O rttirilgan zaxmning umumiy klinik kechishi
Orttirilgan va davolanmagan zaxmda davrlarning almashinib turishi
kuzatiladi va zaxm ning inkubatsion davri, birlam chi, ikkilam chi va
uchlamchi davrlari ajratiladi.
Zaxmning inkubatsion davri deb kasallik yuqqanidan to uning ilk belgilari
- qattiq shankr paydo bo'lgunicha o'tgan vaqt tushuniladi. Zaxmning
inkubatsion davri o'rtacha 3-4 haftaga teng. Ayrim hollarda, ayniqsa, shu
davrda turli sabablarga ko'ra (angina, pnevmoniya, gonoreya va boshqa
sabablarga qarshi m a’lum miqdorda antibiotiklar qabul qilish oqibatida)
inkubatsion davri 1,5-2 oygacha uzayishi mumkin. Yana ham kam hollarda
esa inkubatsion davr (15-18 kungacha) og'ir xastaliklar, alkogolizm ,
narkomaniya bilan kasallangan bemorlarda qisqarishi mumkin. Inkubatsion
davridan boshlab oqish treponema doimiy ko'payib, ma'lum bir miqdorda,
limfadan qon sistemasiga o'tib turib, organizmda antitanachalar ishlab
chiqilishiga olib keladi. Lekin antitanachalaming miqdori kam bo'lgani tufayli
klassik seroreaksiyalar manfiy b oiad i
(XIX ilova).
Z a xm n in g birlam chi davri (S y p h ilis p rim aria) - k a sa llik n in g
boshiang'ich davri hisoblanib, qattiq shankr paydo boigan d an to tanada
ikkilamchi zaxm ga xos toshmalar paydo bo'lguncha kechadi. Bu davr
Do'stlaringiz bilan baham: