Nurullayev adxam axmadovich
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi
Download 0.82 Mb.
|
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o’rganilganlik darajasi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining ustuvor yo’nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalar rivojlanishining I. «Axborotlashgan jamiyat va demokratik davlatni ijtimoiy, huquqiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy rivojlantirishda, innovasion g’oyalar tizimini shakllantirish va ularni amalga oshirish yo’llari» ustuvor yo’nalishi doirasida bajarilgan.
Muammoning o’rganilganlik darajasi. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni o’rganish muammo sifatida tadqiq etilib, ko’plab xorijiy va hamdo’stlik mamlakatlarida axloqiy-ruhiy omillar, statistik, demografik, huquqiy va xududiy xususiyatlar ilmiy tahlil qilishga harakat qilingan. O’zbekistonlik sosiolog, pedagog, psixolog va siyosatshunos olimlardan S.Yu.Axrorov, Z.Sh.Alimardonov, K.A.Xaydarov, S.R.Sadriddinov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida shaxsni boshqarishning murakkabligini inobatga olgan holda antimanipulyativ xulq namoyon bo’lishini ijtimoiy-madaniy va etnopsixologik xususiyatlari tadqiq etishgan. O’zbekistonlik harbiy tadqiqotchilar A.I.Ikramov, R.S.Samarov, A.A.Ergashev va boshqalar tomonidan, tinchlik va urush davrida dushman tomonidan destruktiv ta’sir ko’rsatish yo’nalishi va maqsadini o’zgarishini, harbiy amaliyotda oldin ma’lum bo’lmagan salbiy ta’sir ko’rsatish usullar vujudga kelganligini ko’rsatib o’tilgan. M.B.Bekmurodov, Sh.F.Mustafayeva, D.G.Muhammedova, R.S.Samarov, A.A.Satib-Aldiyev, N.G.Kamilova, U.D.Qodirov va boshqalar insonni destruktiv ta’sirlarga tushmasligini ta’minlovchi psixologik jihatlarini o’rganib, diniy, siyosiy va madaniy omillarning ta’sir darajasini belgilab berishgan. Adabiyotlar tahlilidan ko’rinadiki, respublikamizda yoshlarni destruktiv g’oyalar ta’siridan himoyalashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari muammosi ilk marotaba psixologiya fanlari doktori, professor U.D.Qodirov tomonidan ilmiy tadqiq etilgan. Bizning tadqiqotimizda ilk marotaba O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishni psixologik-korreksion mexanizmi masalalari tadqiq etilgan. Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi olimlaridan L.I.Bojovich, A.M.Mixaylov, L.V.Mixaylov, O.V.Shatrova, D.Щyerbina va boshqalar destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish masalasining harbiy-ijtimoiy, harbiy-siyosiy va harbiy-kasbiy jihatlarini ma’lum darajada ilmiy tadqiq etishgan. Xorij olimlardan F.Adgoy, I.Vagin, S.Knouse, E.Mari, A.Skok, F.Hoffman, S.Webb va boshqalar mazkur muammoni shaxs ongi, xulqi hamda faoliyati mazmunini ularni qurshab olgan tashqi va ichki muhit belgilashishini ko’rsatib berganlar. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling