aloqada bo'lgan kishilar) ham kasallik patogenezidagi o'rni baland.
K lin ik asi. B aza lio m a , a so sa n , terin in g q uyosh nuri tu sh u v ch i
sohalarida kuzatilib, ko'pincha yuz, quloq supralarida, ba’zan esa ko'krak
old yuzasi, yelka kamari sohalarida uchraydi. Bazalioma o'zining juda
sekinlik bilan o'zgarishi va m etastaz bermasligi bilan xarakterlanadi.
K asallik m ayda d og', chegaralangan giperkeratoz yoki m arvaridga
o'xshash mayda tugunchalar toshishi bilan boshlanib rivojlanadi. Yassi
tugunchalar sekin kattalashib, yuza va o'tkir yallig'lanish belgilarisiz
bo'lib, yaltiroq, atrofida teri yupqaligidan qon tomirlari (teleangiektaziya)
ko'rinib turadigan qo'rg'on bilan o'ralgan bo'ladi. Bu yaltiroq valiksimon
atrof qismida ajralib turgan, yaltiroq, dursimon tugunchalarni ko'rish
mumkin. O'rta qismidagi tuguncha oldin eroziya, keyinchalik kattalashib,
chuqurroq yara va qaloqlar hosil qiladi.
Davosi:
- rentgen nuri bilan davolash;
- krioterapiya va xirurgik davo.
Yassi hujayrali karsinom a (Carcinoma spinocellulare)
Yassi hujayrali karsinoma yom on fe’lli o'smalarning ko'p uchrovchi
turidir, asosan, tanasi oq kishilarda uchraydi. Yassi hujayrali karsinoma
bazal hujayrali epiteliomaga nisbatan 20-50 % kam uchraydi.
Etiologiyasi. K asallikning asosiy etiologik omili - quyosh nurining
ta ’sirida uzoq vaqt bo'lish. Uni radiatsiya va turli xil jarohatlar, ayniqsa,
uzoq bitmayotgan yaralar chaqirishi mumkin, ulardan tashqari, o'yuvchi
kim yoviy moddalar, mishyak mahsulotlari ham kasallikka olib keluvchi
omillardan hisoblanadi.
Klinikasi. Teri jarohati nospetsifik, mayda, kepaklanuvchi dog' holida
yoki surunkali, bitishi qiyin tirnalishlar o'chog'i ko'rinishida paydo bo'lib,
Do'stlaringiz bilan baham: |