Dissertasiya tadqiqotining dissertasiya bajarilgan oliy ta’lim muassasasining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Dissertasiya O’R MVning 2019 yil 12 martdagi «O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasida harbiy-ilmiy tadqiqotlarni yanada takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida»gi 207-sonli buyrug’ining 2-ilovasida keltirilgan «O’R QK Akademiyasida uzoq, o’rta va yaqin istiqbolda harbiy-ilmiy tadqiqotlar olib borishning asosiy mavzulari va ustuvor yo’nalishlari» hamda O’R QK Akademiyasining 2022-2026 yillar ilmiy ishlari rejasiga asosan bajarilgan.
Tadqiqotning maqsadi destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayotga qaytarish uchun olib boriladigan korreksiyaviy faoliyatni takomillashtirish, taktik darajada axloqiy-ruhiy ta’minotni amalga oshirish uchun taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari:
destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishda ularning ruhiyati va qobiliyatlarini oldindan diagnostika qilish, destruktiv ta’sirlarga tushishni ta’minlovchi omillarini ajratish;
destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarning ijtimoiy-psixologik muammolarini aniqlash;
harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish uchun ularda namoyon bo’ladigan xavotirlanish darajalarini, xarakter aksentuasiyasini empirik o’rganish;
destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish va korreksiyasini amalga oshirish uchun mo’ljallangan psixologik tiklanish mexanizmi dasturni ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti sifatida destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish jarayoni tanlangan bo’lib, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi birinchi bosqich kursantlari – 112 nafar va muddatli harbiy xizmatchi askarlar – 229 nafar respondent sifatida ishtirok etdi, respondentlarning umumiy soni 341 nafar tashkil etdi.
Tadqiqotning predmetini harbiy tizimda axloqiy-ruhiy ta’minotni amalga oshirish uchun destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar, harbiy xizmatchilarning psixologik xususiyatlari tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |