Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni
Download 5.04 Kb. Pdf ko'rish
|
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH
Mashg„ulot uchun material. Katta ayiqcha o'yinchog'i.
M ashg„ulotning borishi. Bolalar yarim doira hosil qilib o‗tiradilar. Tarbiyachi: Bolalar, qaranglar, bizga kim mehmon bo‘lib kelibdi? Bu nima? Bolalarning javoblari tinglanadi. Tarbiyachi: Biz sizlar bilan bu ayiqchani ko‗rganmiz. Ayiqchaning bosh qismida ikkita qulog'i, dum -dumaloq, munchoqdek ko‗zlari, tumshug‗i va tana qismida to‘rtta oyog‗i borligini bilamiz. Ayiqcha o ‗rmonda, hayvonot bog‗ida yashaydi, u asalni juda yaxshi ko‗radi. Qaranglar, u qanday chiroyli, biz bu ayiqchani juda yaxshi ko'ramiz, u bilan Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni o‗ynaymiz. O‗yinchoq ayiqcha haqida chiroyli she‘r yozilgan (she‘rni yoddan aytib beradi): Ayiqchamning oyog‘i tushdi uzilib, Qarab turar ayiqcham ko‗zi suzilib . Ayiqchamni men juda yaxshi ko‗raman, Uzilgan oyog'ini o‗zim tikib qo‗yaman . Tarbiyachi bu she‘rni aytish bilan bir vaqtda matn mazmuniga taalluqli harakatlarni bajaradi, ayiqchaning uzilib tushgan oyog‗i, ko‘zini ko'rsatadi, bag‗riga bosadi, tikish harakatini bajaradi. So‗ngra bir bolani yoniga chaqirib, she‘rni yoddan aytib turadi, bola esa harakatlarni bajaradi. Shu tariqa 2—3 bolani yoniga chaqirib, she‘r matniga mos harakatlarni bajarishni taklif etadi. Keyin she'rni (harakatlarini ko‘rsatish bilan) takrorlash uchun tez eslab qoladigan bolalarni chaqiradi. Bolalar she'rni harakatlarini ko'rsatish bilan aytib beradilar, tarbiyachi csa bolalarga ayrim so‗z!arni, jumlalarni (agar esdan chiqarsa) aytib turadi. Mashg‗ulotning oxirida bolalar ayiqcha bilan o‗ynaydilar. Bu she'r ona tili mashg'ulotining boshqa turlaridan (didaktik o‗yin, rasm yuzasidan suhbat va h.k.) farqli ravishda mashg‗ulotning ikkinchi qismi sifatida rejalashtirilib, takrorlanadi. „Ajoyib xaltacha― didaktik o‗yini o‗ynalib, mashg‗ulot oxirida „Ayiqcha― she‘rini takrorlatish mumkin. Kichik guruhlarda yiliga 1—2 marta tanish she‘rlarni, ovutmachoqlarni, ashulalarni bolalar xotirasida mustahkamlash uchun mashg‗ulot o ‗tkazish mumkin. Masalan: „Ajoyib xaltacha― didaktik (ta'limiy) o‗yini o'ynaladi. Xaltachaga bolalarga ilgari yod olgan she‘r va ashulalaridan ma‘lum bo‘lgan o‗yinchoqlar: ayiqcha, toychoq, mushuk, xo‘roz, koptok, qo‗g‗irchoq va h.k.lar solinadi. Bolalar yarim doira hosil qilib o ‗tiradilar. Tarbiyachi o‗yinchoqlar solingan xaltachani bolalarga ko'rsatib: Bolalar, bu nima? Uni silkitib, ichida nimalar borligini ayta olasizmi? — deb so'raydi. So‗ng bolalar javobi tinglanadi. Download 5.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling