Nurullayev adxam axmadovich


- jadval «Xarakter aksentuasiyasini aniqlash» metodikasi orqali


Download 0.82 Mb.
bet13/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

3 - jadval
«Xarakter aksentuasiyasini aniqlash» metodikasi orqali
olingan ma’lumotlar tahlili, t mezoni

Xarakter aksentuasiyasining turlari

Xizmat-chilar

Respon-dentlar soni

O’rtacha qiymat

Standart og’ish

t
mezon qiymati

p
ishonch darajasi

Gipertim

1

229

16,2052

3,54875

1,266

0,207

2

112

31,7143

3,45741

Xavotirla-nuvchi

1

229

29,1659

5,86160

2,490**

0,344

2

112

9,5357

5,71221

Distim

1

229

9,5633

3,23382

1,143

0,886

2

112

23,6163

3,17435

Rasmiy

1

229

12,2795

4,14544

1,628**

0,354

2

112

25,7321

4,38668

Qo’zg’aluvchan

1

229

12,2707

5,22528

1,463

0,644

2

112

26,5446

5,08644

Emotiv

1

229

14,3930

4,48713

1,453

0,836

2

112

28,5000

4,45801

Rigid

1

229

26,2533

2,65346

1,521**

0,896

2

112

12,2143

2,56599

Namoyish-
korona

1

229

26,9520

3,17644

1,798**

0,988

2

112

12,9464

3,20989

Sikloid

1

229

25,9738

2,66544

1,540**

0,590

2

112

11,8125

2,55580

Yekzaltr

1

229

14,0699

6,20373

1,324

0,746

2

112

28,3036

6,35417

Izoh: **r≤0,01; r˃0,05; 1 - muddatli harbiy xizmatchi askarlar; 2 – O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi kursantlari.
«Xarakter aksentuasiyasini aniqlash» metodikasi buyicha olingan natijalar ko’rinadiki, harbiy xizmatchilarda 10 xil tip psixologik tadqiqotlar tahliliga ko’ra, gipertim tipdagi muddatli harbiy xizmatchi askarlar va mazkur tipdagi kursantlarning statistik ko’rsatkichi (t=1,266; r˃0,05)ni tashkil etdi bu esa ahamiyatsiz.
Ushbu tiplagi harbiy xizmatchilar boshqalar bilan bo’ladigan kelishmovchiliklarni o’zlari keltirib chiqaradilar, ana shunda atrofdagilar tanbex berishsa, xafa bo’ladilar. Ularning ijobiy tomonlari harakatchan, biror bir faoliyatga chanqoq, tashabbuskor. Salbiy xususiyatlari: yengil tabiat, yengil xulq atvorga moyil, o’ta asabiy, o’z ma’suliyatlariga jiddiy munosabatda bo’lmaydilar.
Xavotirlanuvchan tipi bo’yicha muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarida statistik farq (t=2,490**; r≤0,01)ni tashkil etdi. Bu tipdagi harbiy xizmatchilar muloqotga kirishimsiz, bo’sh, o’ziga ishonmaydigan, mayus kayfiyatda yuruvchilardir. Juda kam holatda atrofdagilar bilan kelishmovchilikka boradilar va unda passiv ishtirok etadilar. Kelishmovchilik holatlarida o’zlariga tayanch va yordam qidiradilar, chunki ular shunga muxtoj bo’ladilar.
Distim tipini ifodalovchi ko’rsatkichlar muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlaridagi statistik ko’rsatkichi (t=1,143; r˃0,05)ni tashkil etdi bu esa ahamiyatsiz. Distim tipga mansub bo’lganlar muloqotga tez kirishmaydigan, kamgap, pissimistik kayfiyatning ustunligi bilan xarakterlanadilar. Ular asosan uyda o’tirishni afzal ko’radilar, atrofdagilar bilan kamdan kam holatda kelishmovchilikka boradilar, chegaralangan xayot tarzida yashaydilar.
Rasmiy tip bo’yicha aniqlangan ko’rsatkichlar bo’yicha muddatli harbiy xizmatchi askarlar va kursantlarda statistik farq (t=1,628**; r≤0,01)ni tashkil etdi. Barcha harbiy xizmatchilarda kuzatilgani kabi mazkur tipga xos jihatlar bizning tadqiqotimizda ham aniqlandi. Bu toifadagilar kelishmovchiliklarga juda kam holatlarda kirishadi, faol qatnashmaydi. Atrofdagilarga formal talablar quyib, xizmatda o’zini byurokrat sifatida tutadi. Qayt etish kerakki, harbiy xizmat faoliyatida ta’lim bilan qamrab olingan kursantlarda muddatli harbiy xizmatchi askarlarga nisbatan rasmiy tip yuqori darajada namoyon bo’lishi ko’rindi. Buning sababi quyidagilar bilan izohlanadi: oliy harbiy ta’lim muassasasida o’rnatilgan kun tartibiga moslasha olmaganligi; kursantlarning oliy harbiy ta’lim tizimida o’quv-tarbiyaviy jarayonini past darajada o’zlashtirilishi; nazariy mashg’ulotlarning o’quv poligonlarida amaliy mashg’ulotlar bilan doimo bog’liqligi va favquloddagi holatlarga tayyor emasligi; harbiy xizmatda jismoniy yuklamalarning yuqoriligi va boshqalar.
Qo’zg’aluvchan tipi bo’yicha olingan natijalar muddatli harbiy xizmatchilarva kursantlarda quyidagi statistik ko’rsatkichi (t=1,463; r˃0,05)ni qiymatni tashkil etdi bu esa ahamiyatsiz. Qo’zg’aluvchan tipidagi kursantlarimizda metodika natijalardan ko’rinadiki, ularda muloqotning verbal va noverbal turlari rivojlangan.
Emotiv tipi esa muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarda statistik ko’rsatkichi (t=1,453; r˃0,05)ni tashkil etdi bu esa ahamiyatsiz. Bu tipdagi shaxslar «yarim gapi»dan ularni tushunib oladigan, ular bilan yaxshi munosabatlar o’rnatadigan, tor doiradagi odamlar bilan muloqotda bo’lishni hush kuruvchilardir.
Rigid (o’zgarmas) tipidagi muddatli harbiy xizmatchi askarlar va kursantlarda quyidagi statistik farq (t=1,521**; r≤0,01)ni tashkl etdi. Ushbu tip hususiyatlariga xos odamlar muloqotga o’rtacha kirishimlilik, nasixatguyk va kupincha kam gapirishlari kuzatiladi. Kelishmovchiliklarda ular tashabbuskor bo’lib faol qatnashishga harakat qiladilar. Bu insonlar o’zlariga nisbatan talabchan. Ayniqsa, ijtimoiy adolatni chuqur his etishga, shu bilan birga ko’ngli nozik, arazchi, shubxa bilan qarovchi, qasoskordirlar. Ba’zida o’zlariga juda ishonuvchan va xaqiqatguydir.
Namoyishkorona tipi muddatli harbiy xizmatchi askarlar va kursantlarda quyidagi statistik farq (t=1,798**; r≤0,01)ni tashkil etdi. Ushbu tipdagi shaxslar boshqalar bilan osonlikcha muloqotga kirishishi, sardorlikka intilish, lavozim va maqtovlarga chanqoqlik hususiyatlari bilan tez kirishib keta olish hususiyatini namoyish qila oladi, shu bilan birga ikkiyuzlamachilikka moyil. namoyishkor tipdagi harbiy xizmatchilar o’ziga o’ta ishonuvchanliklari va o’zlarini katta tutishlari bilan kelishmovchiliklarni keltirib chiqaradilar.
Sikloid tipi esa muddatli harbiy xizmatchi askarlar va kursantlar quyidagi statistik farq (t=1,540**; r≤0,01)ni tashkil etadi. Sikloid tipdagi harbiy xizmatchilarning kayfiyatlari tez-tez o’zgarib turishi natijasida, safdoshlariga bo’lgan munosabati ham o’zgaruvchandir. Ko’tarinki kayfiyatda bo’lganlarida muloqotga kirishuvchan, tushkunlik kayfiyatda muloqotga kirishmaydigan, indamas xususiyatlarga egadirlar.
Ekzaltr tiplar esa muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarda quo’yidagi statistikasi (t=1,324; r˃0,05)ni tashkil etdi bu esa ahamiyatsiz. Ekzaltr tipdagi harbiy xizmatchilar shaxslar muloqotga o’ta kirishimli, sergap va ko’ngilchan bo’ladilar.
Harbiy xizmatchilarni destruktiv ta’sirlarga tushishi ichki va tashqi omillarning ta’siri asosida kechib, destruktiv ta’sirga tinchlik davrida va favqulodda vaziyatlar davrida ham tushish mumkin. Bu holat, o’z navbatida, axloqiy-ruhiy ta’minotni amalga oshirishda asosiy maqsad qilib, destruktiv ta’sirlarga tushgan harbiy xizmatchilarni korreksiyasini amalga oshirishni belgilashni taqozo etadi.
XULOSALAR
«Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishning psixologik mexanizmlari» mavzusida olib borilgan harbiy-ilmiy tadqiqot natijalari shuni ko’rsatmoqdaki:
1. Destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom turmush tarziga qaytarish dolzarb masala bo’lib, bu nafaqat shaxsning psixologik muammosi balki jamiyat va davlat xavfsizligini, barqarorligini ta’minlashda muhim omil bo’lib hisoblanadi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling