Nutq uslublari So’zlashuv uslubiyati


Download 34.25 Kb.
bet3/4
Sana30.04.2023
Hajmi34.25 Kb.
#1407946
1   2   3   4
Bog'liq
Nutq

Rasmiy idoraviy uslub


  • Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog'ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabi ham shu uslubda bitiladi. Bunday uslubdagi hujjat qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli bo’lishi lozim. Bu uslubning asosiy belgisi: jumlaning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi.

  • Rasmiy-idoraviy uslubda ham so’z o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka malum bo’lgan ayrim qisqartma so’z ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamasidan foydalaniladi. Bu uslubda ko’pincha darak gapdan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabida esa buyruq gapdan ham foydalaniladi. Gap bo’lagining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi:

  • M.Ahmedovga o’z lavozimini suiiste'mol qilganliigi uchun hayfsan elon qilinsin.

  • Davlat idorasi tomonidan chiqariladigan qaror, qonun, nizom, xalqaro hujjat rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi.

Ommabop (publitsistik) uslub


  • Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’z ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmadan, maqol va hikmatli so’zdan keng foydalaniladi. Ommabop uslub — matbuot, radio, teleko’rsatuvga xos bo’lgan tildir. Bu uslub rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e'lonlar, reportaj, bosh maqolalardan iborat bo’ladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi, zarur o’rinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda ,,muxbirimiz-ningxabar berishicha, elchixona xodiminingso 'ziga ko 'ra, mux-birimiz voqea ro’y bergan joydan xabar beradi..." va hokazo iboralar qo’llanadi. Har bir xabarga ta'sirli, xabarning asosiy mohiyatini ifodalovchi sarlavhalar qo’yiladiki, bu hol o’quv-chining diqqatini jalb qiladi (,,Qonun barchaga barobarmi?", „ Kafolat — va 'da emas ", ,,Chetlatilgan mutaxassis ", ,,Tuya ko 'rdingmi, yo 'q ", ,,Chumchuq so 'ysa ham qassob so 'ysin ").

  • Tashviqot-targ'ibot ishini oiib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub deyiladi

Badiiy uslub


  • Badiiy asarlar o’ziga xos uslubda yoziladi. Badiiy uslub umumiy xususiyatlarga ega bo’lish bilan birga, uning har bir turi (nazm, nasr, hikoya, qissa, roman, no-vella, doston, felyeton, esse, fantastika, ertak, qo’shiq va b.) o’z yo’li, o’z vositalari, o’z uslubiga ega bo’ladi.

  • Badiiy asar badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma‘lumot berish bilan birga, timsol (obraz) vositasida estetik ta'sir ham ko’rsatadi:

  • O’lkamizda fasllar kelinchagi bo’lmish bahor o’z sepini yoymoqda.

  • Badiiy uslubda qahramon nutqini jonli berish oddiy nutq so’zi, sheva, vulgarizmdan ham foydalaniladi.

  • Badiiy asar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslubga xos o’rin ham uchraydi.

1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling