Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada tarbiyalash. Mavzu: Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi
Download 396.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi-конвертирован-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- Harakatli o’yinlar.
- Misol uchun
Didaktik o’yinlar. Bunda ko’ruv, nafas, ovoz, eshitish, tovushlar tallaffuzini rivojlantirishga
qaratilgan didaktik o’yinlar o’tiladi. 6-7 yoshli duduqlanuvchi bolalar uchun didaktik o’yinlardan «ovozidan bilib ol», «shaharlarga sayohat», «xat» o’yinlarini misol qilish mumkin. Stol ustida o’ynaladitan o’yinlar masalan: «loto, domino, mozayka, shashka, piramida» o’yinlari esa duduqlanuvchi bolalarning ko’ruv va eshituv idrokini, diqqatini, mayda motorikasini xotirasini rivojlantirishda xizmat qiladi. «Ovozidan bilib ol» o’yini 6-7 yoshlar uchun. Bir bola orqasini o’tirib turadi, Boshqalari navbat bilan qo’llaridagi pretmetlarni polga tushuradilar. Logoped yerga tushayottan narsalarni ko’rib turadi na shivirlab «bu tushgan narsa nima?» deb suraydi bola «Bu tushgan narsa qalam, bu esa lineyka » va hokozolarni aytadi. «SHahar bo’ylab sayohat». Logoped bolalar soniga qarab rasmlar tanlab oladi. Odamlar rasmi; ishchi, o’quvchi, sportsmen, ona va bola, savat ko’targan kampir. Transport; tramvay, avtobus, taksi va boshqalar. Bino va bezaklar; fontan haykal, xiyobon. Mashina markalari: Moskvich, Volga, CHayka, Jiguli. Gullar; lola, sirenь, atirgul, romashka. Rasmlar komplekta xonaning turli gomonlariga qo’yiladi. Bolalar shaharga topshiriq bilan boradilar va aniqlaydilar. SHaharda kimlar yashaydilar, qanday transportlarda yuradilar, shaharda qanday binolar va bezaklar, xushmanzara joylar bor, hiyobonda qanday gullar o’sadi. Topshiriqqa asosan topilgan rasmlarii olib, bolalar logoped yoniga qaytadilar va birgalikda ko’rganlarini gapirib beradilar. Harakatli o’yinlar. Duduqlanuvchi bolalar bilan sekin bajariladigan harakatli o’yinlar o’tkaziladi. CHunki bolalarda nafas va nutq tempi buzilmasligi kerak. SHuning uchun oddiy harakat bilan bajariladigan harakatli o’yinlar bajariladi. Ya’ni koptok, obruch, lenta, bayroqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar. Bunday o’yinlarning asosiy maqsadi bolalarning umumiy harakati va nutqini mustahkamlashga qaratilgan. Misol uchun «Koptok bilan bajariladigan harakatli o’yinlar». I) Bolalar davra ko’rib turadilar, ularning har birida koptok bir logoped kursatmasiga ko’ra ular koptokni bir qo’lidan ikkinchi qo’liga otib ilib oladilar, osmonga otadilar, yonidagilarga uzatadilar, yarim o’tirgan holda o’z atroflarida dumalatadilar, koptokni tushirib yubormay qo’ldan qo’lga eng ko’p o’tkazgan o’ninchi g’olib hisoblanadi. 2) Bolalar sanasi orqali "ovchini" saylaydilar, u stulga o’tiradi, qo’lida 2-3 ta koptok, signal xushtak chalingach "quyonlar" chiziqdan ichkariga kirib "ovchi" atrofida chopa boshlaydilar, shundan keyin ikkinchi signal chalingach "quyonlar" chiziqdan tashqariga yuguradilar, "ovchi" esa ularga koptok otadi koptok kimga tegsa u "ovchi" vazifasini bajaradigan bo’ladi. 3) "Kim ushlaydi?" Bolalar ikkitadan bo’lib bo’linadilar va navbatchidan yog’och qoshiqlar olib, unga sharchalar soladilar va tez qadam tashlab kabinetning ohiriga yurib boradilar. Maqsad sharchani tushirib yubormaslik. Murakkablashgan varianti: Qoshik, bilan yuruvchining ko’zini bog’lab qo’tsiladi. Bunday juftliklarga navbat berish sanash orqali bajariladi. Download 396.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling