Nurullayev adxam axmadovich


-rasm. Xavotirlanish darajasini aniqlash bo’yicha taqqoslash natijalari


Download 0.82 Mb.
bet12/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

3.1-rasm. Xavotirlanish darajasini aniqlash bo’yicha taqqoslash natijalari

Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlarida shaxs bilan bog’liq xavotirlanuvchanlikning yuqoriligi shundaki, xali ularda davom etayotgan adaptasion jarayon, o’rnatilgan kun tartibiga va kunlik harbiy xizmatning yuklamalariga to’liq moslashmaganligi, vaqti-vaqti bilan sutkalik navbatchiliklarni olib borishi hamda xizmatlarining bir-biridan tubdan farq qilishi, o’quv mashg’ulotlarida nazariy mashg’ulotlaridan o’quv poligonlarida amaliy qurollardan otish va harbiy texnikalarni boshqarish kunduzgi va kechki mashqlarni bajarishda ularda kechadigan ichki kechirmalarida mashg’ulotlar (qo’rquv, xayajon, notanish xudud va boshqalar) bilan bog’liqligi natijasida shaxs bilan bog’liq xavotirlanuvchanligi yuqori darajada ekanligini ko’rsatadi.


Bundan kelib chiqib, muddatli harbiy xizmatchi askarlarning harbiy xizmat o’tash muddati o’z nihoyasiga etayotganligi va o’tgan xizmati davomida barcha xizmatning ko’nikmalari to’liq shakllanganligi hamda o’z shaxsiy mas’uliyati oshganligi bois shaxs bilan bog’liq xavotirlanish darajasi kursantlarga nisbatan past darajada ekanligini ko’rsatdi.
Navbatdagi 2 – jadvalda tadqiqot obyekti sifatida harbiy xizmatchilarning ushbu toifasi olindi: motoo’qchi va tarbiyachi mutaxassis kursantlarning xavotirlanish darajasi aniqlandi va olingan natijalar qayt qilingan.
2 – jadval
Shaxsdagi vaziyat bilan bog’liq xavotirlanish darajasining
dinamik xususiyatlari taqqoslash tahlili
, t mezoni

Tadqiqotning nomlanishi

O’rtacha qiymat

Respon-dentlar

Standart og’ish

t
mezoni qiymati

p
ishonch-lilik daraja-si

Ekspertlar guruxi

Vaziyat bilan bog’liq xavotirlanuvchanlik



treningdan oldin

46,0217

46

0,82970

53,586***

0,000

treningdan keyin

32,6739

46

2,16081

Izoh: ***r≤0,001.

Tadqiqotimiz ishtirokchilari shaxsdagi vaziyat bilan bog’liq xavotirlanish darajasi ko’rsatkichlarning asosiy o’zgarishlar esa aniqlovchi va nazorat tajribalari orasidagi statistik farq (t=53,586***; r≤0,001) ahamiyatli bo’lib, qo’llagan psixokorreksion dasturimizning samaradorligini ko’rsatdi.


Harbiy xizmatchilarning faoliyati kutilmaganlik favqulotda vaziyatlarga hos ekanligi tufayli, ularda vaziyatli xavotirlanish darajasini susaytirish uchun “vaziyatni adekvat idrok qilish” ko’nikmasini shakllantirish maqsadga muvofiq bo’lishi empirik natijalarimizda yana bir karra o’z isbotini topdi. Tadqiqotdan olingan natijalarni grafik shaklda quyidagi tarzda keltiramiz.
Bu esa o’z navbatida o’tkazilgan “Mening qo’limdan keladi” mavzusidagi trening harbiy xizmatchining psixologiyasiga ta’sirini ko’rish bilan bilvosita unda ichki turtkining paydo bo’lishi harbiy xizmat bilan bog’liq bo’lishi mumkin bo’lgan har qanday xavotirga tura olish, emosional intellekt, vaziyatga adekvat hissiy reaksiya qilish ko’nikmasini shakllantiradi. Harbiy xizmatchilarimizda, harbiy psixologiya kurslari orqali favqulodda holatlarga nisbatan “hissiy immunitet”ning kognitiv komponentini shakllantirish muhim ahamiyatga ega ekanligi aniqlandi.
Shuningdek, K.Leongard tomonidan xarakter aksentuasiyasining gipertim, distim, qo’zg’aluvchan, namoyishkorona, xavotirli, pedant (qat’iy qonun-qoidalardan cheklanmaydigan) va boshqa tiplari tasniflangan: Xarakter aksentuasiyasi turli darajada yengil va kuchli darajasigacha namoyon bo’lishi mumkin. Psixologiyada xarakter aksentuasiyasi va destruksiya o’rtasida bog’liqlik haqida ma’lumotlar bo’lsa-da, lekin, tadqiq etilmagan. Biz mazkur paragrafda K.Leongard tomonidan ishlab chiqilgan psixologik testidan foydalandik.
Tadqiqot obyekti sifatida harbiy xizmatchilarning ushbu toifasi olindi: muddatli harbiy xizmatchi askarlar va kursantlarning xarakter aksentuasiyasi darajasi aniqlandi, olingan natijalar 3 – jadvalda qayt qilingan.



Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling