Nutqni rivojlantirish vositalari
-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Download 131.56 Kb.
|
nutqni rivojlantirish vositalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chiniqtirish va sog’lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya.
- Chiniqtirish.
- Harakatlantiruvchi tartib.
2-3 yoshli bolalarning rivojlanish xususiyatlari
Bu davr o’ziga xos xususiyatlarga ega. Bir yoshdan ikki yoshgacha bo’lgan davr mobaynida bolaning nutqi va o’zgalar tomonidan aytilgan so’zlarni tushunish qobiliyatlari jadal rivojlangan bo’lsa, 2-3 yoshga kelib, o’zgalar nutqiga taqlid qilish jarayoni boshlanadi, bola musiqa, badiiy so’z ta’siriga tez beriladi. Shuning uchun ham unga xuddi shu davrdan boshlab she’rlar aytish hamda raqsga tushishni o’rgatish lozim. Ularda kattalarga jo’r bo’lib qo’shiq aytish, musiqaga muvofiq harakat qilish, ohangni his etish ko’nikmasi shakllanadi. Bu yoshdagi bolalarni bir joyga jamlaganda ular orasida o’zaro muloqotga kirishish ko’nikmalari shakllana boshlaydi. Ta’lim- tarbiyaviy ishlar bolalarda shakllana boshlagan xuddi ana shu ko’nikmalarni rivojlantirishga va ularni malakalarga aylantirishga yo’naltirilmog’i lozim. Chiniqtirish va sog’lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya. Har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni namunaga muvofiq bajarish. Badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish. Ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida). Chiniqtirish. Yozda ochiq havoda iloji boricha ko’proq bo’lish. Kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv havzasida (basseynda) cho’milish (gigiena talablariga amal qilgan holda). Qomatni to’g’ri tutish. Kattalarning nazorati ostida jismoniy mashqlarni muntazam bajarish. To’g’ri qomatni shakllantirish, yassitovonlilikning oldini olishga imkon beradigan mushaklar guruhini shakllantirish. Harakatlantiruvchi tartib. Har kungi sayrlarda ishtirok etish. Harakatli o’yinlarda o’yinchoqlar va jismoniy mashqlarda sport anjomlari bilan faol ishtirok etishga harakat qilish. 3-4 yoshli bolalarning chiniqtirish va sog’lomlashtirish. Ertalabki badantarbiya. Bolalarni ertalabki badantarbiya vaqtida 4-5 daqiqa davomida o’yin xarakteridagi mashqlarni bajarishga odatlantirish maqsadga muvofiqdir. Tarbiyachiga taqlid qilib birgalikda harakat qilish ko’nikmasini o’stirish, harakatli o’yinlarda ishtirok etishga hamda o’yin topshiriqlarini bajarishga o’rgatib borish nazarda tutiladi. har kuni ertalab badantarbiya qilish. harakatlarni namunaga muvofiq bajarish. badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish. ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida). Ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish. Chiniqtirish. Bunda havo, quyosh, suvdan foydalangan holda chiniqtirish tadbirlari amalga oshiriladi. Quyoshda chiniqtirish asosan ertalabki sayr vaqtida bolalarning turli faoliyatlari jarayonida amalga oshiriladi. Quyoshda dastlab kun davomida 5 daqiqadan to 10 daqiqagacha bo’lishlari, so’ng, asta sekin 40-50 daqiqagacha ko’paytirishlari mumkin. Bolalarni yuz qo’llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to’g’ri foydalanish, badanini xo’l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko’proq bo’lish, cho’milishga, dushdan foydalanishga o’rgatish. Ochiq suv havzasida (basseynda) cho’milish (gigiyena talablariga amal qilgan holda). Cho’milish davomiyligi 3-6 daqiqa. Cho’milish ertalabki sayrdan so’ng tushlikdan oldin o’tkaziladi. Download 131.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling