Nutqni grammatik jihatdan shakllantirish uslubiyoti referat
Mashg’ulot uchun dastur materiallarini tanlash
Download 32.21 Kb.
|
Nutqni grammatik tuzilishini shakllantirish ishining vazifalari va mazmuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mashg’ulotda materialni takrorlash.
Mashg’ulot uchun dastur materiallarini tanlash. Mashg’ulot uchun faqat birgina vazifa tanlanadi. Masalan, fc’lning 3 shaxs ko’plik shaklini mustahkamlash uchun xohlamoq so’zini to’g’ri grammatik shaklda ishlatishga o’rgatish; otlarni kelishiklarda to’g’ri turlashga o’rgatish va hokazolar.
Mashg’ulotda materialni takrorlash. Bolalar grammatik shakllarni doimo to’g’ri ishlatishlari uchun dinamik stercotipni hosil qildirish kerak. Buning uchun eshitgan so’zini kerakli grammatik shaklda ko’p marta takrorlash zarur. Takrorlash esdan chiqarganlarini esga tushirish maqsadida emas, balki esdan chiqarishning oldini olish uchun zarurdir, chunki esdan chiqarganni qayta tiklash uchun juda ko’p vaqt sarf etiladi. Grammatik jihatdan to’g’ri shakllangan nutq malakasini hosil qilishning sharti—bu takrorlashdir. Biror mavzu mazmunini to bola nutqidagi grammatik xato turi bartaraf etilmaguncha takrorlash zarur. 2 — 3 ta grammatik shakl ustida ishlash bo’yicha mashg’ulot bir oy davom etishi mumkin, grammatikaning turli shakllari bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlar esa navbatlash- tiriladi. Ba’zida otlarning ko’plik shaklini o’rgatish uchun uchta mashg’ulot rejalashtirilib, shu uchta mashg’uiotda bitta 140 nomdagi ‘Nima yo’q" o’yinini o’tkazish mumkin. Mashg’ulotning xarakteri. Grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar ko’rgazmali materiallar yoki ko’rgazmasiz o’tkaziladigan ta’limiy o’yin xarakteriga ega. Mashg’uiotda foydalaniladigan ko’rgazmali materiallar: tabiiy buyumlar (predmetlar), sabzavotlar, mevalar, kiyim-kechaklar, o’yinchoqlar, ularning suratlari. Mashg’ulot erkin, jonli o’tka- zilishi kerak, tarbiyachi tushuntirish vaqtida grammatik atamalarni ishlatmasligi lozim. Kichik guruhlardagi mashg’ulot jarayonida va takrorlashda o’yin personajlaridan foydalanish mumkin. Grammatik jihatdan to’g’ri nutqni shakllantirish bo’yicha mashg’ulotlar uzoq davom etmasligi talab etiladi, chunki o’rganiladigan material ancha murakkabdir. O’yin va mashqlar 5 — 1 0 daqiqa davom etishi va mashg’ulotning bir qismi sifatida rcjalashtiri 1 ishi kerak. Bunday mashg’ulotlarda o’rgatish usullari quyidagilar: namuna, tushuntirish, takrorlash; tarbiyachi yordamchi usul sifatida nutqi to’g’ri bolani misol qilib ko’rsatishdan foydalanishi mumkin. Agar bola nutqidagi xato mustahkam o’mashgan bo’Isa va bola to’g’ri nutqni o’zlashtirolmasa, bog’langan nutqni ishlatib, so’ng takrorlash fovdalidir. To’g’ri nutq ustida ishlashda taqqoslash usuli asosiy o’rin cgallaydi (sifat yasovchi qo’shimchalar, ot yasovchi qo’shimchalar va hokazolar). Shuningdek, tuzatish va aytib turish usulidan keng foydalaniladi. Download 32.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling