Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga mustaqil izlanuvchisi X. A. Juraevning
Download 118 Kb.
|
МАЪЛУМОТНОМА Х.Жураев
- Bu sahifa navigatsiya:
- MA’LUMOTNOMA
- Viloyat hokimi o‘rinbosari
Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga mustaqil izlanuvchisi X.A.Juraevning 08.00.12 – “Mintaqaviy iqtisodiyot” ixtisosligi bo‘yicha “Mahalliy ishbilarmonlik salohiyatidan samarali foydalanish asosida mintaqani kompleks rivojlantirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi natijalarini amaliyotga joriy etilganligi to‘g‘risida MA’LUMOTNOMA Surxondaryo viloyat xokimligini mazkur masala yuzasidan tegishli takliflari berilgan bo‘lib, Termiz iqtisodiyot va servis universitetining 2023 yil 21 fevraldagi №_______ -sonli xatiga asosan quyidagilarni ma’lum qilamiz. Surxondaryo viloyat xokimligida X.A.Juraevni tadqiqot ishi o‘rganilib, undagi quyidagi ilmiy yangiliklar amaliyotga joriy etildi: Mintaqada ishbilarmonlik muhitini faollashtirish manbalari aniqlanib, ularni, yalpi hududiy maxsulot o‘sishiga ta’siri yuqori ekanligi asoslangan; Mintaqada beshinchi toifaga kirgan tumanni (Qizriq, Bandihon, Muzrabod) kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikka qulay shart-sharoitlar yaratish dasturlari ishlab chiqilgan; Mintaqada ishbilarmonlik muhitini faollashtirishda kichik biznesni rivojlantirish strategik zonalari, kovorking markazlari, mahallalarni ixtisoslashuvi asosida mikromarkazlarni tashkil qilish asoslangan; Surxondaryo viloyatida ko‘p omilli ekonometrik modellar tuzish hisobiga ishbilarmonlik muhitini faollashtirish asosida mintaqani yalpi ichki mahsulotini o‘sish darajasi ko‘rsatkichlarini 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilan. Ushbu ilmiy takliflar Surxondaryo viloyat xokimligi va hududdagi boshqarmalar tomonidan “Yangi O‘zbekiston strategiyasi”da belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ishlab chiqish jarayonida foydalanildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022 yil 10 maydagi 245-son “2022-2026 yillarda Surxondaryo viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi karorining ijrosini ta’minlash yuzasidan Surxondaryo viloyatining 2023 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 7,8 trln, so‘mlik 512 ta investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish jarayonida foydalanildi. Umuman olganda, tadqiqot ishida ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar mahalliy ishbilarmonlik salohiyatidan samarali foydalanish asosida mintaqani kompleks rivojlantirishda zaruriy uslubiy ko‘rsatma sifatida xizmat qiladi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Download 118 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling