Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
 
16-mavzu:Bolalarni ifodali she‟r yodlashga o`rgatish. Turli yosh guruhlarida 
she‟r yodlatish metodikasi.
 Rasmlarga qarab hikoyalar tuzish
 
Reja: 
 
1. Bolalarni ifodali she‘r yodlatishga o‗rgatish  
2. Bolalarni ifodali she‘r yodlatishga o‗rgatishda tarbiyachi oldidagi vazifalar. 
3. Turli tosh guruhlarida bolalarni ifodali she‘r yodlatishga o‗rgatish
4. Rasmlarga qarab hikoya tuzish ishining mazmuni va uning vazifalari.
5. Tanish rasmlar orqali hikoya tuzishga o`rgatish.Turli yosh bosqichlarida rasmlarga 
qarab hikoya tuzishni o‘rgatish. 
Tayanch tushunchalar va iboralar:ifodali o‘qish, badiiy did, she‘r yodlatish, poeziya, «Ilk 
qadam» tayanch dasturi, poeziya. 
Bolalar bog'chasida bolalarga she'r yodlatishning asosiy maqsadi va ahamiyati ularda
she‘riyatga bo‘lgan muhabbatni, badiiy didni tarbiyalash, poeziyaning eng yaxshi
namunalarini idrok etishni shakllantirishdir. 
Shuningdek, bolalarga estetik tarbiya berishda ham she‘r yod oldirishning ahamiyati
benihoya kattadir. «Ilk qadam» tayanch dasturida yod oldirilishi lozim bo‘lgan she‘rlarning 
ro‗yxati berilgan. Bu sh e‘rlar bolalar hayotidan olingan boklib. ular quvnoq o'yintar, o 
kyinchoq)ar, uy hayvonlari, tabiat to‗g‗risidagi she‘rlardir. She‘r yod oldirishda tarbiyachi
oldida bir qancha vazifalar turadi: 
1. O‗qilgan she‘rni hamma bolalar esda saqlab qolishlariga erishish. 
2. Bolalarda she‘rga (poeziyaga) nisbatan qiziqish uyg‘otish va mustahkamlash. 
3. She'r mazmunini va undagi ayrim qiyin so'zlarning ma'nosini tushunib olishlariga yordam
berish. 
4. Tinglovchilar oldida she‘rni ifodali aytib berishga o'rgatish. 
Bu vazifalarning barchasi bir vaqtda amalga oshiriladi. Yodlatish uchun she‘r 
tanlashda „Dastur― vazifalariga, bolalarning yosh va psixologik xususiyatlariga, esda saqlash 
qobiliyatlariga e 'tibor berish kerak. Yodlatish uchun she'r tanlashda shuni hisobga olish 
kerakki, she‘r hajm jihatidan uncha katta bo‘lmasligi, kichik guruhlarda 1banddan
oshmasligi, o‗rta guruhda 2 band, katta guruhlarda 3—4 banddan oshmasligi kerak. 
Bolalar bir oy ichida kuni bilan 1—2 ta she'rni (mashg'ulotda) yod oladilar.
Ba'zilarini (sanamalar, kikillamalar, ashulalarni) mashg‘ulotdan tashqari vaqtda (sayrda, 
o‗yin jarayonida) beixtiyor eslab qoladilar. Tarbiyachi bolalar bilan she'r yod oldirish
mashg‗ulotini tashkil etishdan avval guruhdagi bolalaming qaysisi tez, qaysi birlari sekin, 
qaysilari puxta, qaysilari bo‘sh yod olishlarini aniqlab olishi kerak. 
Kichik guruhda she‘r yod oldirishda ko‗rsatmalilik, o‗yin harakatlari orqali
ko‗rsatish, ovozga taqlid qilish usullaridan keng foydalaniladi. Masalan, ―Ayiqcham‖
she‘rini yodlatish. 
Dastur mazmuni. Bolalarni she‘r mazmuni bilan tanishtirish, uning ma'nosini tushunishga 
va yod olishga yordam berish. Bolalarni o‗z o‗rtoqlari oldida she'r aytishga o‗rgatish. 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling