Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Oxirida hikoya tarbiyachi tomonidan takrorlanadi, so'ngra 2, 3 bola takrorlaydi. Bu 
usulning mohiyati shundaki, mashg'ulotda barcha bolalar faollik ko'rsatishadi, ularning 
xayollari asta-sekinlik bilan shakllanadi. Biroq bu usulning bir qator kamchiliklari mavjud: 
bolalarning nutq faoliyati jumlalarni tuzish.So'zlarni tanlash bilangina chegaralanadi, ular 
monolog nutqni rivojlantirish ustida kain mashq qiladilar. Shuning uchun bu usuldan 
foydalanish chegaralangan. 
Hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usuli. 
Ayrim mashg'ulotlarda hikoyani qismlar bo'yicha tuzdirish usulidan foydalanish mumkin, 
bu usul hikoya tuzishni yengillashtiradi, chunki topshiriq hajmi kamayadi. Shuningdek, 
mashg'ulot ancha qiziqarli va xilma-xil bo'lib, hikoyalar to'liq va chuqur mazmunga ega 
bo'ladi, ko'p bolalardan so'rash imko- niyati vujudga keladi. 
Mazmuni alohida qismlarga yengil ajraladigan rasmlarni qism bo'yicha tasvirlash mumkin. 
Masalan, bolalar ushbu rasmlarni qism bo'yicha tasvirlashlari mumkin: „Tovuqlar", „Mushuk 
bolalari bilan", „Echki bolalari bilan", „Sigir buzog'i bilan", „Qishki o'yinlar" va hokazolar. 
Tarbiyachi tasviriy hikoya uchun mavzu taklif etishdan awal rasmni kichik-kichik 
qismlarga ajratib chiqadi. Masalan, „Quyonlar" degan mavzuda tasviriy hikoya tuzishda 
tarbiyachi bolalarni shunday ogohlantiradi: „Quyonlar haqida hikoya qilamiz, ammo 
hammasini bir yo'la emas, balki quyonlar haqida hamma narsani xotirlash (esga tushirish) 
uchun tartib bilan gapiramiz". So'ngra har bir qism uchun reja taklif etish mumkin. Masalan: 
„Hozir, bolalar quyonni tanasi nima bilan qoplan- ganligini, uning tumshug‗i qanday 
ekanligini, u qanday harakat qilishini (yurishini) eslaymiz". 
Bu reja asosida 2 — 3 bola hikoya qilib bergach, navbatdagi qismga o'tiladi: „Bizning 
quyonlarimiz qayerda yashashini, katagida nimalar borligini, ular nima uchun kerakligini 
gapirib bering". So'ngra quyonning oziqlari, kim ularga g'amxo'rlik qilishi va hokazolar haqida 
hikoya qilib berish mumkin. Mashg'ulot oxirida nutqi yaxshi, hikoya qilish malakasi 
rivojlangan bir bola rasmda tasvirlangan narsalar haqida batafsil gapirib berishi mumkin. 
Savollar berish usuli. 

Baholash usuli. 
Bu usuldan foydalanishning asosiy maqsadi shundaki, baho faqat hikoyasi baholanayotgan 
bolagagina ta‘sir etib qolmasdan. balki hikoya tuzishi lozim bo'lgan boshqa bolalarga ham 
ta'sir qilsin. Shuning uchun bu usuldan mashg'ulot davomida foydalaniladi. Mashg'ulot oxirida 
berilgan baho. o'z mohiyati bilan foydasizdir, bundan tashqari, barcha tinglangan hikoya- 
larning sifati qanday bo'lganligini bola esda saqlashda qiynaladi, mashg'ulotning oxirida ular 
toqatsizianadilar va buning natijasida tarbiyachining ko'rsatmalarini idrok eta olmaydilar. Har 
bir hikoyani batafsil baholash shart emas, biroq ayrim hikoyalardagi biror ahamiyatli tomonni, 
izchillikni, yangilikni yoki kamchi- liklarni (lug'ati, ovoz kuchi, qomatini noto'g'ri tutish va 
hokazo) aytib o'tish kerak. 
Masalan, ikkita o'yinchoqni stol bo'ylab yurgizib, harakat- larini aniq aytib, hikoya qilib 
berish topshirig'i berilgan. 
Tarbiyachi hikoya qilib bergan bolaning hikoyasini shunday baholaydi: „Yasha, Salim. 
Sen birinchi bo'lib hikoya qilib bersang- da, o'rdakchalar qanday harakat qilishlarini aytishni 
csingdan chiqarmading, Sening hikoyangni qiziqib tingladik". 
Ba'zan o'rtoqlarining hikoyasini muhokama qilishga bolalarning o'zini ham jalb qilish 
mumkin. Bu usul katta guruhlarda qo'JIaniladi. Chunki 6 yoshli bolalar hikoyaning sifatini 
(to'liq- ligini, qiziqarliligini, ifodaliligini va boshqalarni) ayta oladilar. 
Shunday qilib, tarbiyachi bolalarni hikoya qilib berishga o'rgatishda foydalaniladigan 
hamma usullarni juda yaxshi bilishi va bu usullardan sharoitga qarab, mashg'ulot uchun 
yetakchi usulni tanlashi kerak. 
Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish 
Qayta hikoya qilish — hikoya qilishning birinchi turi hisoblanadi. Qayta hikoya qilish 
tinglangan badiiy asarlarni ma‘noli og'zaki nutqda takroriy aytishdir. Qayta hikoya qilish 
bolalar badiiy nutqining rivojlanishiga, emotsional va obrazli so'zlarni tanlashga o'rgatadi, jonli 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling