Nutqning uslubiy turlari
O‘quvchilarda kreativlikni shakllantirish mazmuni va usullari
Download 13.26 Kb.
|
Ibragimova Zilola
2.2.O‘quvchilarda kreativlikni shakllantirish mazmuni va usullari
Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va ijtimoiy fanlar kabi turli sohalarda insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda, yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqda, bu esa, oʻz navbatida, innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada kuchaytirmoqda. Kreativ fikrlash taʼsiri butun jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda universal va tenglashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega. Kreativ fikrlash testlarining birinchi avlodi domenning umumiyligi, yaʼni har qanday sohadagi ijodkorlikning umumiy xususiyatlari mavjudligi haqidagi g‘oyaga asoslangani kabi tadqiqotchilar ijodkorlikni baholaydigan sinovlarda shaxsning natijalari umumiylashtirilishi mumkinligini, bir sohadagi kreativlik ikkinchi sohaga ham oʻtkazilishi mumkinligini taxmin qilganlar. Ushbu tadqiqotlar yo ijodkorlik uchun zarur boʻlgan qobiliyat va koʻnikmalar domenga bog‘liq boʻlib, domendan domenga ajralib turishini taʼkidlamoqda, yoki ikki yondashuvning qisman jamlagan ijodkorlik modellarini taqdim etmoqda. XULOSA Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, kreativlik xozirgi kunda judayam kam uchraydigan narsalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab ko‘pchilik pedagog o‘qituvchilarni o‘z ustida ko‘p ishlamasligida deb aytsak bo‘ladi. Kreativlik uchun qobilyat tug‘ma bo‘lishi kerakmi degan savol tug‘iladi. Qaysidir ma`noda albatta kerak bo‘ladi. Lekin xammasi mehnatga, o‘z ustida ishlashga borib taqaladi. O‘quv mashg‘ulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bo‘lajak pedagoglarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish,ularni ijodiy fikirlash, yangi g‘oyalarni o‘ylab topishga majbur qilish ta’lim olishga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishga rag‘batlantirishda asosiy omil bo‘ladi. O‘qituvchining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi emas, balki darslarni ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil etish, yangi g‘oyalarni ta’lim jarayonida sinab ko‘rishga intilishi zarur. Download 13.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling