Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet101/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Xulosalar: 

Monologik nutqni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rish va unga o‘rgatish bola hayotining 
ikkinchi yilida – kichik folklor namunalarini o‘rganish jarayonida olib borilishi lozim. 

Bolalarga monologik nutqni muntazam ravishda o‘rgatishni besh yoshdan boshlash 
zarur. 

Bolalarga monologik nutqni to‘g‘ri o‘rgatish uchun pedagog bolalarning yosh 
imkoniyatlarini bilishi lozim. 

Qayta hikoya qilish va hikoya to‘qish – bu bolalarga monologik nutqni o‘rgatishning 
asosiy metodlari hisoblanadi. 

So‘zli obrazlarga tayanish barcha yosh guruhlarida monologni o‘rgatishning asosiy 
usullari hisoblanadi. Real narsalar va suratlarga tayanish esa – qo‘shimcha usullardir. 

Monologik nutq bo‘yicha ishlar har bir yosh guruhida matnning murakkabligi va uning 
hajmi bilan farqlanadi. 

Bolalarning og‘zaki monologik nutqning har xil turlarini: qayta hikoya qilish, hikoya 
qilish, hikoya to‘qishni o‘zlashtirib olishlari hikoya qilishni o‘rgatish vazifasi hisoblanadi. 

Maktabgacha bosqichdagi katta yosh – bolaning nutqqa nisbatan oddiy bilish 
qiziquvchanligi paydo bo‘lishi, til borlig‘ining oddiy anglash davridir. 

Turli toifadagi so‘zli o‘yinlar, mashqlar, muammoli nutqiy vazifalarning muntazam 
ravishda qo‘yib borilishi – to‘laqonli nutqiy rivojlantirishning muhim shartlari hisoblanadi. 

Nutqiy mashg‘ulotlar – bolalarning ravon nutqini rivojlantirishga doir muntazam 
ishlarning asosiy shaklidir. 
NAZORAT SAVOLLARI: 

Bolalarga monologik nutqni o‘rgatishga qaysi yoshdan boshlab tayyorgarlik ko‘rish 
lozim? 

Monologning bola uchun qiyinligi sababi nimada? 

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning nutqiy imkoniyatlari xususiyatlari nimalardan 
iborat? 

Maktabgacha bosqichdagi katta yoshli bola nutqi vazifalarining turli-tumanligini aniq 
misollar orqali tavsiflang. 

Maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari 
nimalarda ko‘rinadi? 

Monologik matnni qayta hikoya qilishda yordam beradigan savollar toifalarini
tavsiflang. 

Qabul qilish, xotira va tasavvur asosida qayta hikoya qilishni aniq misollar orqali 
tushuntirib bering. 

Real ob‘ektlarga tayanish usullarini tavsiflab bering. 

Bolalar to‘qimalarini tasniflang va ularni tavsiflang. 

Nutqni mazmun jihatidan rivojlantirishning asosiy shartlarini tavsiflab bering. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling