Nurullayev adxam axmadovich


Download 0.82 Mb.
bet3/33
Sana20.06.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1630291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Адхам Phd автреферат 29.05.2023.docx

F.A.Akramova
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash raisi, psixologiya fanlari doktori (DSc), dosent


N.B.Atabayeva
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash ilmiy kotibi, psixologiya fanlari doktori (DSc), dosent


Z.T.Nishanova
Ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengash qoshidagi ilmiy seminar raisi, psixologiya fanlari doktori, professor
Kirish (falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi annotasiyasi)
Dissertasiya mavzusining dolzarbligi va zarurati. Jahonda kechayotgan zamonaviy urushlar va operasiyalarning tavsifi shundan dalolat bermoqdaki, dunyoning harbiy-siyosiy jarayonlar dinamikasi intensiv darajada o’zgarib, bir qator destruktiv guruhlar butun dunyo mamlakatlari xududlarida faoliyat yuritib, davlatlarning siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ma’rifiy hayotida bir qancha muammolarni tug’dirib kelmoqda. Ma’lumotlarga ko’ra, yildan-yil amalga oshirilayotgan terrorchilik harakatlari soni ortib bormoqda, birgina «2018 yili dunyoda 15,3 ming marta terakt sodir etilgan. Yer yuzida har 40 soniyada nosog’lom bir kishi o’z joniga qasd qiladi, suisid tufayli har yili deyarli bir million inson hayotdan ko’z yumadi»1. Bu borada harbiy faoliyat olib boradigan harbiy xizmatchilar yangi tahdidlarga duch kelmoqdaki, bu bevosita sog’lom hayot tarziga qaytarish ularning axloqiy-ruhiy holati bilan bog’liqdir. Garchi, komandirlarning majburiyati shaxsiy tarkibni tinchlik va favqulodda vaziyatlarda axloqiy-ruhiy holatini shaylik darajasida saqlashdan iborat bo’lsada, harbiy xizmatchilarga shaxsiy, kasbiy, ijtimoiy, madaniy va maishiy darajalarda destruktiv ta’sir ko’rsatish usullari o’zgarib konsiyental mazmun kasb etib bormoqda.
Jahon ilmiy va amaliy tadqiqot markazlarida destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishning psixologik mexanizmlarini yaratish hamda individual-psixologik omillarni o’rganish bo’yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarish uchun muhim sanalgan axloqiy-ruhiy holatning tarkibiy qismlarini vazifaviy xususiyatlarini aniqlab, uni baholash mezonlarini ishlab chiqish, hayot mazmuniga ekzistensial yondashuv, kelajakka refleksiv munosabatni, psixososial salomatlikni shakllantirish, kundalik xizmat faoliyati davomida destruktiv ta’sirga tushgan harbiy xizmatchilarni sog’lom hayot tarziga qaytarishda axloqiy-ruhiy ishlarni tarkibiy qismlarini belgilab, tuzatish faoliyatining tarkibiy qismi bo’lmish harbiy xizmatchilarning ruhiyati va qobiliyatlarini oldindan shakllantirishga yo’naltirilgan masalalarga e’tibor qaratish zarurati kuzatilmoqda.
Respublikamizda so’nggi yillarda shaxsning ma’naviy, ruhiy, aqliy rivojlanishini qo’llab-quvvatlash, Mudofaa vazirligi qo’shinlarida axloqiy-ruhiy ta’minot asoslarini ta’minlashning zaruriy-me’yoriy asoslar yaratildi. «Mamlakatimiz xavfsizligi mudofaa salohiyatini ko’chaytirish, ochiq pragmatik faol tashqi siyosat olib borish»2, «Yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko’maklashish, yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash... » ustuvor vazifa sifatida belgilanganligi O’zbekiston aholisini tinch-totuv hayot kechirishining muhim yo’li sanaladi. Bunda tom ma’nodagi harbiy xavfsizlik taktik harakatlarni belgilovchi va boshqaruvchisini Vatanga bo’lgan munosabati, o’zining burchiga sodiqligi va o’z kasbini professional darajada egallaganligi, vujudga kelgan jarayonning dinamikasini belgilovchi bo’lishi muhim va zaruriy omil bo’lib xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022—2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida», 2021-yil 1-iyuldagi PF-6255-son «2021-2026 yillarga mo’ljallangan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy strategiyasini tasdiqlash to’g’risida», 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son «O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida» Farmonlar, 2019 yil 13 fevraldagi PQ-4190-son «2019-2025 yillarda O’zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilish xizmatini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida» Qarori, O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Ichki xizmat Nizomi hamda ushbu faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda mazkur dissertasion tadqiqot muayyan darajada xizmat qiladi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling