Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari. Iboralarning uslubiy xususiyatlari. Iboralarning matnda qo‘llanilishi. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish


Ma’no vazifasidagi о‘xshashlik asosida kо‘chiriladi


Download 0.52 Mb.
bet2/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1445407
1   2   3   4
Bog'liq
Nutqimiz ko‘rki

2. Ma’no vazifasidagi о‘xshashlik asosida kо‘chiriladi (funksional kо‘chirish): tomir - qon tomirlari – о‘simlik tomiri; о‘q nayzaning о‘qi -miltiqning о‘qi -zambarakning о‘qi;
virus―kasallikni qо‘zgatuvchi mikroorganizm – virus ―kompyuter virusi
3. Metonimiya yо‘li bilan ma’no kо‘chishi (metonimiya - qayta tiklash) - predmetlar yoki hodisalarning о‘zaro aloqadorligiga asoslanadi. Buning quyidagi kо‘rinishlari bor:
a) о‘simlikning nomi shu о‘simlik qismidan tayyorlangan mahsulotga nom qilib biriktiriladi: muskat (uzumning bir navi)- muskat (shu uzum navidan tayyorlangan vino), choy (о‘simlikning bir turi) - choy (shu о‘simlikning bargidan tayyorlangan ichimlik), qahva (qahva daraxti) - qahva (shu daraxt mevasidan tayyorlangan ichimlik, kofe);
b) zamon va makonda bir-birining bо‘lishini taqozo qilgan hamda birga qо‘llanadigan ikki (yoki bir necha) predmetdan birining nomi ikkinchisiga kо‘chiriladi: bir piyola choy ichmoq (piyola о‘z ma’nosida) - bir piyola ichmoq (piyola –kо‘chma ma’noda);
d) bir predmetning nomi shu predmetdagi boshqa bir predmet-voqelikka kо‘chiriladi: sinf (―oquv ―xonasi‖) – sinf (―о‘quvchilar guruhi‖), shahar (―yirik aholi punkti‖) - shahar (―shahar aholisi‖) kabi.
4. Sinekdoxa yо‘li bilan ma’no kо‘chishi (yunon. ―birga anglamoq‖, ―qо‘shib anglamoq) - nomlanayotgan predmet yoki hodisalarning miqdor belgilariga tayanadi:
a) butunning nomi qismga kо‘chiriladi: qо‘l (butun) - qо‘l (qism―barmoq); bosh (butun) - bosh (qism)―miya, aql-hush;
b) qismning nomi butunga kо‘chiriladi: olma (qism- meva)- olma (butun) daraxt; eshik (qism) ―uyning eshigi, eshik (butun) ―uy, hovli; tirnoq (qism)- tirnoq, (butun) ―bola, farzand, tuyoq (qism) - tuyoq (butun)-―uy hayvoni ―mol.

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling