Nurullayev adxam axmadovich


Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi


Download 0.82 Mb.
bet8/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

Tadqiqot natijalarining aprobasiyasi. Mazkur tadqiqot natijalari 6 ta ilmiy-amaliy anjumanda, jumladan, 2 ta xalqaro va 4 ta respublika ilmiy-amaliy anjumanlarida muhokamadan o’tkazilgan.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Dissertasiya mavzusi bo’yicha jami 11 ta ilmiy ish, shu jumladan, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAKning dissertasiyalarning asosiy ilmiy natijalarini chop etish uchun tavsiya etilgan ilmiy nashrlarda 5 ta maqola ilmiy jurnallarda chop etilgan.
Dissertasiyaning tuzilishi va hajmi. Dissertasiya tarkibi kirish, uchta bob, to’qqizta paragraf, bob bo’yicha xulosalar, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat. Dissertasiyaning umumiy hajmi 131 betni tashkil etadi.
DISSERTASIYaNING ASOSIY MAZMUNI
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi va zarurati, tadqiqotning respublikada fan va texnologiyalarni rivojlantirish ustuvor yo’nalishlariga mosligi asoslangan, dissertasion tadqiqotning dissertasiya bajarilgan oliy harbiy bilim yurti ilmiy-tadqiqot rejalari bilan aloqadorligi ochib berilgan, tadqiqotning maqsadi va vazifalari, obyekti, predmeti va tadqiqot metodlari ifodalangan, tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy natijalari, olingan ma’lumotlarning ishonchliligi bayon etilgan, ularning nazariy va amaliy ahamiyati ochib berilgan, tadqiqot natijalarining tatbiqi va ularning sinovdan o’tishi bayon qilingan. Bundan tashqari chop etilgan ishlar va dissertasiya hajmi to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
Dissertasiyaning birinchi bobi “Harbiy xizmatchilarning destruktiv ta’sirga tushishi muammosining ilmiy-nazariy asoslari”, deb nomlanib, destruktiv so’ziga ta’riflar va tushunchasi va turlari, harbiy-professional muhitda destruktiv ta’sir va uning o’rganilgan holati, destruktiv ta’sirlarga tushirish omillarining harbiy-ijtimoiy tahlili va destruktiv ta’sirlarga tushmaslikni ta’minlash usullari kabi masalalar nazariy jihatdan tahlil qilingan bo’lib, bunda aloqiy-ruhiy holat o’z tuzilishiga ko’ra jangovar shaylik va jangovar qobiliyatni ta’minlab, jangovar harakatlarga ishtirok etish, safarbarlik va front orti ko’mak berishni ham ifodalaydi (1-rasm).
Harbiy to’qnashuvlar kosmosda, havoda, sahroda, dengizda yoki quruqlikda bo’lib o’tishidan qat’iy nazar, harbiy xizmatchilarga ta’sir ko’rsatish yozma yoki og’zaki harbiy-ijtimoiy jarayon sifatida dolzarbligicha qolib, axloqiy-ruhiy ta’minot doimiy tarzda ifodalanadi. Agarda zamonaviy harbiy-siyosiy vaziyatni kuch omili vositasida nizolarni bartaraf etishda qo’llanilishi, harbiy omilni mintaqalarda joylashuvi, harbiy qurol-aslahalarni zamonaviylashtirish bo’yicha davlatlarni raqobatga kirishi, yadroviy qurollarni saqlash, qurolli to’qnashuvlarda qo’llaniladigan yuqori texnologik qurollarni yaratilishi kabilarni inobatga olsak, vujudga keladigan har qanday harbiy-siyosiy yoki favqulodda holatni konstruktiv hal qilish O’zbekiston aholisini tinch-totuv hayot kechirishini ta’minlashning muhim yo’li sanaladi.





Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling