Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari. Iboralarning uslubiy xususiyatlari. Iboralarning matnda qo‘llanilishi. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish


Download 0.52 Mb.
bet1/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1445407
  1   2   3   4
Bog'liq
Nutqimiz ko‘rki

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi dotsenti v.b. Marufova Zulfiya Nabiyevnaning Amaliy o‘zbek tili fanidan “Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari, uslubiy xususiyatlari ” mavzusidagi ochiq dars mashg‘uloti uchun tayyorlagan taqdimoti

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti, 103-guruh (rus)

Toshkent - 2023


Sо‘zning leksik ma’nosi ma’lum omillar ta’sirida, uzoq yillar davomida о‘zgarishi ham mumkin. Bunday о‘zgarishlarga sabab bо‘ladigan omillar ikki xildir:
1) lisoniy (lingvistik) omillar - til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari.
Masalan, tilning lug‘at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida bо‘lishi mumkin: aniq gapirmoq va ochiq gapirmoq kabi;
2) nolisoniy (ekstralingvistik) omillarijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy taraqqiyot, xalqlar о‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy aloqalar, ong, tafakkur rivoji, bilingvizm (ikki tillilik) yoki polilingvizm (kо‘p tillilik) kabi jarayonlar. Bunday omillar tilga doimiy ta’sir о‘tkazib turadi, ayrim leksemalarning semantik tarkibida yangi leksik ma’nolarning yuzaga kelishiga ham sabab bо‘ladi. Masalan, oyoq- xontaxtaning oyog‘i, kursining oyog‘i, stolning oyog‘i, karavotning oyog‘i kabi.
Leksik ma’no taraqqiyotning yо‘llari har xil: ma’noning kо‘chishi, kengayishi va torayishi, bundagi miqdor va hajm о‘zgarishlari shular jumlasidandir.
Ma’noning kо‘chishi - bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bо‘lishi. Bunday kо‘chish shu nom bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) о‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, nafas leksemasining bosh (tо‘g‘ri) ma’nosi ― о‘pkaga olinadigan va undan chiqariladigan havodir, ammo nafasingizni iliq qiling deganda nafas leksemasi ―havoni emas, ―gapni va ―niyat‖ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas-gap, fikr-niyat о‘rtasidagi ana shu aloqa va bog‘lanish nafas leksemasining mazmun mundarijasidagi ma’no kо‘chishlariga sabab bо‘lgan. Tilda ma’no kо‘chishining quyidagi turlari bor:
1. Metafora yо‘li bilan kо‘chiriladi:
a) ifodalanayotgan predmetlar (hodisalar) о‘rtasidagi shakliy о‘xshashlik asosida: burun - odamning burni-choynakning burni;
b) ikkita belgi-xususiyat о‘rtasidagi nisbiy о‘xshashlik asosida: tez - majlis tez tugaditez odam;
v) narsa-predmetlar qismlarini о‘rin nuqtai nazaridan о‘xshatish asosida: boshodamning boshiko‘chaning boshi

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling