Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet98/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
mazmunini tushunib olishga yordam berishdir. Bunga asarni dastlabki o'qishdan so'ng 
o'tkaziladigan suhbat orqali erishish mumkin. Bunday suhbatda tarbiyachining savollari asosiy 
metodik usul bo'lib hisoblanadi. 
Badiiy asarlar yuzasidan ikki guruhdagi savollar berilishi mumkin: 
1) 
asar mazmunini tushunib olishga yordam beruvchi; 
2) 
voqeaning ketma-ketligini esga tushirishga yordam beruvchi. 
Shuningdek, asar o'qib berilgandan keyingi suhbat bola 
nutqidagi lug'at boyligini aniqlash va faollashtirish, qahramon- larning ovozlarini ifodali bayon 
etishga ta‘sir etish kabilarni amalga oshirishga yordam beradi. 
Adabiy matn o‗qib berilgandan so‗ng, bolalar asar mazmunini tushunib olganlarini 
aniqlash maqsadida matn yuzasidan qisqa suhbat o'tkaziladi. 
Tarbiyachi bolalarga shunday savollar beradi: „Ertak nima haqida ekan? Bu ertakdagi 
quyon qanday? (qo'rqoq, yolg'onchi, tarbiya ko'rmagan.) Quyon sheriklariga nima deb 
maqtanibdi va u bilan qanday voqea ro'y beribdi? Agar siz maqtanchoq quyonchani uchratib 
qolsangiz, unga nima degan bo'lar edingiz? (Uyalmaysanmi, maqtanchoqlik qilishga. 
Yolg'onchi, qo'rqoqsan- ku. Bundaylarni biz o'zimizga sherik, o'rtoq qilib olmaymiz, u bilan 
birga o‗ynamaymiz.) Asar matni yuzasidan suhbat o'tkazilgach, u ikkinchi marta o'qib yoki 
hikoya qilib beriladi va bolalar tomonidan qayta hikoya qildiriladi. Tarbiyachi bolalarga 
shunday deydi: „Endi diqqat bilan tinglanglar. Hozir men bu ertakni yana bir marta o'qib 
(hikoya qilib) beraman. So'ngra sizlar menga qayta hikoya qilib berasizlar". O'rta guruhda 
tarbiyachi va bolaning birgalikda (hamkorlikda) qayta hikoya qilishlaridan keng foydalaniladi. 
Bola qayta hikoya qilayotganda tarbiyachi jumlalarni uning esiga tushirib turadi, esidan 
chiqargan so'zlarni aytib turadi. Bu qayta hikoya qilislining ravonligini ta'minlaydi, jumlalar 
uzilib qolishining oldini oladi. Sekin-astalik bilan bolaning qayta hikoya qilishiga talab orta 
boradi. Endi tarbiyachi boladan hikoyaning to'liq bo'lishini („Sen nima haqida hikoya qilib 
berishni esingdan chiqarding?―), asarni qayta hikoya qilib berayotganda bola diqqatini 
asardagi personajlarning so'zlarini ifodali qilib aytib berishga jalb qilish kerak. Masalan: 
„Tulki xo'rozdan derazadan qarashini qanday so'raydi?― — „Samimiy, ayyorona"; „Maqtan-
choq quyon o'rtoqlariga nima deb maqtandi?" — „Vs-e. Ycm bo'lib bo'pnian. Boshiga chiqib 
bir tepdim, til tortmay o'lib qoldi― — (Maqtanib, gerdayib.) Ushbu guruhda savollar bo'yicha 
qayta hikoya qilishdan ham foydalanish mumkin. Ba‘zi hollarda bolalar asar mazmunini o'z 
so'zlari bilan bayon etadilar. Bunday holda bola tomonidan tanlangan so'zlarni muallifning 
fikrini aniq va to'g'ri ifodalashini nazorat qilib borishi kerak. 
Bolalarning qayta hikoya qitishlarini baholash muhim uslubiy (nietodik) usullardan 
hisoblanadi. O'rta guruhda bolalarning hikoyasini tarbiyachi baholaydi. Bolalarning qayta 
hikoya qilishini baholashda uning yaxshi tomonlarini va kamchiliklarini, harakatchanligini 
aytib. qisqa tahlil qilish lozim. Bu bilan quyidagi dastur vazifasini bajarish zarur: bolalarda 
qayta hikoya qilishda matnga to'g'ri kelmaydigan joylami seza olish qobiliyatini tarbiyalash. 
Tarbiyachi bolalarni qayta hikoya qilishga o'rgatish orqali ularning nutq faolligini, 
mustaqilligini rivojlantirishga ta‘sir etadi. 
Katta guruhlarda adabiy asarlarni qayta hikoya qilishga o'rgatishda yangi vazifalarni hal etish 
nazarda tutiladi: tarbiyachining yordanichi savollarisiz ertak va hikoyalarning mazmunini bir-
biriga bog'lab, izchillik bilan, ifoda vositalaridan foydalanib, grammatik tomondan to'g'ri 
bayon eta olishga o'rgatish. Endi bu guruhda ancha murakkab, hajmi kattaroq bo'lgan asarlarni 
qayta hikoya qilish taklif etiladi. (Bu guruhlarda qayta hikoya qilish uchun tavsiya etilgan 
asarlar ro'yxati „Badiiy terma kitob―da ko'rsatilgan. Masalan:. „Bo'ri bilan tulki" (o'zbek xalq 
ertagi), „Chum- chuq" (o'zbek xalq ertagi), Gulxaniyning „Toshbaqa bilan chayon" masali, 
„Zumrad va Qimmat" (o'zbek xalq ertagi ) va hokazolar. 
 
Bolalarni hikoya qilishga xuddi suhbatga tayyorlagandek tayyorlash lozim: bolalar 
hikoya predmetini butun hayotiy to‘liqlikda, sezgilari bilan birgalikda (hajmi, shakli, rangi, 
xidi, ta‘mi, ovozi, harakat tusi va boshq.) o‘ziga tasavvur qilishi zarur; narsaning barcha 
belgilarini, harakatlarini va ularning munosabatlarini aytish uchun bolalarda zahirada so‘zlar, 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling