Nutqning uslubiy turlari


Download 1.57 Mb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi1.57 Mb.
#1533405
1   2   3   4
Bog'liq
Eshboyeva Moxira

Grammatik xususiyatlari:

  • tilga olinayotgan kishilar o`z nomi bilan atalmasdan, buning o`rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h.
  • noaniqlikka yo`l qo`ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi;
  • fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib turadi; oldini olish, chora ko`rish, aybni ochish, ko`riladi, beriladi, bo`shatilsin;
  • bu uslubda uyushiq bo`lakli gaplar keng qo`llanilib, ayrim o`rinlarda bo`laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin;
  • qo`shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo`shma gaplardan keng foydalaniladi;
  • so`roq va undov gaplar deyarli qo`llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi.

Rasmiy ish yuritish uslublari

Ilmiy uslub

Ilmiy uslub fan, texnika va ishlab chiqarish bilan bog`liq vazifaviy uslubdir. U o`z ichida yana ilmiy texnikaviy, ilmiy-hujjat, ilmiy-ommabop, o`quv-ilmiy kabi bir necha sof ilmiy turlarga bo`linadi.

Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:

  • Ilmiy uslubning hozirgi zamon taraqqiyoti bilan bog`liq ravishda quyidagi umumiy xususiyatlari bor:
  • axborotning ob’yektivligi, aniqligi;
  • nutqning ma’lumotlarga boyligi;
  • fikrning lo`nda, qisqa ifodalanishi;
  • muallif individualligining sezilmasligi;
  • emotsionallik, obrazlilikning bo`lmasligi;
  • atama, chizma, ramz va jadvallarning bo`lishi;
  • matnning siqiq sintaktik qurilmalardan tuzilishi;
  • adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilinishi;
  • fikrlarning mantiqiyligi va qat’iy tartibda bo`lishi;
  • ellipsis hodisasining bo`lmasligi (nazarda tutilgan birorta so`zning tushib qolishi);
  • turli xil tushunchalarni ifodalovchi otlarning ko`p ishlatilishi;
  • otlarni, asosan, birlikda ishlatish;
  • matnda fe’lning majhul nisbatidan foydalanish;
  • maxsus bog`lash uchun xizmat qiladigan so`z, so`z birikmalarining qo`llanishi.

Download 1.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling