Diagnostika asboblaridan foydalanishni tushuntirish. Texnik diagnostika
Download 69.69 Kb.
|
Texnik diagnostika
- Bu sahifa navigatsiya:
- BIOS(Basic Input/Output System)
- BIOS’
- Everest , Sandra , siw
Diagnostika asboblaridan foydalanishni tushuntirish. Texnik diagnostika - mashinalar, qurilmalar, texnik tizimlar, ularning qismlari, elementlari va boshqalarda nuqsonlar va buzilishlar mavjudligini ifodalovchi alomatlarni aniqlash va oʻrganish. Mashinalar, qurilmalar va texnik tizimlarning risoladagi ish maromlari yoki holatlaridan muayyan darajadagi ogʻishlarni oldindan bilish, oldini olish va bartaraf qilish maqsadida oʻtkaziladi. Texnik diagnostika nazorat qilinayotgan obyekt (mashina, qurilma, televizor va boshqalar)ni tashqi koʻzdan kechirish, maxsus diagnostika apparatlari yoki diagnostika dasturlaridan foydalanish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Harakatlanuvchi obyektlar (avtomobillar, mototsikllar, traktorlar va boshqalar) maxsus ustaxonalar yoki taʼmirlash korxonalaridagi diagnostika punktlarida, muqim (qoʻzgʻalmas) obyektlar (stanoklar, texnik tizimlar va boshqalar) turgan joyida Texnik diagnostikadan oʻtkaziladi. Nazorat qilinayotgan obyekt va uni tekshirish vositalari (apparatlari va boshqalar) birgalikda diagnostika tizimini tashkil qiladi. Ular oʻzaro taʼsirlashib, diagnostika algoritmini amalga oshiradi. Natijada obyektning texnik holati toʻgʻrisidagi xulosa tuziladi (mas., "mashina buzuq emas", "stanok ishga yaroqsiz", "televizorda chastotalar detektori ishdan chiqqan" kabi xulosalar qayd qilinadi). Texnik diagnostikani amalga oshirish uchun obyektning matematik modeli (uning risoladagi va buzuq holatlari bayoni) ni tuzib olish usulidan ham foydalanish mumkin. Masalan, shovqin bilan yoki titrab ishlovchi obyektlarni tekshirishda shovqin yoki titrash egri chiziqlari (akustik Texnik diagnostika usuli), mikroelektron texnologiya yoki payvandlash jarayonida obyektlarni rentgen nurlarida tasvirlash model vazifasini oʻtashi mumkin. Diagnostika vositalarini apparatli, dasturli va dasturapparatli turlarga boʻlish mumkin. Hozir Texnik diagnostikaning kompyuterli va raqamli vositalaridan keng foydalaniladi. Texnik diagnostika texnik obyektlarning ishonchliligini taʼminlash va risoladagidek tutib turishda juda muhim tadbirlardan biri hisoblanadi. Uslubiy jihatdan Texnik diagnostikaning tibbiy diagnostika bilan umumiy tomonlari mavjud. Kompyuter va dasturiy ta’minotlar hamda ofis jihozlarini o‘rnatuvchi va ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchiining kasbiy faoliyat turlariga shaxsiy kompyuterlarni yig‘ish, dasturiy ta’minot o‘rnatish va sozlash, shaxsiy kompyuterlar profilaktikasi, kompyuterlarning qo‘shimcha qurilmalarini o‘rnatish va kichik tuzatishlar, ofis jihozlarini o‘rnatish, tashqi qurilmalarni ulash, termopastani almashtirishni bilish, ofis jihozlarining dastur qismlarini sozlash kiradi. shaxsiy kompyuterning nosoz qismlarini aniqlash va o‘zgartirishni bilish; shaxsiy kompyuter modernizatsiyasini bilish; turli ofis texnikasini o‘rnatish, lazer va purkagichli printyerlarni hamda ko‘p funksiyali qurilma, skanyerlarni o‘rnatishni bilish; drayvyerlarni o‘rnatishni bilish; kompyuter va uning qo‘shimcha qurilmalarining nosozliklarini aniqlash va sozlashni bilish. BIOS haqida boshlang‘ich ma’lumotlar BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr). Kompyuter yongandagi har xil yozuvlar va tovushning chiqishi, ROM(Read Only Memory) xotirada yozilgan BIOS’ning ishi. BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi: — kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish; — kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test); — kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi; — tizim resurslarini taqsimlaydi; — PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash; — operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr); — qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi; — elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish. BIOS’ni to‘g‘ri sozlash, kompyuter ishlashiga ta’sir ko‘rsatadi, shuning uchun dastlab shu dasturchani yaxshi o‘rganib olish lozim. Har xil turdagi motherboar’lar har xil BIOS turlarini ishlatishadi, shuning uchun bitta yagona qo‘llanma qilishning iloji yo‘q, lekin asosi baribir bir xil. Protsessorlarning turi rivojlangan sari, BIOS sozlashlari ham qiyinlashib bormoqda. Bu esa, qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirmoqda. BIOS dasturini asosan quyidagi firmalar ishlab chiqishadi: — American Megatrends (AMI); — Award Software; — Phoenix Technologies. BIOS turiga qarab, uning ko‘rinishi ham o‘zgarib boradi, uning turidan tashqari bir necha versiyalari ham mavjud, bu versiyalar ham yangilanib borishi lozim. BIOS’ versiyasi va ishlab chiqgan firmasini Windows operatsion tizim orqali quyidagicha ko‘rish mumkin: Pusk -> Vipolnit -> msinfo32 Bundan tashqari, Everest, Sandra, siw kabi utilitalar orqali ham kompyuteringizga o‘rnatilgan BIOS haqida ma’lumot olishingiz mumkin bo‘ladi. Download 69.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling