Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni
Pedagog unutmasligi lozim, bolalarning fikrlash xususiyati shundayki, ular suhbat mavzusini oson unutadilar, har bir mayda-chuyda narsaga chalg‘iyveradilar. Bola qanchalik kichik bo‘lsa, u shunchalik tezroq chalg‘iydi, xozirgina o‘zi aytgan narsalarni tezlik bilan unutadi va boshqa mavzuga o‘tadi. Mashg‘ulot – suhbat bolalarda mantiqiy fikrlash, boshlagan mavzuni oxiriga yetkazish qobiliyatini shakllantirishga qaratilgan. Bolalar biladigan narsalar haqida qo‘shimcha ma‘lumotlarni xabar qilish suhbat asosiy qismining zarur elementi hisoblanadi. Bu bolalar bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Tarbiyachining qisqa va aniq axboroti suhbatni aniq maqsadni ko‘zlagan holda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Suhbat topishmoq, she‘rlar va tarbiyachining tegishli suratga oid sharxlari bilan tugallanishi mumkin, ammo u ko‘pincha pedagogning ushbu suhbatdan kelib chiqqan holda bolalarning axloq borasida o‘rganishi lozim bo‘lgan jihatlar haqidagi mantiqiy xulosasi bilan yakunlanadi. Ayni paytda pedogog o‘z xulosasida o‘zi suhbat mobaynida bolalarga o‘rgatishi lozim bo‘lgan so‘zlar, so‘z shakllari va sintaktik tuzilmalarni qo‘llashi lozim. Suhbatni shunday uyushtirish lozimki, toki unda barcha bolalar ishtirok etsinlar. Agarda bola faqat tarbiyachining boshqa bolalar bilan suhbatini tinglab o‘tirsa va o‘zi ushbu fikr bildirishlarda ishtirok etmasa, bu bola ―suhbatlashishni‖ mashq qilmaydi va uning suhbatdagi ishtiroki faqat nomigagina bo‘ladi, xolos. Suhbatni cheklangan sondagi bolalar (6-8 nafar bola) bilan o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Agarda guruhda 25-30 ta bola bo‘lsa, bu holda mashg‘ulotni bolalarni uchta-to‘rtta kichik guruhga bo‘lgan holda o‘tkazish zarur. Belgilangan vaqtdan oshib ketmaslik uchun har bir kichik guruh bilan suhbat davomiyligini qisqartirish mumkin. Biroq har bir bolaning nafaqat tinglab o‘tirishini, balki so‘zlashishni mashq qilishiga ham erishishi lozim. Pedagog yordam uchun ota-onalarni jalb qilishi va ularga tayyorgarlik suhbatini qanday olib borish lozimligi haqida batafsil ko‘rsatmalar berish zarur. Ota-onalarning barchasi og‘zaki nutqni yaxshi bilishlari bois ushbu vazifani bajara oladilar. Dialogik ravon nutqni rivojlantirishga doir maxsus mashg‘ulotlar suhbat metodi (suhbat) va imitatsiya metodi asosida o‘tkaziladi. Mazkur metodlar ko‘pincha quyidagi usullar yordamida amalga oshiriladi: Tayyorgarlik suhbati (so‘zlashish) usullari; Teatrlashtirish usullari (imitatsiya, qayta aytib berish). Tayyorlangan suhbatning quyidagi vazifalari mavjud: To‘g‘ridan-to‘g‘ri – bolalarni suhbatlashishga, ya‘ni suhbatdosh so‘zlarini bo‘lmasdan tinglash, luqma tashlash uchun qulay paytni kutgani holda o‘zini tutib turish, suhbatdoshi uchun tushunarli qilib so‘zlash; Yo‘ldosh – talaffuz va grammatik ko‘nikmalarni mashq qilish, ma‘lum so‘zlar ma‘nosini aniqlashtirish. Suhbat jarayonida tarbiyachi savollar, topishmoqlar, badiiy so‘z kabi turli usullardan foydalanadi. Bu usullarning barchasi suhbat paytida bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini yo‘naltirish, nutqiy muloqotni ta‘minlash, bolalar fikrlarini, ularning diqqat-e‘tiborlarini, xotiralarini, emotsiyalarini faollashtirishga yordam beradi. Ammo suhbat olib borishning yetakchi usuli savollar hisoblanadi. Bolalar bilan suhbatning muvaffaqiyati va pedagogik samaradorligi ko‘p jihatdan savollarning to‘g‘ri qo‘yilishiga bog‘liq bo‘ladi. Savollar berish Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni hamda uning javobining murakkabligi va qiyinligini asta-sekin kuchaytirib borishni bilish eng asosiy va zarur pedagogik odatlardan biridir. Savol qo‘yish – bolalar oldiga ularning kuchi yetadigan darajadagi nutqiy fikrlash vazifasini qo‘yish demakdir. Ayni paytda u xaddan tashqari osonlashtirib yuborilmasligi lozim, chunki bunday vazifani qo‘yishdan maqsad – bolalarni fikrlashga, eslashga undashdan iborat. Qanday fikrlash-nutqiy vazifalarini qo‘yishiga qarab, savollarni reproduktiv, qidiruv va muammoli savollarga ajratish mumkin. Suhbatda ob‘ektlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida xulosa bildirishni, to‘plangan bilimlardan, taqqoslashlardan foydalanishni hamda Nima uchun? Nega? Nima tufayli? Ular nimasi bilan o‘xshash? Nima uchun? Qanday qilib? kabi savollarga javob berishni talab qiluvchi qidiruv va muammo tusidagi savollar yetakchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Suhbatning har bir bosqichida savollarni taxminan quyidagi ketma-ketlikda joylashtirish zarur: dastlab bolalar tajribasini jonlantirish uchun reproduktiv, keyin yangi materialni hazm qilish uchun oz sonli, biroq murakkab bo‘lgan qidiruv savollari va oxirida 1-2 umumlashtiruvchi savollar. Savollar aniq va maqsadli bo‘lishi lozim. Noaniq bo‘lgan savollar bolalarga javob berishni qiyinlashtiradi – ular javob bera olmaydilar yoki noto‘g‘ri javob beradilar. Savol aniq, shoshmasdan, mantiqiy urg‘ular, mazmuniy pauzalarga rioya qilgan holda berilishi zarur. Bolaga javob qaytarishga vaqt berish uchun tarbiyachi pauza saqlab turadi. Agarda savol tez berilsa, bola uning mazmunini tushunishga ulgurmaydi va tarbiyachi savolini bir necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi, bu esa bolaga javobni o‘ylashda xalaqit beradi, uni tarbiyachiga quloq tutmaslikka o‘rgatib qo‘yadi. Bolaga savolni birinchi martada qabul qilishni o‘rgatish zarur. Tarbiyachi suhbat jarayonida quyidagilarni amalga oshirish mumkin: Bolalar tomonidan o‘zlashtirilmagan, qo‘shma gaplar yoki bir turdagi a‘zolardan iborat bo‘lgan gaplarning ayrim sintaktik tuzilmalarini aytib turish; Gapning bolalar o‘zlashtirmagan mazmunli bo‘laklarining intonatsiyasini aytib berish (masalan, ogoxlantirish, xayratlanish, tashvishga tushish, xursand bo‘lish intonatsiyasi va x.k); Bir o‘zakli so‘zlarni hosil qilishni aytib turish: suyuq-suyuqlik, sabzavot-sabzavotli va boshq. Turlanmagan fe‘l shakllarini hosil qilishda yordam berish: sepish-sepilgan, qo‘yish- qo‘yilgan. Suhbat jarayonida bolalarni savol berishga undash, ularning qiziquvchanligini rivojlantirish zarur. Bolaning savol bera olishga qodirligi uning fikrlash faoliyatidan dalolat beradi. Badiiy asarlar – ertaklar, hikoyalar, she‘rlarni teatrlashtirish usuli – bu bolalarning ularga tarbiyachi o‘qib bergan asarlarni o‘sha shaxslar nomidan qayta aytib berish usullaridir. Boshqa shaxslar nomidan qayta hikoya qilib berish uchun dialogik nutqni o‘z ichiga olgan asarlardan foydalangan ma‘qul. Ularni qayta hikoya qilib berish bolalarning og‘zaki nutqini, xususan, murojaat, sanash, xayratlanish, xayron bo‘lish intonatsiyalarini takomil- lashtirish imkonini beradi; nutq emotsional jihatdan yanada boyiydi – u personajlarning axvolidan kelib chiqqan holda gox xursand, gox qayg‘uli va gox iltijonamo jaranglaydi. Bolalarga og‘zaki dialogik nutqni o‘rgatish jarayonida teatrlashtirilgan tomosha, qo‘g‘irchoq teatri kabi usullardan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bolalar ham ijrochi, ham tomoshabin sifatida ishtirok etishlari mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling