Aytilgan fikrlarga bog‘liq holda nutqning asosiy kommunikativ sifatlari borasida to‘xtalamiz. Nutqning quyidagi kommunikativ sifatlari mavjud: Nutqning to‘g‘riligi - Nutqning to‘g‘ri bo‘lishi, eng avvalo, uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. U asosan ikki normaga - urg‘u va grammatik normaga qat’iy amal qilishni talab qiladi. Urg‘uning to‘g‘ri qo‘yilishi fikrning to‘g‘ri tushunilishi bilan bog‘liq. Bu - so‘z urg‘usiga ham, mantiqiy urg‘uga ham aloqador fikr. (Qiyos: Onasiz / bola o‘ynamas. Onasiz bola / o‘ynamas.)
- Grammatik normalarga rioya qilish deganda gap tuzish qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi bog‘lanishning tabiiyligi, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari kabilarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi. (-ni/-ning, -ga/-da, -li/-lik va b.)
Do'stlaringiz bilan baham: |