososial salomatligiga destruktiv ta’sir ko’rsatish iyerarxiyasi axborotlarning psixologik transformasiyalanishi shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holatini defunksional holatga keltirishi tufayli individli, ijtimoiy, harbiy-texnik omillar asosida takomillashtirilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishni ta’minlashda hissiyot va muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqishning himoyaviy refleksiya darajasida sanogen tafakkurga o’yg’un holda rivojlanishi zarurligi tufayli ahloqiy, estetik, harbiy professional va psixologik xususiyatlarni shakllanishi muhimligi asoslangan;
harbiy xizmatchilarning destruktiv xatti-harakatlarining profilaktik tuzilmasi «oilaviy muammolar», «harbiy xizmatga moslashish», «ziddiyatlar», fonida sanogen realistik fikrlashni rivojlantirish muhimligi tufayli axloqiy-ruhiy holatning hissiy komponent lokalizasiyasi asosida takomillashtirilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishda psixologik immunitetning yo’naltiruvchi, informasion, kognitiv, regulyativ, refleksiv funksiyalarini taktik va operativ vazifalarni bajarishda differrensial namoyon bo’lishi tufayli sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhimligi asoslangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
xavf va tahdidlarning intellektuallashuvi sharoitida mudofaa va xavfsizlik tizimini takomillashtirish uchun ishlab chiqiladigan chora-tadbirlar mazmuni axloqiy-ruhiy aniqlashtirish asosida uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqilgan;
xizmat faoliyatida axloqiy-ruhiy ta’minotni olib borishda bevosita ishtirok etuvchi individual, ijtimoiy (guruhiy), axloqiy-ruhiy, axborot-ruhiy, harbiy-texnik, etnomadaniy kabi omillar aniqlanib, harbiy amaliyotda foydalanish taklif etilgan;
harbiy xizmatchilarni destruktiv ta’sirga tushmasligini ta’minlashning axloqiy, estetik, harbiy, professional va psixologik tarkibiy qismlari aniqlangan, tinchlik va favqulodda vaziyatlarda ularni ta’minlashning taktik va operativ vazifalari asoslanib berilgan;
tinchlik va urush davrida harbiy xizmatchilarning destruktiv ta’sirlarga tushmasligini ta’minlash uchun profilaktikani (birlamchi, ikkilamchi, uchinchi darajali profilaktika) xronologik jadval asosida indikativ ko’rsatkichlar bo’yicha o’tkazishning algoritmi amaliyotda qo’llanilgan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling