Nurullayev adxam axmadovich


Tadqiqot natijalarining ishonchliligi


Download 0.82 Mb.
bet7/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

Tadqiqot natijalarining ishonchliligi tadqiqot natijalarining ishonchligi izlanish obyektlarining maqsadga mos tanlanganligi, respondentlarning yetarlicha reprezentativligi, qo’lga kiritilgan empirik miqdorlarning matematik-statistikaning ishonchli usullari yordamida tahlil qilinganligi, foydalanilgan metodikalarning validligi, zamonaviy elektron dasturiy vositalar qo’llanilgani, izlanishlar aniq va rejaviy bosqichlarda bir-birini to’ldiruvchi usullar yordamida amalga oshirilganligi, xulosa va tavsiyalarning amaliyotga joriy etilganligi, olingan natijalarning vakolatli tashkilotlar tomonidan tasdiqlanganligi bilan izohlanadi.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqotning ilmiy ahamiyati shundan iboratki, tadqiqot xulosalari jangni axloqiy-ruhiy ta’minoti, harbiy pedagogika, harbiy sosiologiya va harbiy psixologiya kabi fanlaridagi harbiy xizmatchilarda destruktiv ta’sirlar va g’oyalarga nisbatan himoyaviy xulq-atvor namunasini shakllantirish, xizmat faoliyati davomida shtab madaniyatining tarkibiy qismi sanalmish axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish yo’nalishlarini ilmiy-nazariy jihatdan boyitadi. Olingan qiyosiy, empirik ma’lumotlar harbiy xizmatchilarning salbiy axborot ta’sirlaridan himoya qilish masalasiga daxldor bo’lgan tezkor profilaktik chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda xizmat qiladi.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishning korreksiyaviy mexanizmi bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
harbiy xizmatchilarning psixososial salomatligiga destruktiv ta’sir ko’rsatish iyerarxiyasi axborotlarning psixologik transformasiyalanishi shaxsiy tarkibning axloqiy-ruhiy holatini defunksional holatga keltirishi tufayli individli, ijtimoiy, harbiy-texnik omillar asosida takomillashtirilgan taklif va tavsiyalar Mudofaa vazirligi qo’shinlarida turli miqyosidagi qo’mondon-shtab o’quvlarida (ahloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirish jaryonida), harbiy qism va alohida bo’linmalar hamda muassasalarni tekshiruv jarayonlarida (shaxsiy tarkibni ahloqiy-ruhiy holatini aniqlashda) foydalanilib kelinmoqda. (1-ilova, Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasining 2022-yil 8-noyabrdagi 14/3168-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarishda, yuqori jangovar va safarbarlik shayligini ushlab turish, ularni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy armiyamizdan faxrlanish tuyg’usini yanada oshirishga xizmat qilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishni ta’minlashda hissiyot va muvaffaqiyatsizlikdan qo’rqishning himoyaviy refleksiya darajasida sanogen tafakkurga o’yg’un holda rivojlanishi zarurligi tufayli ahloqiy, estetik, harbiy professional va psixologik xususiyatlarni shakllanishi muhimligi asoslangan xulosalar amaliyotga qo’llanilgan, (2-ilova, O’zbekiston Respublikasi Oliy harbiy aviasiya bilim yurtining 2022-yil 3-noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, bo’lajak komandirlar kelajakda o’z bo’ysunuvchi harbiy xizmatchilarini boshqarish, o’qitish va tarbiyalash bilan destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarish metodik ta’minotni kuchaytirish imkoniyati oshirilgan;
harbiy xizmatchilarning destruktiv xatti-harakatlarining profilaktik tuzilmasi «oilaviy muammolar», «harbiy xizmatga moslashish», «ziddiyatlar», fonida sanogen realistik fikrlashni rivojlantirish muhimligi tufayli axloqiy-ruhiy holatning hissiy komponent lokalizasiyasi asosida ishlab chiqilgan xulosa va tavsiyalar takomillashtirilgan hamda xizmat faoliyatida qo’llanish amalga oshirilgan (3-ilova, Shimoliy-G’arbiy harbiy okrugining 2022-yil 3-noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarish hamda ularning axloqiy-ruhiy holatini baqarorlashtirish masalasi xal etilgan;
destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishda psixologik immunitetning yo’naltiruvchi, informasion, kognitiv, regulyativ, refleksiv funksiyalarini taktik va operativ vazifalarni bajarishda differrensial namoyon bo’lishi tufayli sanogen tafakkurni rivojlantirishning muhimligi asoslanib, okrug tassarufidagi harbiy qism va muassasalarida keng foydalanilgan. (4-ilova, Toshkent harbiy okrugining 2022-yil 7-noyabrdagi dalolatnomasi). Natijada, destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarish, okrug qo’shinlarida yuqori harbiy intizomni saqlash hamda ularning axloqiy-ruhiy holatini baqarorlashtirishga erishilgan.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling