Nutq tovushlarining umumiy tavsifi


Download 301 Kb.
bet2/9
Sana08.11.2023
Hajmi301 Kb.
#1756311
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
"Hozirgi o`zbek tilida unlilar  tavsifi va uning ta`lim bosqichlari darsliklarida berilishi"

Tor unlilar. Tor unlilar sirasiga hozirgi yozma o’zbek adabiy tilida ikki unli fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi) lablashmagan i fonemasi bo’lib, ikkinchisi orqa qator (til orqa) lablashgan u fonemasidir.
I fonemasi. Bu fonema lablashmagan, tor unli tovush bo’lib, tilning gorizontal yo’nalishiga ko’ra farqlanadigan oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. (Lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi). Masalan, i unli tovushi yumshoq o’zaklar bilan kelganda, jumladan, siz, til, biz, tish, kishi, yirik singari ochiq va yopiq bo’g’inlarida yumshoq talaffuz qilinadi, ya’ni uning til oldi variant qo’llanadi. Qattiq o’zaklarda, jumladan, chuqur til orqa undosh tovushlar bilan kelganda, qizil, qiz, qirg’oq, g’irot, qimiz kabi so’zlarda i unlisining til orqa variant qo’llanadi va u qattiq talaffuz qilinadi. Bu fonema so’zning turli o’rinlarida kela oladi.
U fonemasi. Bu fonema lablashgan, tor unli tovush bo’lib, tilning gorizontal holatiga ko’ra oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. Lekin u rasmiy yozma adabiy tilde til orqa fonemasi deb qabul qilingan. Til oldi u tovushiga uch (sanoq son), kuch, buyuk, gul, kul so’zlaridagi u tovushi, til orqa qatoriga quch, uch (fe’l), tur (fe’l) so’zlaridagi u tovushi misol bo’ladi. (Lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi).
Masalan, u unli tovushining variantlaridan bo`lgan yumshoq u ko`pincha k, g undoshlari bilan (gul, kul so`zidagi kabi), qattiq u esa ko`pincha q, g` undoshlari bilan yondosh keladi (qum, qush so`zidagi kabi). U fonemasi ham I fonemasi kabi kuchsizlanishi mumkin. Bu, asosan, u fonemasi urg`usiz bo`g`inda ikki jarangsiz umdosh orasida kelgan holatda uchraydi. Masalan, tut, tutun so`zlaridagi kabi. Bu fonema so`zning boshi, o`rtasi va oxirida kela oladi.
O`rta keng unlilari. O`rta keng unlilar sirasiga hozirgi o`zbek adabiy tilida ikki unli fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi), lablashmagan e, ikkinchisi lablashgan o` fonemasidir.
E fonemasi. Bu fonema lablashmagan, oldingi qator (til oldi), o`rta keng unli tovush bo`lib, ayrim shevalarda uning kombinator variantlari uchrasa-da, adabiy tilde kombinator variantlari farqlanmaydi. Har qanday pozitsiyada bir xil talaffuz qilinadi. Masalan, ber, kel, beda, endi, erta, ekin kabi. Bu fonema so`zning birinchi bo`g`inida uchraydi. O`zlashtirilgan so`zlardagina keyingi bo`g`inlarda keladi. So`z oxirida deyarli uchramaydi. O`g`uz shevalarida a tovushiga o`tadi: eshik > ashik, dep > dap, kel > gal kabi. Qipchoq shevalarida va ayrim shahar shevalarida ba’zan i ga o`tadi: Ergash > Irgash, deydi > diydi, dedi > didi.
O` fonemasi. Bu fonema lablashgan, o`rta keng unli tovush bo`lib, tilning gorizontal holatiga ko`ra farqlanadigan oldingi qator va orqa qator variantlariga ega. Yozma adabiy tilde rasmiy ravishda til orqa fonemasi deb qabul qilingan. Ular ma’no ajratish funksiyasiga ega. Ba’zi til oldi undoshli yoki chuqur til orqa undoshli so`zlar tarkibida va boshqa holatlarda kelganda ham bu fonemaning kombinator va pozitsion variantlari saqlanib qoladi (lekin bu variantlar orfografiyada aks etmaydi). Masalan, o` unli tovushining variantlari bo`lgan yumshoq o` ko`pincha k, g undoshlari bilan ko`l, go`zal, o`rdak, o`rik, to`r, ko`z kabi, qattiq o` esa, asosan, q, g` va boshqa undoshlar bilan bo`l (fe’l), g`o`la, g`o`za, o`t (maysa), o`z (fe’l), qo`y, o`r (fe’l) kabi yondosh kelganda uchraydi.
Bu fonema, asosan, so`zning birinchi bo`g`inida uchraydi. Lekin o`zlashtirilgan so`zlarda oxirgi bo`g`inlarda ham qo`llanadi: ro`baro`, xushro`y, gulro` kabi.
Keng unlilar. Keng unlilarga hozirgi o`zbek adabiy tilida ikki unli fonema kiradi. Bulardan biri oldingi qator (til oldi) lablashmagan a, ikkinchisi orqa qator (til orqa) lablashmagan o fonemasidir.
A fonemasi. Bu fonema lablashmaga oldingi qator (til oldi) keng unli tovushdir. Bu tovush odatda yumshoq o`zakdagi k, g va boshqa undoshlar bilan qo`llanadi: aka, mana, alam, pakana, pilla, kalla, salla, gal, gala kabilar. Lekin uning q, g` undoshlari bilan birga keluvchi nisbatan orqa qator variant ham bor. Masalan, g`am, qari, g`alla, qaychi, ariq kabi. Lekin uning orqa qator variant faqat rus tili va u orqali boshqa tillardan qabul qilingan so`zlarda va chuqur til orqa undoshlari bilan yondosh kelganda uchraydi. Masalan, Anna, parta, xalq, mart, mashina kabi. Aslida bu misollardagi, xususan, rus tilidan kirgan so`zlarda qatnashgan a fonemasi pozitsiyasiga ko`ra qattiq yoki til orqa fonema bo`lib, ular o`zbek yozuvidagi til oldi a grafemasi orqali ifodalanadi. Bu fonema so`zning boshi, o`rtasi va oxirida keladi.
O fonemasi. Bu fonema lablashmagan orqa qator (til orqa) keng unli tovushdir. Adabiy til va shahar shevalarida lablashish holati bor. Samarqand, Buxoro shevalarida to`la lablashgan. Qipchoq shevalarida sof holda qo`llanadi. Masalan, ot, osh, non, bosh, ota, ona, bola, lola, ammo, dono, sanoat, maydon kabilar. Lekin u sof o`zbekcha so`zlarda so`z oxirida deyarli uchramaydi. Misollar: molboqar, qoramol, Barno, Ozoda, Ra’no, ro`mol. O`zlashtirilgan so`zlarda adabiy orfografiyamizdagi o harfi o` funksiyasini bajaradi va deyarli hamma holatda qo`llanadi: bolt, tok, kubok, nota, tom, kurort, futbol, voleybol, basketbol, traktor kabilar.
Shunday qilib, o`zbek adabiy tilidagi unlilarni uch xil klassifikatsiya nuqtai nazaridan qisqacha tarzda quyidagicha xarakterlash mumkin:
A fonemasi til oldi, keng, lablashmagan.
O fonemasi til orqa, keng, lablashmagan.
E fonemasi til oldi, o`rta keng, lablashmagan.
O` fonemasi til orqa, o`rta keng, lablashgan (ma’no ajratuvchi til oldi variant ham bor).
U fonemasi til orqa, tor, lablashgan (ma’no ajratuvchi til oldi variant ham bor).
I fonemasi til oldi, tor, lablashmagan (til orqa variant ham bor).
Ye, yo, yu, ya grafemalari. O`zbek yozuvida a, o, e, I, u, o` bilan ifodalanuvchi olti unli fonemadan tashqari yana yolashgan unli yoki grafemalar bor:
Ye grafemasi y va e tovushlari birikmasini ifodalaydi. So`zning faqat boshida uchraydi: yer, yemoq, yetakladi.
Yo grafemasi y va o tovushlari birikmasini ifodalaydi. So`zning boshida: yosh, yon, yomg`ir, o`rtasida: tayoq, oyoq, bo`yoq va oxirida: daryo, yahyo uchraydi. O`zlashtirilgan so`zlarda y + o, o tarzida talaffuz qilinadi: montyor, shaxtyor. Chunki aslida u y + o` ning talaffuziga teng keladi.
Yu grafemasi y va u tovushlari birikmasini ifodalaydi. So`zning boshida yulduz, yupiter, o`rtasida buyuk uchraydi. O`zlashtirilgan so`zlarda ba’zan so`z oxirida ham uchrab qoladi: manikyur, pedikyur kabi.
Ya grafemasi y va a tovushlari birimasini ifodalaydi. So`zning boshida yaxshi, yanvar, o`rtasida muyassar va oxirida soya, madhiya uchraydi. Lekin so`z o`rtasida kam uchraydi.

Kichik yoshdagi o'quvchilarning og'zaki va yozma nutqni egallashlarida fonetikadan olgan bilimlarining ahamiyati katta: a) fonetikbilimga asoslangan holda 1 sinf o'quvchilari savod o'rganish davrida o'qishni va yozishni bilib oladilar; b) fonetik bilim so'zni to'g'ri talaffuz qilish (tovushlarni to'g'ri talaffuz qilish, urg'uli bo'g'inni farqlash, orfoepik me’yorga rioya qilish) asosini tashkil etadi; d) fonetik bilim morfologik va so'z yasalishiga oid bilimlar bilan birga o'quvchilarda qator imloviy malakalar (jarangsiz va jarangli undoshlarning yozilishi) shakllantirish uchun zamin bo'ladi;


e) fonetik bilim gapni ohangiga ko'ra to'g'ri aytish, logik urg'u va gap qurilishidagi to'xtamlarga rioya qilish uchun zarur; d) so'zning tovush tomonini bilish uning m a’nosini tushunish va nutqda ongli qo'llash uchun muhimdir; hozir va hozir, atlas va atlas so'zlari manosidagi farq faqat urg'u orqali ajratiladi. So'zning tovush tomonini tasavvur qilish so'zlarni talaffuzda farqlash, ayrim so'zlarni to'g'ri talaffuz qilish va qo'llash uchun zarur. O'qituvchi boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan barcha fanlarga oid darslarda so'zni aniq va to'g'ri talaffuz qilish ustida doimiy ishlab boradi, shu maqsadda ko'pincha so'zni tovush tom ondan tahlil qilishdan foydalanadi. Maktab dasturiga muvofiq, boshlang'ich sinf o'quvchilari fonetik-grafik ko'nikmalar tizimini hosil qiladilar: tovushlar va harflar, unli va undosh tovushlar, jufti bor jarangli va jarangsiz undoshlar, jufti yo'q jarangli va jufti yo'q jarangsiz undoshlar; so'zni bo'g'inlarga bo'lish, urg'uli bo'g'inni talaffuzga ko'ra amaliy farqlash ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Bolalar maktabga kelgunga qadar ham nutqning tovush qurilishini amaliy o'zlashtiradilar, am- mo ular maxsus o'qigunlariga qadar so'zni bo'g'inlarga bo'lishni, so'zdagi tovushlarni izchil talaffuz qilishni bilmaydilar. 1 sinf o'quvchilarida so'zni to'g'ri talaffuz qilish, bo'g'inlarga bo'lish, undagi har bir tovushni tartibi bilan aniq aytish ko'nikmasini shakllantirish ustida maqsadga muvofiq ishlash, o'z navbatida, analiz, sintez, taqqoslash, guruhlash kabi aqliy mashqlarni bilib olishga, shuningdek, tovushlarning tabiati, so'z tarkibida bir-biriga ta ’siri kabi ayrim elementar bilimlarni o'zlashtirishga imkon beradi. I sinfda fonetika va grafikani o'rganishga katta o'rin beriladi, chunki o'quvchilar o'qish va yozish jarayonini shu sinfda egallaydilar. Bu bilimlar keyingi sinflarda mustahkamlanadi, takomillashtiriladi.
Tovush murakkab tushuncha bo'lgani uchun boshlang'ich sinflarda unga ta ’rif berilmaydi. Shunga qaramay, bolalarda tovush haqida to'g'ri ilmiy tasavvur amaliy mashqlar yordamida hosil qilinadi. Bunda yetakchi usul so'zdagi tovushlarning talaffuzi hamda so'zning leksik ma’nosi so'zdagi tovushlarning tarkibiga bog'liqligi ustida kuzatish hisoblanadi. Masalan, aka, uka, opa, ona, ola, kul, gul, qora, qara kabi bir unli yoki bir undosh bilan farqlanadigan so'zlar har xil lug'aviy ma’noni ifodalaydi.
So'zning tovush tarkibi ustida ishlash savod o'rgatish davridanoq boshlanadi. Bolalar bu davrda talaffuz qilingan yoki eshitilgan so'z tovushlardan tuzilishini bilib oladilar. Ular so'zni tovush tomonidan tahlil qilishga o'rganadilar, ya’ni so'zni bo'g'inlarga bo'ladilar, so'zdagi tovushlarni tartibi bilan aytadilar. Bunda tovush tomondan tahlilni harf tomondan tahlil bilan aralashtirmaslikka alohi-da ahamiyat beriladi. So'zning tovush tarkibini to‘g‘ri tasavvur etish undagi harflarni tushirib qol-dirmay yoki o ‘rnini almashtirmay yozish malakasini shakllantirish uchun ham , so‘zni to ‘g‘ri talaffuz qilish uchun ham katta ahamiyatga ega. Shuning uchun savod o'rgatishdan so'ng ham so'zni
tovush tomondan tahlil qilish mashqlari yordamida so'zdagi tovushlar tarkibini aniqlash ko'nikma-sini takomillashtirish ustida ishlab borish zarur.
O'qituvchi ona tili darslarida o'quvchilarni tovush va harflar bilan tanishtirishda, ularni sintezlab o'qishga o'rgatishda o'zbek tilining fonetik xususiyatlarini hisobga olishi zarur.
Vokalizm, tilning ko`tarilish darajasi, lablanish – lablanmaslik, aralash qator unlilar,qattiq va yumshoq unli, cho`ziq va qisqa unli, portlovchi va sirg’aluvchi undosh affrikat, titroq tovush, jaranglilik va jarangsizlik, shovqinlilar va sonorlar, bo`giz undoshi, korrelyativ belgi, binar ziddiyat.
Nutq a’zolari tomonidan hosil qilingan nutq tovushlari dastlab ikki katta guruhga bo`linadi:
Unli tovushlar;
Undosh tovushlar.

Download 301 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling