Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


-Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet120/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

2-Til ta fakkur quroli va muomala vositasi ekanligi. Til jamiyatda kishilarning 
bir-birlari bilan aloqa boglashlari uchun, bir-birlarining fikrlarini tushunishlari 
uchun muhim vositadir. Til jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun u ijtimoiy 
hodisa hisoblanadi. Til jamiyat paydo bolishi bilan paydo bo‘lgan, jamiyat 
taraqqiyoti bilan birga taraqqiy etgan, rivojlangan. Jamiyatda fikr almashuv 
doimiy va hayotiy zarurat hisoblanadi. Odamlar til vositasida o ‗zaro fikr 
almashadilar. Shuning uchun ham til aloqa vositasi bolishi bilan birga, 
jamiyatning rivojlanish manbayi hamdir. Odamlarning nutq orqali aloqalari har 
doim ma‘lum bir til vositasida amalga oshiriladi. Til yordamida fikr almashmay 
turib, odamlar o‗zaro mehnat faoliyatlarini tashkil eta olmaydilar. Tilsiz ijtimoiy 
ishlab chiqarish liamda jamiyat bolmaydi. 
Til jamiyat hayotida katta roi o‗ynasa-da, u ijtimoiy taraqqiyotning mahsulidir. 
Nutq bilan til o ‗zaro chambarchas bog'liq. Nutq odamlarning til vositasida aloqa 
boglashlaridir. Har bir kishining o‗z nutqi bor. Ammo ana shu nutqni bir necha 
tilda ifodalash mumkin. 
Til ijtimoiy hodisa bo‘lganligi uchun ham u kishiíarda mustaqil holda mavjud 
boladi. Til tarixiy taraqqiyot davomida odamlaming nutq orqali aloqa boglashi 
jarayonida viijudga kelgan va rivojlangan. Maktabgacha tarbiya yoshidagi 
bolaning nutqi tashqi olam bilan bog‗langan holda uchta vazifani bajaradi: 1) 
kommunikativ; 2) bilish, 3) tartibga solish. 
Nutqning kommunikativ vazifasi bolada juda erta paydo bo‗ladi. Bolaning ilk bor 
aytgan birinchi so‗zi kommunikativ vazifani bajaradi. Keyinchalik esa bu so‗z 
bolaning atrofdagi kishilar bilan muomala qilish ehtiyoji o‗sib borgani sari nutq 
sifatida takomillashib boradi. Ikki yoshdan boshlab bola o ‗z istak-xohishini 
atrofdagi kishilarga tushunarli tarzda ifodalay oladi, o‗ziga qarata aytilgan nutqni, 
so‗zlar ma‘nosini tushuna boshlaydi. 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Uch yoshdan keyin bola ichki nutqni egallaydi. Bu vaqtda nutq uning uchun 
muomala vositasi bo'libgina qolmay, balki boshqa vazifani — bilish vazifasini 
bajara boshlaydi; yangi so‗zlar va so‗z shakllarini o‗zlashtira borib, tevarak-atrof 
haqidagi, predmet va hodisalar, ular o ‗rtasidagi o ‗zaro bog'liqlik haqidagi 
tasavvurlarini kcngaytiradi. Bola nutqning kommunikativ va bilish vazifasi bilan 
birgalikda xulqini tartibga soluvchi nutqni ham egallay boshlaydi. 
Bola xulqini tartibga soluvchi birinchi so‗z—bu mumkin, mumkin emas hamda 
buyruq fe'li shaklidagi ye, bor kabi so'zlar bolib qoladi. 
— Mumkin emas! Qo‘ling kuyadi!—deb taqiqlash ohangi bilan aytilgan gap, 
qo‘lini issiq choyga olib borayotgan bolani bu harakatdan to‗xtatadi. Yoki kitobni 
yirtishga harakat qilayotgan kichkintoy qo‗lidan kitobni olayotgan onaning qat‘iy 
ravishda:—Mumkin emas! Kitob ketib qoladi. „Vali yomon bola ekan― deb 
aytadi,— dcgan so'zlari bolani tartibli, intizomli bolishga undaydi. 
Tartibli, intizomli bolish esa shaxsning asosiy sifatlaridan biri bo‘lib, undagi 
harakter xususiyatlarining rivojlanishi uchun manba bolib hisoblanadi. Shuni 
ta'kidlab o‗tish lozimki, bolaga qaratilgan nutq uning xulq-atvorini tartibga solib 
turuvchi, qilinadigan ishlarni rejalashtirishga undovchi vositadir. Biz nutq orqali, 
ya‘ni til vositasi bilan har xil mulohazalar yuritamiz. Tafakkur hamisha til 
vositasida ifodalanadi. Til va tafakkur o'zaro uzviy bog'liq bo‘lgan jarayondir. 
Shuning uchun hamfikrning realligi tilda namoyon boladi, deyilishi bejiz emas. 
Tafakkur jarayonida nutq — hukm, xulosa chiqarish va tushuncha shakllarida 
namoyon bo'ladi. 
4. Maktabgacha tarbiya muassasalarida bolalar nutqini rivojlantirish. Bolalar 
bog'chasida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta'lim va tarbiya beristida 
eng asosiy vazifalardan biri bolaJarga ona tilini o'rgatish, nutqini rivojlantirish, 
nutqiy munosabatga. muomalaga o‘rgatishdir. Nutq o‗stirish uslubiyoti pedagogik 
fan bo‗lib, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutqni shakllantirishga 
qaratilgan pedagogik qonuniyatlarni o'rganadi. Nutq o‗stirish uslubiyoti fanining 
asosiy vazifasi— nutq o‗stirish uslubi va uslubiyotlarini, ularning eng samarali 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
vositalarini ilmiy-pedagogik asoslarda ishlab chiqish va bolalar bog‗ch alari 
tarbiyachilarini ular bilan ta‘minlashdan iboratdir.
Tarbiyachilar esa o‗zlashtirilgan uslub va uslubiyot yordamida bolalarda zaruriy 
nutqiy malaka va ko‗nikmalami rivojlantirishga harakat qiladilar. 
Nutq 
o‘stirish 
uslubiyotining maqsadi bolalarning og‗zaki nutqini 
rivojlantirishdan, atrofdagilar bilan nutqiy muloqotda bo‘lish malakasini 
shakllantirishdan iborat. 
Nutq o'stirish uslubiyoti boshqa xususiy uslubiyotíar kabi quyidagi savollarga 
javob beradi: 
1) nimaga o'rgatish kerak (bolalarda qaysi nutqiy malakalarni tarbiyalash kerak); 
2) qanday o‘rgatish kerak (bolalar nutqini shakilantirishda qanday sharoit. qaysi 
usul va uslubiyotlardan foydalanish kerak);
3) nima uchun xuddi shunday o'rgatish kerak (nutqni rivojlantirish uchun taklif 
etilayotgan usullar nazariy va amaliy jihatdan qanday asoslangan). 

Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling