Majlis bayoni (protokoli).
1. Muassasa nomi. 2. Sana. 3. Majlis bayoni raqami. 4. Yig’ilish joyi. 5. Yig’ilish raisi, kotibi, qatnashuvchilar. 6. Matn (kun tartibi, eshitildi, savol-javoblar, so’zga chiqishlar, qarorqilindi). 7. Imzolar (rais va kotib).
Taklifnoma.
1. Nomi (taklifnoma). 2. Matn (tadbirning mazmuni, sanasi, vaqti va o’rni). 3. Imzo.
Tarjimayi hol.
1. Hujjatning nomi (tarjimayi hol). 2. Matn (muallifning ismi, otasining ismi, familiyasi, tug’ilgan yil, kun, oyi, joyi, ota-onasi to’g’risida ma'lumot, ish faoliyati, oilaviy ahvoli, turar joyi). 3. Sana. 4. Imzo.
E'Ion.
1. Nomi (e 'lon). 2. Vaqti, o’rni. 3. Matni. 4. Imzo (idora yoki ayrim guruh).
Ilmiy uslub
Masalan: Har qanday grammatik ta'rifyoki qoidada uchta tushuncha birlashgan bo 'ladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (,,Ona tili" darsligidan)
Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli (,,nukleis" ' — yadro) nuklein kislotalar deb atalgan. Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xlomplast va mitoxondriyda ham mavjudligi aniqlangan. (,,Biologiya" darsligidan) Jismni tashkil qilgan molekulalar xaotik harakatning kinetik energiyasi bilan ularning o 'zaro ta 'sir potensial energiyalarining yig 'indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi. (,,Fizika" darsligidan)
Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Ilmiy tilning asosi atama, ta'riflar, qoidalar, qonunlardir. Jumladan, atamalar faqat bir ma'noda qo’llanib, o’zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko’rsatadi, masalan, o’zak, negiz, yasovchi qo 'shimcha, turlovchi va tuslovchi qo 'shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so’z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |