Dramatizatsiyalashgan o’yinlar (sahnalashtirilgan). Dramali o’yinlar duduqlanuvchi bolalarda
tassavvur, shaxsning shakllanishi, bolaning o’yin davomida faolligini va nutqini rivojlantirishga
qaratiladi. Masalan «O’yinchoqlar uchun atelьe» o’yini.
O’yinga tayyorgalik: Logoped topshirig’iga ko’ra bolalar atelьega ekskursiyaga boradilar.
Mashg’ulotda esa rasmlarga qarab «atelьeda» degan savol- javobdan iborat suhbat o’tkaziladi. Agar
bolalar atelьeda bo’lishgan bo’lsa. Har bir bola ko’rganlarini gapirib beradilar.
Jihozlar: Qo’g’irchok, o’yinchoqlar, dazmol, qaychilar, iplar, santimetr, ignalar, gazlama
bo’laklari, ilib qo’yish uchun «O’yinchoqlar uchun atelьe»,
«Ochiq», «Yopiq» belgilari.
Rollar: Tikuvchi, buyurtmachi, atelьe mudirasi.
Uyinning borishi: Atelьe mudirasi atelьeni ochilganini habar beradi. Tikuvchi uchun stul-stollar,
tayyor obrazets uchun ko’ylaklarni ilib qo’yish buyuriladi va kerakli jihoz tayyorlab qo’yiladi va
buyurtmachilarini qabul kila boshlaydi.
O’yin qiziqarli o’tishi uchun xatoliklarga yo’l qo’yishi, boshqa kiyimni tikib qo’yishi yoki
o’lchamlari katta yoki kichik bo’lib qolishi holatlarini aks ettirish mumkin.
Taxminiy dialoglar:
Tikuvchi:
Siz nima tiktirishni xoxlaysiz?
Buyurtmachi:
Mana meni quyonchamga ko’ylakcha kerak (Tikuvchi oldiga
quyoncha o’yinchog’ini qo’yadi).
Tikuvchi:
Gazlamangiz bormi?
Buyurtmachi:
Oling marhamat (gazlamani uzatadi)
Tikuvchi:
Qani kuyoncha
to’g’ri
turib
olchi.
Meni
seni
o’lchamlaringni
olaman (santimetr bilan quyonchani o’lchab oladi).
Buyurtmachi:
Bizga yana kalpoqcha ham kerak.
Tikuvchi:
Bizning atelьemizda tayyor qalpoqchalar bor. Mana kiyib ko’ringlar. Balki
sizlarga to’g’ri kelar.
Do'stlaringiz bilan baham: |