Nutq madaniyatida adabiy til, Nutq, imloviy va uslubiy me’yorlarning ahamiyati


Download 492.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana10.02.2023
Hajmi492.97 Kb.
#1184863
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 mavzu 2022

Kundalik adabiy so‘zlashuv nutqi
ko‘rinishlari
.
Bunga adabiy tilda gapiruvchi
shaxslarning kundalik so‘zlashuv nutqini kiritish mumkin.
Lеktorlar
nutqi.
Bu
ko‘rinishga
o‘rta
va
oliy
maktab
o‘qituvchilarining,
targ‘ibotchi lеktorlarning,
olimlarning ma’ruzalari, chiqishlarini kiritish mumkin. Og‘zaki
nutqning bu xili asosan, monologik nutq xaraktеrida bo‘ladi.
Radio
va
tеlеvidеniе
nutqi
(tili)
.
Bu
ko‘rinishga
radio
va
tеlеvidеniе
orqali
adabiy
tilda so’zlangan
nutqlar kiradi. Radio va
tеlеvidеniе
nutqi
asosini
diktorlar,
radio
va
tеlеvidеniе
izohlovchilari
nutqi
tashkil
qiladi.
Radio va tеlеvidеniе orqali adabiy tilda olib borilgan eshittirishlar,
ko‘rsatuvlar, suhbatlar tili ham radio va tеlеvidеniеning o‘ziga xos talablariga bo‘ysunadi va
ba’zi o‘ziga xos normativ tomonlarga ega.
Sahna nutqi
. Og‘zaki nutqning alohida turi sahna nutqidir.
Sahna
nutqida ijro
etilayotgan
asarning
til
xususiyatlarini
saqlagan
holda,
tomoshabinlar
uchun
umumtushunarli bo‘lgan tilda so‘zlashga intilish mavjud.
Sahna nutqining umumtushunarli bo‘lishini ta’minlaydigan asosiy omil adabiy tilda
so‘zlashdir. Bunda
adabiy
talaffuz
ayniqsa, muhim o‘rin tutadi. Sahna nutqi nutqnnng
yuqorida qayd qilingan ko‘rinishlaridan dialogik xaraktеrga egaligi bilan ham farqlanadi.


NUTQIY TURLARNI BA'ZAN IJTIMOIY TABAQALAR VA GURUHLAR TILI
NUQTAI NAZARIDAN NOMLASH HAM UCHRAYDI: 
Chunonchi: 
o‘qituvchilar nutqi, talaba nutqi, o‘quvchilar nutqi, yoshlar nutqi, bola 
nutqi (bog‘cha bolalari nutqi) 
kabi.
Nutqning yuqorida kеltirilgan xillari ham nutq madaniyatining asosiy talablariga
bo‘ysunadi. Chunki ularning til asoslari ham adabiy til normalaridir. Shu tufayli ham
bu nutqiy ko‘rinishlardan talab qilinuvchi nutq madaniyati haqida ham alohida
gapirish mumkin. Mana shu asosga ko‘ra o‘quvchilarning nutq madaniyati,
o‘qituvchilarning nutq madaniyati, sahna nutqi madaniyati, lеktor nutqi madaniyati,
radio nutqi madaniyati, tеlеvidеniе nutqi madaniyati, umuman kеng ma’noda
og‘zaki nutq madaniyati haqida ham gap yuritish asoslidir. Ammo kеltirilgan nutq
xillarining asosiy lisoniy xususiyatlari, ular amal qiluvchi adabiy normalar bu
nutqlarda yo‘l qo‘yilayotgan ba’zi nuqsonlarning obyеktiv va subyеktiv sabablari
o‘zbеk tilshunosligida dеyarli o‘rganilgan emas. Tanqidiy ruhda yozilgan ba’zi
maqolalarda adabiy talaffuzni buzish bilan aloqador ba’zi kamchiliklar tanqid
qilinadi, ammo bu nuqsonlarni tuzatishning samarali ilmiy va amaliy yo‘llari yеtarli
ravishda ko‘rsatib bеrilmaydi.


TO‘G‘RI YOZISH QOIDALARI
To‘g‘ri yozish qoidalari tilshunoslar tomonidan tuziladi va jamoatchilik
muhokamasidan o‘tkaziladi. Imlo qoidalari hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
Kishilar o‘zaro yozishmalarida, rasmiy ish yuritishda, ta’lim jarayonida, madaniy-
ma’rifiy faoliyatda tilning imlo qoidalariga amal qilishga majburdirlar. So‘z va
qo‘shimchalarning yozilishi ma’lum bir qoidalarga asoslanmasa, yozuvda har xillik
yuzaga chiqadi, natijada bir-birini tushunish imkoniyati yo‘qoladi. Shuning uchun
ham o‘zbek tilining imlo qoidalarini har bir bo‘limi bo‘yicha puxta o‘zlashtirish
lozim. 1995- yilning 24- avgustida tasdiqlangan «O‘zbek tilining asosiy imlo
qoidalari»da «Harflar imlosi», «Asos va qo‘shimchalar imlosi», «Qo‘shib yozish»,
«Chiziqcha bilan yozish», «Ajratib yozish», «Bosh harflar imlosi» va «Ko‘chirish
qoidalari» nomli bo‘limlar bor.


O‘RTA OSIYODA QUYIDAGI FONOGRAFIK YOZUV TURLARIDAN
FOYDALANILGAN:
— oromiy yozuvi (miloddan avvalgi III—I asrlarda);
— so‘g‘d yozuvi (milodimizning I—VI asrlarida);
— xorazm yozuvi (II—III asrlarda);
— o‘rxun-enasoy yozuvi (V—VIII asrlarda);
— uyg‘ur alifbosi (VI—VII asrlardan XII asrgacha);
— arab alifbosi (VII—VIII asrlardan 1929- yilgacha);
— lotinlashtirilgan o‘zbek alifbosi (1929—1940- yillarda);
— rus-kirill yozuvidagi o‘zbek alifbosi (1940- yildan);
— lotin yozuvi asosidagi o‘zbek alifbosi (1996- yil sentabridan).


1- TOPSHIRIQ. 
Matnni o‘qib, ajratilgan so‘zlar ishtirokida matn mazmuniga mos mustaqil gaplar tuzing. 
Kishilar bir-birlari bilan til orqali o‘zaro munosabatda bo‘ladilar, bir-birlariga fikr va
istaklarini yetkazadilar. Alisher Navoiy tilning faqat insonlarga

Download 492.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling