Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari. Iboralarning uslubiy xususiyatlari. Iboralarning matnda qo‘llanilishi. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish


Download 0.52 Mb.
bet3/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1445407
1   2   3   4
Bog'liq
Nutqimiz ko‘rki

Ma’noning kengayishi - leksemaning ma’no hajmida tor ma’nodan keng ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, yaylov leksemasi dastlab ―tog‘ning tepasidagi о‘tloqda yozlash‖ni ifodalagan: Hozirgi paytda yaylov leksemasi о‘tloq tog‘ning tepasida ham, dasht-adirlarda va hatto past tekisliklarda ham bо‘lishi mumkin.
Qishloq leksemasi dastlab ―qish faslida yashaydigan joyni anglatgan, hozir esa u ―aholisi kopincha qishloq xо‘jalik ishlari bilan shug‘ullanuvchi punkt ma’nosini ifodalaydi.
Rizamat (atoqli ot)- rizamat (mahalliy, xо‘raki va mayizbob uzum navi). Bu nav mashhur sohibkor nomi bilan atalgan (demak, sо‘zning ma’no hajmi kengaygan).
Ma’noning torayishi - leksemaning ma’no hajmida keng ma’nodan tor ma’noga qarab siljishning yuz berishi. Masalan, vatan (keng ma’noda: ―kishi tug‘ilib о‘sgan mamlakat, ona-yurt‖)- vatan (tor ma’noda: ―kishi tug‘ilib о‘sgan shahar yoki qishloq‖). Turdosh otning atoqli otga о‘tishi ham tilshunoslikda ma’no torayishi deb qaraladi. Masalan, bolta (turdosh ot)- Bolta (atoqli ot), lola (turdosh ot)- Lola (atoqli ot) kabi.
Leksik ma’no taraqqiyoti natijasida miqdor о‘zgarishi yuz beadi, bu hol polisemiyaga (kо‘p ma’nolililkka) va omonimiyaga olib keladi. Xususan, metafora, vazifadoshlik (funksiyadoshlik) va sinekdoxa yо‘li bilan ma’no kо‘chirilishida kо‘proq polisemiya yuzaga keladi, chunki bir leksemaning semantik tarkibida leksik ma’nolar miqdori kо‘payadi: kо‘z (―kо‘rish a’zosi‖) –kо‘z (―uzukning kо‘zi‖)- kо‘z (―taxtaning kо‘zi‖) –metafora; tish (―odamning tishi‖) –tish (―arraning tishi‖)-metafora va funksiyadoshlik; gilos (―mevaning bir turi‖) –gilos (―gilos daraxti‖) –sinekdoxa.

SO‘ZNING O‘Z VA KO‘CHMA MA’NOLARI bo‘yicha takrorlash

- So‘z ma’nosi ko‘chishining qanday turlari bor?

- Metafora nima, misol keltiring.

- Metonimiya haqida nimani bilasiz, misol keltiring.


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling