Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Ko`rsatmalilik usuli. Bu usulda o‘quv materiali ko‘rgazma, texnik vositalar, turli didaktik
materiallar asosida o‘rgatiladi. Ko`rsatmalilik usuli maktabgacha ta'limda eng ko‘p qo‘llaniladigan usullardan biridir. Ko`rsatmalilik usulida bolalar narsa, buyum, voqea hodisani ko`rish, kuzatish, rasm-illyo‘strtsiyalarni ko‘rish, sayr ekskursiyadagi kuzatishlari asosida mulohaza qiladi, fikrlaydi va nutqni bayon qiladi. Bu usulda guruh xonasidagi buyumlar, tabiat burcgahidagi o‘simlik, hul va hayvonlar, ko‘shlarni kuzatishi, kattalar mexnati, tevarak - atrofdagi voqea-hodisalar ko‘rgazmalilik 3 F.R.Qodirova. R.M Qodirova. ―Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi‖. T., ―Istiqlol‖, 2006. Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni vositasi bo`lib xizmat qiladi, bolalar bilim, malaka va kunikmalarni ko`rish orqali idrok qiladilar va eslab qoladilar, ularda ko`rib eslab qolish xotirasi rivojlanadi. Ko‘rgazmali vositalar bolalarning tasavvuri, fikrlashi va nutqining tartibli, izchil bo‘lishini, umumlashtirish, bilimlarni tartibga solish imkoniyatini shakllantiradi, fikrlash faoliyatlarini mustahkamlaydi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, Ko`rsatmalilik usuli og‘zaki usullar bilan birgalikda qo‘llaniladi, ya'ni ko‘rgazma yo‘zasidan bolalarga savollar berish, ko‘rgazma mazmunini tushuntirish, hikoya tuzish kabi faoliyatlar og‘zaki usulda amalga oshiriladi, natijada bolalar bilim va malaka, nutqni ham ko`rish, ham eshitish, tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallab boradi. Ko`rsatmalilik usulida kuzatish muhim ahamiyatga ega, chunki kuzatish bir necha usullar bilan bohlik bo`lib, rasm-illyo‘strtsiyalarni kuzatish, diafilm, teleKo`rsatuvlarni ko`rish, ularni tasvirlash, u xakda mazmunli hikoya tuzish yoki suhbat uyo‘shtirish orqali bolalar nutqini o‘stirish mumkin. Bu jarayonda tarbiyachining tushuntirishi, savollar berishi, rasm-illyustratsiyalarni izoxlab berishi, bolalarning ko`rib tushunish va eslab qolishi bilan birga eshitib eslab qolishini ta'minlaydi. Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling