Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari. Iboralarning uslubiy xususiyatlari. Iboralarning matnda qo‘llanilishi. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish


- Sinekdoxa haqida ma’lumot bering


Download 0.52 Mb.
bet4/4
Sana08.05.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1445407
1   2   3   4
Bog'liq
Nutqimiz ko‘rki

- Sinekdoxa haqida ma’lumot bering.

  • “Besh qo‘l barobar emas”. Ushbu iborada ma’no ko‘chishining qaysi turi qo‘llanilgan?
  • Ma’no torayishi va kengayishiga misollar keltiring

So‘z semantik strukturasining o‘zgarishi

 

Metafora

Metonimiya

Sinekdoxa

Vazifadoshlik

Ma'noning kengayishi

Ma'noning torayishi

burun

+
(bosh ma’nosi – odamning burni)






qо‘l







sinf







tomir







о‘q







osh







bosh







shahar







tuyoq







qishloq







yaylov

 

 

 

 

 

 

domla







navkar







qanot







tirnoq







chо‘qqi







choy







pasport







olma







virus







Metafora

Metonimiya

Sinekdoxa

Vazifadoshlik

Ma'noning kengayishi

Ma'noning torayishi

qahva







bir piyola ichmoq






Mavzu: Nutqimiz ko‘rki. Iboralar va ularning turlari. Iboralarning uslubiy xususiyatlari. Iboralarning matnda qo‘llanilishi. Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar ishtirokida tasviriy matn yaratish

Reja:

  • Frazeologiya – iboralarni o`rganuvchi bo`lim.
  • Ijobiy va salbiy bo‘yoqli iboralar.
  • Idioma haqida tushuncha.
  • 6. Frazeologik sinonimlar, omonimlar va antonimlar.


Tayanch tushunchalar: Nutq odobi, adabiy til me`yorlari, tasviriy vositalar, til madaniyati frazeologizm, idioma, frazeologik sinonimlar, , frazeologik omonimlar, frazeologik antonimlar.

Iboralar va ularning uslubiy xususiyatlari

Til fanining iboralarni o`rganadigan bo`limi frazeologiya deyiladi. Ikki va undan ortiq mustaqil so`zlar yoki gaplar bir ko`chma ma’noni ifodalaydi. Shunday ibora va gaplar barqaror bo`ladi. Ular obrazliligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Masalan: yuragi qon bo`ldi, ko`ngliga qil sig`maydi.

Frazeologik ibora va gaplar so`zlarning ko`p ma’noli (polisemiya) bo`lishiga asoslanadi, shuningdek, ikki va undan ortiq mazmunni ifodalaydi:

o`zini qayerga qo`yishni bilmadi - sevinchdan hayajonlanmoq, zerikib yoki bekorchilikdan toqatsizlanmoq;

mazasi qochdi - sog`ligi yomonlashdi, ishi inqirozga uchradi.

Frazeologiyaning tarkibida idiomalar ham bo`lib, ular ma’lum tilgagina xos bo`ladi va boshqa tillarga so`zma-so`z tarjima qilib bo`lmaydi: Ammamning buzog`i. Yuragi shuv etib ketdi. Gapning po`st kallasi. Oyoqni qo`lga olib chopmoq va h.k. Idiomalarda shakllangan mantiqqa to`g`ri kelmaydigan fikr, voqea, hodisa ifodalanadi.


Ibora tarkibidagi so`zlar ma’no jihatidan uyg`unlashib, mazmunan yaxlitlikni vujudga keltiradi va ko`pincha mazmunan bir leksemaga teng keladi.M: qulog`I ding bo`lmoq – hushyor bo`lmoq, qovog`i osilmoq – xafa bo`lmoq, og`zining tanobi qochmoq – quvonmoq kabi.
Frazeologizmlar gap tarkibida uning bir bo`lagi vazifasida keladi.Gapning boshqa bo`laklari bilan yaxlit, bir butun holda munosabatga kirishadi.M: Aravani quruq olib qochish evi bilan-da… Bu gapda aravani quruq olib qochish qismi butunligicha ega vazifasini bajaradi.

Frazeologizmilar ijobiy va salbiy bo‘yoqli bo‘lishi mumkin


Ijobiy bo‘yoqli

Salbiy bo‘yoqli

Yuzidan nur yog‘iladi

Qovog‘idan qor yog‘adi

Istarasi issiq

Turqi sovuq

Qo‘li yengil

Xarakteri og‘ir

Tili shirin

Gapi qattiq

Qo‘y og‘zidan cho‘p olmagan

Yerga ursa, osmonga sapchiydi

Ko‘ngli yumshoq

Ko‘ngli qattiq

Qo‘li ochiq

Qishda qor so‘rab bo‘lmaydi

Yuragi tor

Dunyoni suv bossa, o‘rdakka nima g‘am

Frazeologizmlarning turlari

1. Frazeologik sinonimlar – shakli har xil,ammo ma’nosi bir xil bo`lgan iboralar orasidagi sinonimlik. M: hafsalasi pir bo`lmoq – tarvuzi qo`ltig`idan tushmoq; og`zi qulog`ida – boshi osmonda

2. Frazeologik omonimlar – iboralar orasidagi shakldoshlik: qo`l ko`tarmoq(taslim bo`lmoq) – qo`l ko`tarmoq(urmoq), boshga ko`tarmoq(hurmat qilmoq) – boshga ko`tarmoq(shovqin qilmoq)

3. Frazeologik antonimlar: qo`li uzun – qo`li kalta, ko`kka ko`tarmoq – yerga urmoq


Iboralarning turlari

Iboralarga misollar

Fe’l turkumiga oid iboralar
 

Tarvuzi qo‘ltig‘idan tushdi, hafsalasi pir bo‘ldi,… 

Sifat turkumiga oid iboralar
 

Yog‘ tushsa yalaguday, tog‘ni ursa tolqon qilguday,…

Ravish turkumiga oid iboralar

Og‘zi qulog‘ida, o‘pkasini qo‘ltiqlab,…

Sinonim iboralar
 

Kapalagi uchib ketdi, yuragi yorildi…

Antonim iboralar
 

Yerga urmoq – ko‘kka ko‘tarmoq… 

Omonim iboralar
 

Boshiga ro‘tarmoq, qo`l ko`tarmoq, 

IBORALAR TURLI SO‘Z TURKUMLARIGA OID BO‘LISHI MUMKIN

Iboralar (turg`un birikmalar) so`z birikmasi(erkin birikmalar) bilan bir xil shaklda bo`lib qolishi mumkin: Ukamning tutgan kapalagi uchib ketdi. Bu gapni eshitib do`stimning kapalagi uchib ketdi. Tarvuzi qo`ltig`idan tushdi,qo`l ko`tarmoq,boshga ko`tarmoq,ikki oyog`ini tiramoq,og`zi ochilmoq,qulog`iga quymoq kabi iboralar ham erkin birikma sifatida qo`llanadi

Ammo ko`nglidan o`tkazdi, xurrak otdi, dong qotdi, ko`ngli yarim kabi iboralar faqat ko`chma ma’noda qo`llanadi.

“O`zbek tilining qisqacha frazeologik lug`ati”, “O`zbek tilining izohli frazeologik lug`ati” ni professor Shavkat Rahmatullayev ishlab chiqqan.

Mustahkamlash uchun topshiriqlar

1-topshiriq. Berilgan so‘zlarga mos iboralar keltiring.

Ayyor, saxiy, xursand bo‘lmoq, to‘polon qilmoq, sabr-chidami tugamoq, sevinganidan qattiq hayajonlanmoq, azoblanmoq, xafa bo‘lmoq, xursand

ayyor – pixini yorgan

saxiy – qo‘li ochiq

xursand bo‘lmoq – do‘ppisini osmonga otmoq

to‘polon qilmoq – boshiga ko‘tarmoq

sabr-chidami tugamoq- pichoq suyakka yetmoq

sevinganidan qattiq hayajonlanmoq –yuragi yorilmoq

azoblanmoq - ich-etini yemoq

xafa bo‘lmoq - ko‘ngli og‘rimoq

xursand - og‘zi qulog‘ida

2-topshiriq Gaplarning tarkibida kelgan frazeologik sinonimlarni topib, ma’nolarini ayting.

1. Kishing bahrini ochadigan salqin, sokin bir oqshom edi.

2. Sabr qiling, sizning ham dimog‘ingizni chog‘ qilaman.

3. Shu kunda hammaning boshi shishgan.

4. Ming xil xayol bilan miyam g‘ovlab ketdi.

5. Menga nasihat qilaverib, jonimni chiqaramng!

6. “Meni tergov qilib, surishtirdi…” – deganida esa Dadajonovning tepa sochi tik bo‘lib ketdi.


3-topshiriq Quyidagi iboralarning ma’nosini ifodalovchi so‘zlar toping.
Yog‘ tushsa yalaguday
ko‘z yummoq
tarvuzi qo‘ltig‘idan tushmoq
boshi osmonda
yerga ursa ko‘kka sakramoq
hafsalasi pir bo‘lmoq
tepa sochi tikka bo‘lmoq
gullab qo‘ymoq
pixini yorgan
4-topshiriq Gaplarning tarkibida kelgan frazeologik sinonimlarni topib, ma’nolarini ayting.
1. Kishing bahrini ochadigan salqin, sokin bir oqshom edi.
2.Sabr qiling, sizning ham dimog‘ingizni chog‘ qilaman.
3.Teshaboy esa, qaynatasining aksiga o‘laroq, juda xursand, kayfi chog‘ edi.
4. Tog‘ yo‘nishning nima zaruriyati bor ekan deya boshim qotdi.
5.Shu kunda hammaning boshi shishgan.
6.Ming xil xayol bilan miyam g‘ovlab ketdi.
7. Menga nasihat qilaverib, jonimni chiqaramng!
8.“Meni tergov qilib, surishtirdi…” – deganida esa Dadajonovning tepa sochi tik bo‘lib ketdi.
9.“Qo‘ying-e, – dedi Lutfixon uy derazasini yopa turib, – O‘zi jonim halqumimga kelib turibdi”.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling