Nutqni rivojlantirish texnologiyasi. Reja


Download 21.03 Kb.
bet1/2
Sana21.04.2023
Hajmi21.03 Kb.
#1367733
  1   2
Bog'liq
5-mavzu tevarak-atrof bil nutq boyitish


5-mavzu. Maktabgacha yoshdagi bolalarning teva-rak-atrofni bilishda
nutqni rivojlantirish texnologiyasi.
Reja:

1.Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish.
2.Tevarak-atrofni bilishda bolalar nutqini rivojlantirish mashg'ulotlari.
3.Tevarak-atrof bilan tanishtirish jarayonida bolalar nutqini rivojlantirish
Tayanch tushunchalar: tevarak-atrof, tabiat, hayvonot dunyosi, o‘simliklar, jonli tabiat, jarayon,
Tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash bolalar bog'chasi
tarbiyachilarining oldiga qo'yilgan eng muhim vazifalardan biridir. Maktabgacha
tarbiya yoshi boiaiarning voqelikni faol idrok qiladigan va tevarak-atrofdagi hayotga kirishib ketadigan bir davrdirki, bu davrda ularning so'z boyliklari juda tez o'sib boradi. Tarbiyachi bolalarni tevarak-atrof bilan (narsalar, jonli tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot hodisalari) tanishtirar, ularning bilish faoliyatini yo'lga qo'yar va boshqarar ekan, har bir bolaga lining to'plagan tajribasini tartibga solishda yordamlashadi, unga yangi bilimlar beradi, unda qiziquvchanhk va kuzatuvchanlik qobiliyatlarini tarbiyalaydi, o'zini qurshab turgan olamni bilishga bo'lgan qiziqishini o'stiradi.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish ularga axloqiy tarbiya berish
vositalaridan biri bo'lib, bolalarning og'zaki nutqini o'stirish imkonini beradi, bunda ularning so'z boyligi o'sib, to'g'ri talaffuz etish malakasi ortib boradi, ularda fikrni grammatik nuqtayi nazardan to'g'ri ifodalash ko'nikmasi tarkib topadi.
Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlashga doir
ishlarning mazmuni hamda ko'lami bolalarning yosh xususiyatlariga bog'liq bo'lib,
bu bolalar bog'chasining har bir guruhi uchun tarbiya dasturida alohida belgilab
berilgan.
Bola nutqining taraqqiyoti uning atrofidagi odamlar nutqiga, tevarak-atrofdagi
narsa-buyumlarni, ijtimoiy hayot hodisalarini kuzatishiga bog'liq bo'ladi.
Yuqoridagi fikrlardan bizga ma'lumki (ilk yoshdagi bolalar nutqining rivojlanish
xususiyatlari mavzusida bayon etilgan fikrlar), yangi tug'ilgan chaqaloqlar yig'lash
orqali tashqi va ichki muhitdan keladigan signallarga (ochlik, tashnalik, sovuq,
biror joyning og'rishi yoki issiqlash va hokazolarga) javob beradi. Bola 2-3 oylik
bo'lganda katta kishilarning gaplariga, tevarak-atrofdagi g'ala-g'ovurlarga diqqat
bilan quloq soladi, rangli narsalarga qaraydi va ularga nisbatan tovush chiqara
boshlaydi. Bu esa 2- 3 oylik bolaning rivojlanishiga xos bo'lgan so'zni ifodalaydi,
ya'ni katta kishilar bilan aloqa qilish istagi vujudga kelganligidan dalolat beradi.
Bola 5- 6 oylik bo'lganda yengil talaffuz etiladigan tovushlarni birlashtirib, so'z
chiqaradigan bo'ladi, 8 - 9 oyligida aytilgan buyumlarni ko'zi bilan qidirib, uni
topadi va qo'li bilan ko'rsatadi yoki olib keladi. Bola bir yoshga to'lay deb
qolganda o'nga yaqin so'zni talaffuz eta oladi. Bolalarning yoshi o'sgan sari ko'p
narsalarga qiziqadi, o'zi bilmagan narsalarni bilib olishga intiladi. Bola bir yarim
yoshga toiganda uning lug'atidagi so'zlar miqdori 20 - 30 taga yetadi. Bu so'zlar
o'ziga tanish bo'lgan kishilar: aya, dada, nanna, huvi, bobo, amma, xola, opa;
hayvonlar: vov-vov, miyov-miyov, mu-mu, qo-qo; ehtiyojlari bilan bog'liq bo'lgan
so'zlar: ma, ol, ber va hokazolar. Bolalar tafakkurining rivojlanish xususiyatlari
ularning lug'at boyligini belgilab beradi. Ya'ni bolalardagi ko'rsatnia-ta'sirchan va
ko'rsatma-obrazli tafakkur ularning lug'atida buyumlar, hodisalar, sifatlarning
nomlarini bildiruychi so'zlarning ortib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalarda
faol va sust lug'at mavjud boiib, faol lug'at orqali so'zlovchining so'zlarini
(gaplarini) tushunibgina qoimay, balki o'z nutqida turli xil faoliyatga oid so'zlarni
ham ishlatish mumkin bo'ladi. Sust lug'atga ega bo'lgan bola esa so'zlovchining
so'zlarini tushunadi, tinglaydi, ammo o'zi gapirmaydi.
Bola nutqining taraqqiyoti ana shu xususiyatlari bilan katta kishilar
nutqidan farq qiladi. Bir yoshdan bir yarim yoshgacha bo'lgan bola nutqining
xarakterli belgisi shundaki, bola aytadigan so'zlar miqdori juda kam bo'ladi, ya'ni
uning faol lug'ati juda sekin o'sib boradi. Bu yoshda bola lug'atining boyib borishi
tevarak-atrofdagi kishilar nutqini tushunish qobiliyatining o'sishiga bog'liq bo'ladi.
Bola o'ziga aytilgan so'zlarni yaxshiroq tushunadigan bo'ladi. Uning sust lug'ati
o'sib boradi, o'zi yaxshi gapirmaydi, ammo boshqalarning so'zini ko'proq eshitib,
eshitgan so'z va jumlalarni o'ziga singdirib boradi va shuning zamirida keyinchalik
o'z nutqini yuzaga keltiradi va boyitib boradi. Mana shu xususiyatlarni hisobga
olgan pedagog-tarbiyachi bolalar idrok etadigan nutq, so'z va gaplarning mumkin
qadar boy, rang-barang va to'g'ri bo'lishiga harakat qilishi kerakki, bu ularda
og'zaki-mantiqiy fikrlash qobiliyatining paydo bo'lishiga ta'sir etishi lozim. Bolada
og'zaki - mantiqiy fikrning paydo bo'lishi esa ularning elementar tushunchalarni

Download 21.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling