Nutqning uslubiy shakllari reja: Nutq uslubi haqida. So`zlashuv uslubi


Download 13.65 Kb.
Sana11.11.2023
Hajmi13.65 Kb.
#1765651
Bog'liq
Nutqning uslubiy shakllari reja Nutq uslubi haqida. So`zlashuv -fayllar.org


Nutqning uslubiy shakllari reja: Nutq uslubi haqida. So`zlashuv uslubi

NUTQNING USLUBIY SHAKLLARI
Reja:
1.Nutq uslubi haqida.
2.So`zlashuv uslubi.
3.Rasmiy uslub.
4. Ilmiy uslubi.
5.Publitsistik uslub.
6.Badiiy uslub.

Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Nutq deganda uning ogʻzaki (ovozli) va yozma ravishda namoyon boʻlishidagi jarayonlar, yaʼni soʻzlash jarayoni va uning natijasi (xotirada saqlangan yoki yozuvda qayd etilgan nutqiy fikrlar, asarlar) tushuniladi. Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli.
Lingvistik nazariyada Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl Nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Asl nutq („tashqi nutq“) bilan bir qatorda ichki nutq ham bor. U soʻzlovchi ongida bilishga yordam beradigan turli xil masalalarni muhokama qilish va hal etishga qaratiladi. Ichki nutq tashki nut asosida, tovush yoki yozuv qoʻllanmagan holda, faqat ovozli Nutqdagi soʻzlar haqidagi aniq tasavvurlar bilan kechadigan ak/shy jarayonlar tarzida amalga oshadi. Yozma Nutq ogʻza-ki Nutqdan bir qadar shakllanganligi, soʻzlarning oʻta sinchkovlik bilan tanlab olinishi, grammatik jihatdan aniq, lekin murakkab shakllanganligi, ogʻzaki Nutq uchun xos boʻlgan ohang, mimika va qoʻl harakatlarining bevosita qoʻllana olmasligi bilan farqlanadi. Nutqning monologik (qarang Monolog) va dialogi k (qarang Dialog) turlari mavjud.
Nutq aloqa-aralashuv vazifasidan tashqari yana boshqa vazifalar, chunonchi, poetik vazifa ham bajarishi mumkin. Nutqning alohida koʻrinishi oʻqishdir.
Nutq — tilning fikr ifodalash va almashish jarayonlarida amal qilishi, tilning alohida ijtimoiy faoliyat turi sifatidagi muayyan yashash shakli. Har bir kishining Nutq individual, oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻladi; va-holonki, asosiy til unsurlari — lugʻat tarkibi va grammatik qurilishi yakka shaxslargagina tegishli boʻlmay, umumnikidir, yaʼni muayyan til jamoasiga umuman taalluqyai boʻladi. Nutq kishi tafakkuri, uning ongi bilan chambarchas bogʻliqdir. Nutqda kishining oʻy-fikrlari shakllanadi va mavjud boʻladi. Nutq tufayli va Nutq asosida borliqni umumlashgan holda mavxumiy aks ettirish, individuallik doirasidan chiqib, jamoatchilik mahsuliga aylanadigan mantiqiy tushunchaviy fikrlash mumkin boʻladi. Nutq kishi ruhiyatining boshqa jihatlarini, uning sezgilari, idroki, xotirasi, oʻyxayollari, hissiyoti, irodasi va boshqalarning namoyon boʻlishi va amal qilishida, kishi ongining rivojlanishida ham katta ahamiyatga ega. Nutq qoʻllanish sohasiga qarab badiiy Nutq ilmiy nutq rasmiy nutq kabi shakllarga ega boʻladi. Har qanday shaklda va har qanday holatda ham aniklik, ravonlik, soddalik, taʼsirchanlik Nutqning eng muhim belgilari boʻlib qolishi kerak.
Nutq tushunchasi muayyan til jamoasida qabul qilingan ifoda vositalari tizimi hisoblangan mavhum til tushunchasiga hamda ijtimoiy borliq (hayot)ning eng harakterli koʻrinishlaridan boʻlgan aniq, bir qadar umumiyroqtil tushunchasiga qaramaqarshi qoʻyiladi. Boshqa odamlar xulqatvori va faoliyatiga taʼsir koʻrsatish maqsadida ularga axborot, xabar yetkazishga xizmat qiladigan asl nutq (tashqi nutq), yaʼni ga-pirish, til belgilarining eshitish aʼzolari tomonidan idrok qilinadigan (ovoz yozib oluvchi uskunalar yorda-mida qayd etiladigan va qayta takrorlanadigan) artikulyasiyasi tarzida yoki ushbu belgilarning yozuvda shartli aks etishi tarzida yuzaga chiqadi.
Nutqning uslublari
Nutq
So’zlashuv uslubi
Ilmiy uslub
Rasmiy- idoraviy uslub
Badiy uslub
Ommabop (publistik) uslub
So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi.
So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir.
Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi.

Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suistе'mol qilganligi uchun M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.


Ommabop (publistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
Badiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi.
Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda.
Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.

Badiiy asarlar uslubi aralash uslub hisoblanadi. Unda so’zlashuv uslubiga, kitobiy uslublarga xos o’rinlar ham uchraydi.


Kishilar har qanday sharoitda va faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda bir-birlaridan ma’lum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqda xilma xil ko`rinishlarning paydo bo`lishiga olib keladi. Bunday xilma-xil nutq ko`rinishlari nutq uslublari deb yuritiladi. Nutq uslublari ifoda vositalari tizimining muayyan aloqa doirasida maqsadga muvofiq tanlash natijasida tarixan tashkil topgan nutq ko`rinishlaridir. Nutq uslublari tilning vazifasi – funktsiyasi bilan bevosita bog`liq bo`ladi. Shuning uchun ham ular funksional uslublar deb yuritiladi.
Og`zaki nutq, ma’lum bir modal munosabatlarni ifodalash uchun asos bo`lsa, uslub fanining ob’yekti bo`ladi. Bu holat – gap bo’laklari tartibining “buzilishi” bilan, soda gap, to`liqsiz gaplarning bo`lishi, dialog nutqning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Shunisi xarakterliki, og`zaki nutqning ba’zi shakllari yozma nutqda o`z o`rnini topadi: (keluvdi, kelardi). Og`zaki nutq uslubida qisqa hajmli bog`lovchisiz qo`shma gaplar ko`p ishlatiladi, badiiy vositalar kam qo`llaniladi. Ayniqsa, ko`p ma’noli so`zlar ko`proq ishtirok etadi. Og`zaki nutqda qochirma, piching, hazil-mutoiba, askiya uchun keng imkoniyat mavjud bo`ladi. Og`zaki nutq rasmiy – ish yuritish va ilmiy uslubda qo`llanilmaydi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi ikkiga ajratiladi:
1.Adabiy so`zlashuv uslubi
2.Oddiy so`zlashuv uslubi.
Adabiy so`zlashuv uslubi tilning adabiy me’yorlariga mos, tartibga solingan va ishlangan bo`lishi bilan xarakterlanadi.
Oddiy so`zlashuv uslubida esa betakalluflik bilan erkin muomala – aloqa qilish xarakterli xususiyatdir.
So`zlashuv uslubning quyidagi xususiyatlari bor:
1.Fonetik xususiyatlar.
2.Leksik-frazeologik xususiyatlar.
3.Grammatik xususiyatlar
Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy hujjatlari nota, qaror, farmon, ko`rsatma, qo`llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi. tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
› noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;
› fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib turadi; oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
› bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
› qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng foydalaniladi;
› so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.
›
Publitsistika keng ma’noda ijtimoiy-siyosiy hayot masalalarini yoritadigan barcha turdagi asarlarni o`z ichiga oladi. Bu uslub ham o`zining yozma va og`zaki ko`rinishlariga ega. Hayotning muhim ijtimoiy-siyosiy masalalariga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton, murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar uslubning yozma turidagi asarlaridir.
Publitsistik uslubning yozma va og`zaki ko`rinishlari o`ziga xos xususiyatlariga ega bo`lsada, ular publitsistik uslubning umumiy talablariga bo`ysunadi. Chunonchi, bu uslubning ikkala turida ham siyosiy faollik, hozirjavoblik, o`tkir va ta’sirchan notiqlik, mantiqiy salobat, tashviqot va targ`ibot kabi xususiyatlar mavjud bo`ladi. Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi.
Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko`rinishlarda namoyon bo`ladi. Bu uslub muallifga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va Grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi, ifoda vositalari yaratish imkonini beradi. Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo`lib xizmat qiladi. Bu uslub o`zining obrazliligi bilan adabiy boshqa funktsional uslublaridan ajralib turadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
› Barkamol avlod orzusi. T., “Sharq”, 1999.
› I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi – xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. T., “O`zbekiston”, 2000.
› R.Qo`ng`urov va b. Nutq madaniyati va uslubiyot asoslari. T., “O`qituvchi”, 1992.
› A.G`ulomov, B.Qobilova. Nutq o`stirish mashg`ulotlari. T., “O`qituvchi”, 1995.
› G`.Abduraxmonov, S.Mamajonov. O`zbek tili va adabiyoti. T., “O`qituvchi”, 1995.
http://fayllar.org
Download 13.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling