Nurullayeva gulshan sunnatullayevna bitiruv malakaviy
Download 0.54 Mb. Pdf ko'rish
|
61 2.2 Zamonaviy she‟rshunosligimizda uchramaydigan badiiy san‟atlar tasnifi. Shayx Ahmad Taroziyning ―Funun ul-balog‗a‖ (―Balog‗at fanlari‖) asari turkiy adabiyotshunoslikning eng dastlabki asaridir. Asar, avvalo, turkiy tilda yozilganligi bilan xarakterlidir. Ya‘ni Taroziy turkiy tilda nazariy adabiyot yaratish an‘anasini ilk bor boshlab berdi. Shu bois ilk tajribada ba‘zi kamchiliklar, to‗ldirilishi lozim bo‗lgan ayrim o‗rinlar bo‗lishi tabiiy holdir. ―Funun ul-balog‗a‖ faqat badiiy san‘atlar jihatidan emas, balki o‗zbek tilidagi aruz, qofiya va radif, she‘r navlari jihatidan ham muhim manba sanaladi. Risolada zamonaviy adabiyotshunosligimizda uchramaydigan o‗rinlar talaygina bo‗lib, shulardan she‘riy san‘atlargagina taaluqlilarini ifodalashga harakat qildik. Ya‘ni zamonaviy she‘rshunosligimizda uchramaydigan badiiy san‘atlar. ―Funun ul-balog‗a‖da ta‘rifi keltirilgan 90 dan ortiq san‘atlarning ba‘zilari zamonaviy she‘rshunoslik uchun tamomila uchramaydi, ba‘zi turlari esa Atoulloh Husayniy talqinida ham keltiriladi. Ammo bugungi nazariy adabiyotshunoslikda uchramaydi. Ular quyidagilar: 1. Al-iltifot 2. Al-intiboh 3. Al-istifhom 4. Al-istidlol 5. Al-istidrok 6. Al-mutadorif 7. Al-maqlubot (Y. Is‘hoqov asarida maqlubotning faqat mustaviy turi uchraydi) 8. Al-mutalavvin 9. Al-mutasalsal 62 10. Al-mutazalzil 11. Al-muhtamilu li-ziddayn 12. Al-muvajjah 13. Al-muqatta‘ 14. Al-muvassal 15. Al-mushajjar 16. Al-murabba‘ 17. Al-mujarrad 18. Al-muammo 19. Al-mug‗olata 20. Al-lug‗z 21. Al-raqto 22. Al-xayfo 23. Al-baroati istihlol 24. Radd ul-ajz-alos-sadr 25. Mushavvash 26. Al-radd ul-aks 27. Al-hashviyot 28. As-sehr-ul-hilol 29. As-siyoq-ul-e‘dod 30. Al-jam‘-ul-mufrad 63 31. At-ta‘rif-ul-mufrad 32. At-taqsim-ul-mufrad 33. Al-jam‘ maat-tafriq 34. Al-jam‘-ul-maat-taqsim 35. Al-jam‘ maat-tafriq at-taqsim 36. Al-husn-ut-talab 37. Al-husn-ul-maqta‘ Shu xususiyatga ega bo‗lgan badiiy san‘atlarni shartli ravishda jadvallashtirishga harakat qildik. Quyidagi jadvalda 37 san‘at turi sanaladi. Ulardan 14 san‘at faqat ―Funun ul-balog‗a‖da uchraydi, ya‘ni ular sof turkona, 23 ta san‘at har ikkala asarda bor. Bugungi adabiyotshunosligimizdauchramaydigan badiiy tasvir vositalaridir: Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling