“Pedagogik ijodkorlik” quyidagi ikki holatni kafolatlay olishi zarur: o’qituvchilar tomonidan o’quv fanlarini past o’zlashtirayotgan va ularini o’rganishni zerikarli deb hisoblayotgan o’quvchilar e’tiborlarini fan asoslarini o’zlashtirishga jalb etish;
o’qituvchilarga o’quvchilarda kreativ fikrlash va ijodiy faoliyat natijalarini rag’batlantirishga xizmat qiladigan strategiya va vositalarni tavsiya etish qilish orqali auditoriyada ulardan samarali foydalanishlari uchun imkoniyat yaratish.
Kreativlikni o'rganish asosan ikki yo'nalishda olib boriladi:
1-yo'nalish. Kreativlikni intellekt bilan bog'liqligi masalalarini va kreativlik bilan bog'liq ta'limiy jarayonlarni belgilashni o'rganadi.
2-yo'nalish. Shaxs va uning psixologik o'ziga xosligi kreativlikning asosiy aspekti ekanligi, shaxsga va uning motivatsion chizgilariga urg'u berili shi bilan tasniflanadi.
Intellektual faktorlarni ta'limiy yo'nalishlarda qo'llanilishida, kreativlikn o'rganish, baholashda 1950- yillarda J.Gilford va uning izdoshlari 16 ta gipotetik intellektual qobiliyatni ajratib ko'rsatadilar.
II.BOB.O‘QUVCHILARDA KREATIV KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH
2.1.Kreativ kompetentlikni shakllantirish mezonlari
Ma’lumki ijod – insonning fan, texnika, ishlab chiqarish, madaniyat va boshqasohalarda ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan yangilik yaratishi, kashf etishi bilan bog‘liq murakkab pedagogik jarayon bo‘lib, inson tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqati, irodasifaol ishtirok etadi, ijodda bilim, tajriba, iste’dod namoyon bo‘ladi. Buyukmutafakkirlardan biri Abu Nasr Farobiyning ta’riflashicha “ijod – bilish jarayonidashunday ulug‘ fazilatki, inson uni egallashi uchun boshqa hamma fazilatlarini ishgasolishi kerak”. Darhaqiqat, ijod qilish jarayonida inson izlanadi, kuzatadi, tadqiqotlarolib boradi, natijalarni tahlil qilib mantiqiy xulosalar chiqaradi. Xulosaning to‘g‘ri yokinoto‘g‘ri ekanligi tajribada sinab boriladi.
O‘quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatini tashkil qilishda ikki o‘zaro bog‘liq vazifani e’tiborga olish lozim. Ularning birinchisi – o‘quvchilar kreativ kompetentlik faoliyatida mustaqil fikrlashni rivojlantirish, bilim egallashdagi intiluvchanligi, ilmiy dunyoqarashini shakllantirilishi bilan; ikkinchisi – o‘zlashtirilgan bilimlarni ta’limda va amaliy faoliyatda mustaqil qo‘llay olishga o‘rgatish bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |