Nutq texnikasi va madaniyati Reja: Nutq texnikasi va madaniyati
Download 86 Kb.
|
Nutq texnikasi
Nutqning boyligi. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan faq qiladigan unsurlaridan qay darajada foydalanilganlik bilan belgilanadi. Ayni bir til unsuri nutqda qanchalik kam takrorlangan bo'lsa, bu nutqning boylik darajasi shunchalik yuqori bo'ladi yoki, aksincha, muayyan til unsurining takrori ko'p bo'lgan nutq kambag'al nutq hisoblanadi va uning ta'siri ham shunga yarasha bo'ladi.
Boy nutq tuzish uchun ifodalarning bir xilligidan qochish, ayni bir tushuncha yoki fikrga farqli «liboslar» topish va kiydirish lozim. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til vositalarining boy va faol zahirasi mavjud bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, notiq etarli darajadagi so'zlar, ularning ma'nolari, so'z birikmasi va gap modellari, jumlaning intonasiya va melodika turlari zahiralariga sohib bo'lmog'i talab etiladi. Leksik, semantik, grammatik, intonasion jihatdan rang-baranglik nutqning boyligini yuzaga keltiradi. O'zbek tili har jihatdan, xususan, lug'at xazinasi nuqtai nazaridan benihoya boy va rivojlangan tildir. Shuning uchun ham bu qadim tilda adabiyot yaratilgan. Tilimizda muayyan bir tushunchani ifodalashning bir qancha xilma-xil imkoniyatlari mavjudki, ularni ishga solish, nutqning boyligini ishga solish, nutqning boyligini ta'minlashga xizmat qildirish uchun muntazam e'tibor va sa'y-harakt lozim bo'ladi. Shu e'tibor susaydimi, nutqning boyligi tushunchasining mohiyatiga putur etaveradi. Tilimizdagi sodda va qo'shma gaplar, murakkablashgan gaplar, ularning xilma-xil qoliplari, bu qoliplar asosida yaratilishi mumkin bo'lgan millionlab jumlalar boy nutq tuzish uchun imkoniyatdir. Uslublar nuqtai nazaridan olib qaraladigan bo'lsa, nutqning boyligini ta'minlash uchun eng qulay makon badiiy uslub ekanligi shubhasiz. So'zlashuv uslubiga oid nutqda leksik, semantik va intonasion rang-baranglik notiqning mahoratiga ko'ra muntazam yuzaga chiqishi mumkin. Ilmiy va rasmiy nutqda esa boylikka qaraganda mantiqiylik va qoliplashganlik ustuvorlik qiladi. Aytish mumkinki, badiiy nutq o'z tabiati, mohiyati va maqsadiga uyg'un holda boylikka moyilligi bilan ajralib turadi. Qashshoq nutq esa hech qachon estetik ta'sir quvvatiga sohib bo'la olmaydi, estetik quvvatsiz esa badiiy nutq o'zining bosh vazifasini bajarishi mushkul. Download 86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling