Nutqida nuqsoni bo’lgan bolalarni oilada tarbiyalash. Mavzu: Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi
Duduqlanishni 4-fazasining xarakterli xususiyatlari
Download 396.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Duduqlanish – muomala (kommunikatsiya) vositasining buzilishi-конвертирован-конвертирован
- Bu sahifa navigatsiya:
- DUDUQLANISHNI DAVOLASH YO’LLARI
Duduqlanishni 4-fazasining xarakterli xususiyatlari:
Duduqlanishni kutish (antisipatsiya); Muayyan tovushlarni (so’zlarni) talaffuz qilishdagi qiyinchiliklar surunkali xarakterga ega bo’ladi; Logofobiya (nutqdan qo’rquv); Savollarga javob berishdan qochishga harakatlar. ASORATLARI Duduqlanish mavjudligi bolani so’zlashuv vaziyatlaridan qochishga majbur qiladi, natijada uning muloqot doirasi va natijada umumiy rivojlanish darajasi qisqaradi. Shubha, ehtiyotkorlik, o’zi va tengdoshlari o’rtasidagi farq mavjudligi hissi yuzaga keladi. Bola va ota-onasi (sinfdoshlar, tengdoshlar) o’rtasidagi tushunmovchilik tufayli, ajralganlik va kamsitilganlik hissi paydo bo’ladi. Ta’sirchanlik oshadi, qo’rquv paydo bo’ladi, bu ruhiyatning tushkunligiga va duduqlanishni yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin. Duduqlanish bola o’zini noqulay his qilishi, uyatchanligi va odamoviligi tufayli maktabda o’zlashtirishning yomonlashuviga olib kelishi mumkin. Muammoning rivojlanishi kasb tanlash hamda oila yaratishga xalaqit berishi mumkin. TASHXISLASH Uralova Luiza Shuxratovna Duduqlanib gapirishni tashxis qilinish uchun quyidagi alomatlar mavjud bo’lishi kerak: Nutq ritmining buzilishi (so’zlar, iboralar uzilishi, takrorlanishi, ma’lum tovushlarni cho’zish); Nutq boshida qiyinchiliklar va tutilishlar; Boshqa harakatlar yordamida duduqlanish bilan kurashishga urinishlar (masalan grimasa). Yuqoridagi buzilishlarning davomiyligi 3 oydan ortiq bo’lsa, duduqlanish tashxisi qo’yiladi. Bunday bemorlarga nafaqat nevrolog, balki logoped maslahati ham kerak. Asab tizimining organik kasalliklarini istisno qilish uchun reoensefalografiya, bosh miya EEG, MRT -diagnostika o’tkaziladi. DUDUQLANISHNI DAVOLASH YO’LLARI Duduqlanishni davolashning barcha usullari uslubiy yondashuv va terapevtik ta’sir turlari bilan farqlanadi. Umuman olganda, ularni quyidagilarga bo’lish mumkin: Logopedik; Psixologik; Psixoterapevtik; Logopsixoterapevtik; Ijtimoiy reabilitatsiya; Medikamentoz (dorilar bilan); Fizioterapevtik; Kompleks; Noan’anaviy. Nevrotik duduqlanishni yo’qotish uchun davolash muvaffaqiyati tashxisning o’z vaqtida qo’yilishiga bog’liq. Duduqlanishni davolashning an’anaviy psixoteraptevtik usullari (xulq-atvorli, gipnotik va hokazo) samarasi past bo’lganligi sababli, zamonaviy tibbiyot o’ziga bir nechta elementlarini olgan maxsus terapevtik yondashuvlarni afzal ko’rmoqda. Tutilib gapirshni davolashning bunday kombinativ psixoterapevtik usullari ham individual, ham guruh shaklida qo’llaniladi. Nutq buzilishlarini tuzatish duduqlanishni va tez gapirishni tuzatishga qaratilgan logopedik mashg’ulotlar orqali amalga oshiriladi. Yosh bolalarda duduqlanishning nevrotik shakli logopedik bolalar bog’chalari va guruhlarida yaxshi davolanadi. Bu yerda kollektiv o’yinli psixoterapiya, logopedik ritmga e’tibor qaratiladi. Oilaviy psixoterapiyaga ham diqqatni qaratish kerak, bunda bolani ishontirish, qo’llab-quvvatlash, hayolini chalg’itish, relaksatsiya muhimdir. Bolalarga barmoqlarning ritmik harakatlari bilan bir taktda gapirish yoki kuylash o’rgatiladi. O’z-o’zini boshqarish usulining asosi shundaki, duduqlanish — o’zgartirsa bo’ladigan ma’lum xulq ekanligini o’rnatishdir. Uning tarkibi — desensibilizatsiya, autogen mashg’ulotlar. Yordamchi dori vositalarining maqsadi — qo’rquv, xavotir va depressiya belgilarini bartaraf qilishdir. Sedativ (jumladan, fitoterapevtik) va umumiy mustahkamlovchi vositalarni tayinlash tavsiya etiladi. Bosh miyaning organik shikastlanishi bilan bog’liq bo’lgan spazmolitiklar (tolperizon, benaktizin), ehtiyotkorlik bilan trankvilizatorlar (minimal dozalarda) qo’llaniladi. Suvsizlanish kursi o’tkazish samaradorligi isbotlangan. Klonik duduqlanish holatida gopanten kislotasining bir necha kursini (1 oydan 3 oygacha) belgilash tavsiya etiladi. Bundan tashqari duduqlanishni kompleks davolashga fizioterapiya, shuningdek, massajni (umumiy va logopedik) kiritish tavsiya etiladi. Bolalar o’rtasida duduqlanish davolanilganda barcha holatlarning 70% dan ko’prog’i yaxshi yakunlanadi. Uralova Luiza Shuxratovna OLDINI OLISH Duduqlanishni oldini olish usullari ikki guruhga bo’linadi. Ulardan biri bolaning sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, ikkinchisi — bolaning nutq taraqqiyotini tashkil etishdir. To’laqonli ovqatlanish, doimo parvarish qilish, kun tartibiga va gigiena qoidalariga rioya qilish bolaning aqli va nutqi rivojlanishining, sog’lig’ini saqlash va mustahkamlashning muhim tarkibiy qismidir. Asab tizimining normal ishlashi va uni ortiqcha yuklamaslikning oldini olish tetiklik va uyquning to’g’ri almashinuvi bilan ta’minlanadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagi anatomik-fiziologik tizimning o`ziga xos xususiyati bo`ladi: - bosh miya po`stloqi to`qimalarining tugallanmagan differensiasiyasi, shu jumladan psixomotor qismida, ajratib tashlangan harakatni statik bajarishni qiyinlashtiradi (qo`l, oyoqni bukish, rostlash), bu bilan bola tez charchab qoladi. SHu munosabat bilan ta`sirlanish va tormozlanish hamda ularning muvozanatini saqlash jarayonlarini bir tekis navbat bilan turishiga imkon beruvchi turli harakatlarni tez- tez almashtirib turish zarur; - 2–3 yoshdagi bolaning tez o`suvchi yumshoq suyagi har xil bukilishlarga duchor bo`ladi. SHuning uchun yelka kamarida qaddan oshgan kuchlanishda va uzoq vaqt statik holatida turish bilan bog`liq kuch harakatlarini bajarmaslik kerak; - 2-3 yoshdagi bolalarda ijobiy hissiyotlar asab-psixik doirasini funksional tashkil topishi va rivojlanishida katta o`rin egallaydi. Buning kuchida logoritmik mashg`ulotlarning mazmuni va tashkil etilishi bolalarda qoniqish uyg`otishi kerak. qo`llash va maqtash bolada hissiyot tonusini ko`taradi, motor va psixik tanglikni oldini oladi va ozod qiladi, hatto uning umumiy faolligini oshiradi, rag`batlantiradi va muloqotni yengillashtiradi. Nutq materialini tanlaganda kichik bolalar dialogidagi maxsus xislatlarni nazarda tutish kerak: sherigiga tez-tez luqma tashlash – takrorlash yordamida moslashish; gapirayotganlardan tengdoshlaridan qay biriga birinchi majburiy murojaat etish; dialogning nisbiy tashkil etilganligi: dialogga galma-galdan kirishish, muayyan insonlarga yo`naltirilish, ya`ni nutqning asosiy funksiyasini – kommunikativlikni amalga oshirish. 2–3 yoshdagi bolalar nutqni muloqot, kechinma yoki qo`shma harakatga chaqiriq vositasi sifatida qo`llaydilar. harakat bolalarda ko`pincha monologga nisbatan dialogni vujudga keltiradi, chunki bola yoki gaplashishga intiladi, yoki yordam so`raydi. Affektlarning (qattiq hayajonning) zaruratdan bevosita ifodalanishi va boshqalarga shaxsiy kechinmalarini xabar berish xohishida murojaat qilishning leksik va grammatik xususiyatlari tug`iladi: fe`llarning ko`p sonli buyruq mayli bilan bog`liqligi, o`z fikrini aytish buyruq yoki so`roq xarakterida, iltimos ko`rinishidan iborat bo`ladi. Odatda, duduqlanish paydo bo`lishi bilan ko`pchilik rivojlanayotgan bolalarda shaxsi, nutqi va xulqiga salbiy ta`sir ko`rsatmaydi. SHu bilan birga ilk yoshdagi duduqlanadigan bolalarning bir qismida motor funksiyasining, nutqning, dilkashlikning, taqlidchilikning, tengdoshlari bilan o`zaro munosabatning, hamda yakka-shaxsiy xususiyatlarining disgarmonik rivojlanishi belgilanadi. G.A.Volkovaning tadqiqotlarida ko`rsatilishicha 2–3 yoshdagi duduqlanadigan va duduqlanmaydigan bolalarda quyidagi motor ko`nikmalarining rivojlanishi va avtomatlashishida kechikish kuzatiladi (sanab chiqish ontogenezda shakllanishi bilan muvofiqlikda beriladi): narsani ushlab olish va uni qo`lda uzoq tutib turish; “Ladushki”, “qakka” o`yinidagi kabi qo`l barmoqlari va panjaning harakati; qoshiqdan foydalanish; yurishni egallash; qurilish materiali bilan o`yinlarda ketma-ket harakatlar yonida. Bu bolalar betayin hulq bilan xarakterlanadilar, u atrofdagilarga affektiv munosabat ko`rsatadi. Uralova Luiza Shuxratovna Ko`pchiligida faoliyatda inertlik, tez toliqib qolish begilanadi. Tez-tez ta`sirlanuvchanlik, salbiy va tajovuzkorlik ta`sirlari. Ko`p bolalar yiqloqi. Ko`pchiligi uchun hatto yaxshi ko`rgan yaqinlari bilan ham muloqot qilishdan bosh tortishgacha tuturiqsizlik xos. Logopedik ritmika bo`yicha mashg`ulotlarni quyidagi shartlarni hisobga olgan holda o`tkazish kerak. Nutq, harakat va musiqali faoliyatning turli ko`rinishlarining o`zaro alqadorligi. Ilk bolalalikda ashula aytish, musiqa eshitish, musiqali-ritmik harakatlar hali maxsus vazifalar va dastur tarkibi bilan musiqali tarbiyalash bo`limlariga ajratilmaydi. Faqat bu faoliyatlar ko`rinishi paydo bo`lishi, musiqali qobiliyatning dastlabki shakllanishi, ashulali va motorli ko`rinishlar sodir bo`ladi. SHuning uchun musiqani eshitish xirgoyi qilish bilan, xirgoyi qilish harakatlar bilan kuzatiladi. Duduqlanuvchi bolalarda xarakatlar rivojlanishi 2 xil kurinishda - xarakatlar tezligi va xarakatlar sustligi kuzatiladi. Maktabgachatarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining xarakatchanligini 4 guruxga bulish mumkin: - ritm, temp, muskullar tonusi va muljalga olishning buzilishi; - chakkonlik, aniklik, tezlikning yukligi. Temp sust, dikkati tarkok, xis – tuygu kisman yuk, berilgan topshiriklarni kiynalib bajarishi kuzatiladi.Muskullar tonusi nimjon, xarakatlari ustida ish olib borish kiyinchilik tugdiradi. - mushaklarning kuchli tortishishi (tormozlanish) kuzatiladi. Tortishishlar asosan buyin va yelka kismda kuzatiladi, kul barmoklari musht xolda yoki bushashgan ochik, kullar bukilmaydi, kul va oyok xarakati bir biriga nomutanosib. Bolalar jamoa bilan uynashni xoxlamaydi, yuzda tuygular ifodasi sezilmaydi (jiddiy). Ular bilan olib boriladigan korrektsion ish uzok muddat talab etadi. - kuzgaluvchan, tez xarakatli, lekin kuchsiz bolalar, osoyishtalik ular uchun yot, ularda muskullar tonusi yukori, uyinlarga kuchli istak xoxish bilan yondashadi, xarakatli uyinlar ular kuzgaluvchanligini oshiradi. Uzgalar uyinlariga xam aralashib ketishadigan, ayrim paytlar agressiv xarakatli, uyinda asosiy bosh rolda bulishni xoxlaydigan bolalar turidir. Download 396.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling