Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar va iboralar
Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 8-mavzu:Hikoya qilib berishga o`rgatish. Qayta hikoya qilishni o‟rgatish metodikasi Reja: 1. Hikoya haqida umumiy ma‘lumot 2. Hikoya aytish metodikasi 3. Hikoya qilib berishga o`rgatishda tarbiyachining kommunikativ mahorati 4. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish. 5. Qayta hikoya qilish usullari. 6. Qayta hikoya qilishni o‘rgatish mashg‘ulotlarini tashkil etish. Tayanch tushunchalar va iboralar: hikoyalash,nutqiy shakllar, bayon, tavsif, mulohaza, monologik nutq, diologik nutq, ta‘lim va tarbiya, xalq pedagogikasi, mashg‘ulot jarayoni. Hikoya – biron-bir fakt, voqeaning mustaqil tuzilgan keng qamrovli bayonidir. Hikoya tuzish – hikoya qilib berishga nisbatan ancha murakkab faoliyatdir, chunki bolalarning o‘zi ushbu mavzu bo‘yicha hikoya mazmuni, uning nutqiy shaklini tanlashlari, uni ketma-ket (tarbiyachi yoki o‘z rejasi asosida) bayon qilishlari zarur. Hikoyalar shakliga ko‘ra tavsifiy va syujetli bo‘lishi mumkin. Tavsiflash – narsa yoki hodisaning o‘ziga xos belgilarini bayon qilishdir. Tavsiflash qisqa bo‘lishi va muayyan tuzilma asosida tuzilishi lozim: dastlab narsaning nomi aytiladi, so‘ngra uning o‘ziga xos belgilari, uning qismlarining nimaga mo‘ljallanganligi va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik hamda narsaning vazifasi bayon qilinadi. Tavsifiy hikoyalar qiyosiy (qarama- qarshi belgili hamda hajmi, rangi, materiali, qismlari, shakliga qarab bosqichma-bosqich taqqoslanadigan ikki narsani tavsiflash) va izoxlovchi (mulohaza yuritish, isbotlash bilan birgalikda hikoya qilish va aytilayotgan harakatlarni bajarib ko‘rsatish) bo‘lishi mumkin. Syujetli (bayoniy) hikoya – voqealarni biron-bir qahramon bilan birgalikda vaqt bo‘yicha ketma-ketlikda aytishdir. Bolalarga uni odatdagi tuzilma asosida tuzishni o‘rgatish zarur – dastlab qahramonning nomi aytiladi, ba‘zan uning tashqi ko‘rinishi tavsiflanadi, birinchi voqea bayon qilinadi, u qachon va qayerda yuz berganligi tushuntiriladi, so‘ngra ikki-uch lavxa keltiriladi va hikoya yakunlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun hikoyalarning uchta turini ko‘rsatish mumkin: – qabul qilinishiga qarab aytiladigan hikoyalar (bolaning hikoya paytida nimani ko‘rayotganligi haqida hikoya); – xotira asosida hikoya qilish (bola hikoya aytish paytida nimalarni qabul qilganligi haqida hikoya); – tasavvur asosida hikoya qilish (o‘ylab topilgan hikoya). Qabul qilish va xotira asosidagi hikoyalar faktli materiallarga asoslangan bo‘lib, bolalar faktlarni bayon qiladilar. Tasavvurga asoslangan hikoyalar ijod maxsuli bo‘lib, unda hikoyachi bola mavzuga qarab o‘z tajribasining shaklini o‘zgartiradi hamda yangi vaziyat va obrazlar yaratadi. Bitta mashg‘ulotda bitta fikrdagi hikoyalar turlarining aralashib ketishiga yo‘l qo‘yish mumkin: bola o‘yinchoqni tavsiflab (qabul qilish asosida hikoya) bo‘lganidan so‘ng uni qayerdan sotib olganligi yoki uni qanday qilib tuzatganini (xotira asosidagi hikoya) aytib berishi mumkin. YUqorida sanab o‘tilgan barcha hikoyalar turlari ta‘lim maqsadlaridan kelib chiqqan holda tavsiflash, bayon qilish yoki shunchaki mulohaza yuritish sifatida bajarilishi mumkin. Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim: bolalar hikoya predmetini butun hayotiy to‘liqlikda, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi, xidi, ta‘mi, ovozi, harakat tusi va boshq.) o‘ziga tasavvur qilishi zarur; narsaning barcha belgilarini, harakatlarini va ularning munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so‘zlar, grammatik shakllar bo‘lishi lozim. Hikoya qilishni mashq qilishdan oldin leksik, grammatik (zarur xollarda – fonetik) mashqlar bajarilishi, shuningdek, suhbatlashishni mashq qilish zarur. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling