Nutq o`stirish nazariyasi va metodikasi fanining asosiy nazariy matni


Download 5.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet116/181
Sana02.06.2024
Hajmi5.04 Kb.
#1834690
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   181
Bog'liq
BOLALARNING NUTQINI O‟STIRISH

Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
Katta guruhda bolalarning faolligi o‗sadi, nutqi takomillashadi, turli rasmlar 
bo‘yicha mustaqil hikoya tuza oladilar. Rasmlardan foydalanilgan mashg'ulotlarda ularning
mazmuniga qarab har xil vazifalar qo'yiladi:
1) bolalarni rasmlarning mazmunini to‗g‘ri tushunishga o'rgatish ;
2) his-tuyg'ularni tarbiyalash (rasmlarning mazmuniga qarab aniq rejalashtiriladi:
tabiatga muhabbat, kasb-hunarga hurmat va hokazolar);
3) rasmlar bo‗yicha bog‘langan hikoya tuzishga o‗rgatish;
4) lug‗at to'plamini kengaytirish va faollashtirish (bolalar xotirada saqlashlari lozim 
bo‗lgan yangi so‗zlar yoki aniqlanishi va mustahkamlanishi lozim bo‗lgan so‗zlar oldindan
aniq rejalashtiriladi).
Katta guruhda bolalarni hikoya qilishga o‗rgatish jarayonida tarbiyachining 
rahbarligi o‗zgaradi. Endi u shaxsan ishtirokchilikdan kuzatuvchi roliga o‗tadi, zarur 
bo‘lgandagina aralashadi. Katta guruh bolalarining hikoyalariga katta talablar qo'yiladi: 
voqealarni uzviy bog‗langan holda, grammatik jihatdan to‗g‗ri jumlalar tuzib bayon qilish; til
vositalarining (harakatlarni, sifatlarni, holatlarni va boshqalarni aniq belgilash)
mustaqilligi, obrazliligi, bir maqsadga qaratilganligi, topshiriqni bola tomonidan ongli
tarzda anglash uni to‘g‗ri bajarishning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Bu jihatlarga
tarbiyachining rahbarlik qilishi juda katta ahamiyatga ega, u topshiriqni tushunishga va 
to‗g‗ri bajarishga yordam beradi. Tarbiyachining namuna-hikoyasi, ayniqsa, maktabga
tayyorlov guruhida ularning hikoya qila olish malakasini yanada yuqori darajada
rivojlanishi uchun asosiy vosita bo'lib xizmat qiladi.
Tarbiyachi boladan namuna-hikoyaning aynan o'zini takrorlashni talab qilib
qolmasdan, balki takomillashtirib, o‗zgartirib, unumlashtirgan holda, adabiy obrazlardan
foydalanib hikoya qilishni talab etadi. Namuna ko‗pincha rasmning bir qismi uchun
taalluqli bo‘lib, u boshqa qismlar yuzasidan mustaqil hikoya tuzish imkonini beradi.
Maktabga tayyorlov guruhida tarbiyachining namuna-hikoyasi, guruhda rasmdagi
mazmunni bog‘langan holda bayon ctishga qiynaladigan bolalar bolsagina taklif etiladi.
Bunday mashg‗ulotlarda hikoya rejasini berish, hikoya mazmunini va izchilligini aytib
turishdan foydalanish yaxshi natijalar beradi. 
Katta guruhda rasmga qarab hikoya tuzishning hamma turlaridan foydalaniladi: narsa-
buyumlarni tasvirlovchi va voqeaband rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; peyzajli va 
naturtmortli rasmlar bo'yicha tasviriy hikoya tuzish; rasmlar seriyalari — to‗plamlari
bo‗yicha, masalan, „Bizning yer maydonchamiz qishda va yozda― ) hikoya tuzish. 
Rasmlar to'plami bo‗yicha hikoya tuzish malakasini takomillashtirishda quyidagi usullar
yordam beradi: jamoa bo‘lib hikoya tuzish — avval boshlanishini tarbiyachi tuzadi, 
bolalar tugallashadi; bir bola boshlaydi, boshqasi davom ettiradi. Quyida misol tariqasida
bog‗lanishli nutqni rivojlantirish bo'yicha mashg'ulot ishlanmasini keltiramiz. Bu
mashg'ulotda nutqning turli vazifalari hal etiladi. 
I qism. Bog‘lanishli nutq. „Tipratikanlar― rasmi bo‗yicha hikoya qilish. Dastur
mazmuni. Bolalarning yovvoyi hayvonlar ( tipratikanlar) to‗g‗risidagi mavjud bilimlaridan
foydalanib, rasm bo'yicha hikoya qilishga o‗rgatish. 
II qism. Lug‗at ishi. Topishmoqlarni topish. Dastur mazmuni. Bolalarni
topishmoqlardagi obrazli ifodalarning mazmunini tushunishga o‗rgatish. 
III qism. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash. ,,r-l― tovushlarining to‗g‗ri
talaffuzini mustahkamlash. Dastur mazmuni.„r-l― tovushlarining to‗g‗ri talaffuzini 


Bolalarning nutqini o’stirish fanining asosiy nazariy matni 
aniqlash,mustahkamlash, fonetik idrokni o‗stirish. „ r - l― tovushlari bo‘lgan so‗zlarni aniq
va cho‘zib talaffuz etishga o‘rgatish. 
Mashg'ulotning borishi. Tarbiyachi bolalarga tipratikan haqidagi she‘rni aytib beradi. 
So‗ngra tarbiyachi so‗raydi: „Tipratikanning tanasi nimalar bilan qoplangan? ― (ignalar bilan 
.) „Tipratikan qanday ? ― (Tikanli.) Tipratikan haqidagi topishmoqni tinglashni taklif etadi: 
Tikuvchimas, bichuvchimas, Ninasi ancha ekan, yoviga sanchar ekan. So‗ng shu
topishmoq yuzasidan ham savollar beradi: „Nima uchun: ninasi ancha ekan, yoviga sanchar 
ekan ― deb aytilgan? (Chunki uning tanasi ignalar bilan qoplangan, bironta yovvoyi hayvon 
uni yemoqchi bo‘lsa, dumaloqlanib olib ignalarini tikkaytirib oladi, natijada uning ignalari
yovga (dushmaniga) sanchiladi. Biz ham uni tutib olmoqchi bo'lsak, ignalarini qo'limizga 
sanchib olishi mumkin. Unga tegib bo‘lmaydi, tikanli.) Yana bitta topishmoq aytadi: „ 
Ignalarini o‘z¡ bilan olib yuradi, Tikishni esa bilmaydi―. Tarbiyachi so‘raydi: Nima uchun
„Tikishni bilmavdi― deyilgan? Yana qanday ignalar bor, ular nima uchun kerak? (Tikuv
ignalari, tikish uchun.) Tipratikanning ignaiari bilan tikish uchun ishlatiladigan ignalar
nimasi bilan o ‗xshash? (ular o'tkir, uzun, ingichka.) Tarbiyachi „Tipratikanlar― rasmini
(„Yovvoyi hayvonlar― seriyali rasmlardan) ko‗rsatadi. Bolalarga uni diqqat bilan ko‘rib 
chiqishni taklif etadi va savollar beradi: „Bu rasmda nima tasvirlangan? Ona tipratikan
nima qilyapti? Tipratikan bolalarichi? Tipratikanlar nima yeydi? Unga ignalar nima uchun
kerak? U qanday? Tipratikanni nima bilan taqqoslash mumkin ?― Javoblarni tinglaydi va
bolalarga tipratikanlar haqida aytilganlarni esdan chiqarmaslikni aytadi. Shu rasm
yuzasidan bir bolaning hikoyasi: „Ona tipratikan va tipratikanchalar yashashar ekan.
Kunlardan bir kuni ular o‘tloqqa sayr qilgani borishibdi. Ona tipratikan shiliqqurtlarni
ko‗rib ularga tikilib qaray boshlabdi. Ikkita tipratikancha esa qo‘ng‗izga qarab o'ylashibdi,
bu kuni ekan, bitta
tipratikancha esa xuddi koptokka o‗xshab, dum-dumaloq bo‘lib olibdi. Qo‘ng‗iz yiqilib
tushgan edi, tipratikancha qo'rqib, tumshug‗ini ichkariga yashirdi―. 
Ikkinchi bir bolaning hikoyasi: „Bir bor ekan, bir yo‘q ekan. Ona tipratikan bilan 
tipratikanchalar yashar ekan. Kunlardan bir kun ular sayr qilgani bog‘ga borishibdi. Ona
tipratikan shiliqqurtni ko‗rib qoldi. Ikkita kichkina tikanli tipratikanchalar chuvalchangni
ko'rib qolib, unga qarab turishibdi va qanday taqsimlab olishga hayron― . 
Uchinchi bolaning hikoyasi: „Tipratikanchalar va ona tipratikan yashar ekan.
Kunlardan bir kun ular o'rmonga sayr qilgani borishibdi. Ikkita tipratikancha qo‘ng‘izni
ushlab olishdi va uni taqsimlay olishmadi. Ular qarasalar, shox-shabbalarning ostida bir ko‘k
rangdagi dum-dumaloq narsa. Bu ularning akalari bo‘lib, u qo‘rqqanidan xuddi koptokka
o‘xshab dum-dumaloq bo‗lib olgan edi. Ular akalariga qarayotganlarida, qo‘ng‘izlar qochib 
qolishdi―. Tarbiyachi bolalardan kimning hikoyasi nimasi bilan ko‗proq yoqqanligini, har
bir tinglagan hikoyalarida qanday yangi va qiziqarli narsalarni eshitganliklarini so‗rab
oladi. 
Katta guruh bolalari sekin-astalik bilan rasmda tasvirlangan tabiat manzaralarini
(peyzajni) tasvirlash bilan o‘z hikoyalarini to'ldirib boradilar. Masalan, „Qishki o‘yinlar―
rasmi yuzasidan bola shunday hikoya qilishi mumkin: „Bu rasmda qish tasvirlangan. Kun
iliq va quyoshli. Osmon ko‗m – ko‘k, beg'ubor...―. Rasm bo'yicha hikoya qilishga bunday
tasvirlashni kiritish bolalarni manzarali (peyzajli) va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya 
tuzishga tayyorlaydi. Bu hikoya turi maktabga tayyorlov guruhida tashkil etiladi. Bolalarni
manzarali va naturmort rasmlar bo'yicha hikoya qilishga o‗rgatishning qiziqarli va samarali 



Download 5.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling