O ' z be k is to n respublik asi oliy va o'rta m a X s u s ta lim V azir lig I a d h a m vaisov teri va tanosil


Birlamchi sifilomaning klinik ko‘rinishi. Klassik ko'rinishdagi qattiq shankr


Download 5.29 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/269
Sana01.11.2023
Hajmi5.29 Mb.
#1736593
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   269
Bog'liq
Teri va Tanosil Kasalliklari (Adham Vaisov) - T., 2009 y.

Birlamchi sifilomaning klinik ko‘rinishi. Klassik ko'rinishdagi qattiq shankr 
(Ulcus durum) eroziya yoki yara bo'lib, u treponemalarning teri yoki shilliq 
pardalar sohasiga kirgan joyida paydo bo'ladi. Rivojlanib bo'lgan tipik qattiq 
shankr dumaloq yoki oval shakldagi eroziya yoki yuza yara ko'rinishida 
bo'lib, chetlari tekis va aniq chegaralangan, tovoqsimon shaklda, usti yaltiroq 
«laklangan», to'q qizil rangli, tubi zich-elastik konsistentli, plastinkasimon 
infiltratga ega. Yara yuzasidan oz miqdorda seroz suyuqlik ajralib turadi va 
mikroskopning qorong'ilashtirilgan maydonida ko'rilganida, ko'p miqdorda 
oqish treponema topish mumkin. Shankr atrofidagi terida o'tkir yallig'lanish 
alomatlari bo'lmaydi (agarda ikkilamchi infeksiya bilan asoratlanmasa). 
Qattiq shankr ko'p hollarda jinsiy a ’zolar terisida va unga yaqin atrofda 
joylashib, kasallikning jinsiy yo'l bilan yuqqanligini ko'rsatadi. Qattiq yara 
jinsiy a’zolardan tashqari, lab, og'iz shilliq pardasi, tilda, milkda va boshqa 
joylarda uchrashi mumkin va ekstragenital joylashgan shankr bo'lib, har xil 
shaklda b oiish i mumkin.
Tipik shankrlar bilan bir qatorda atipik shankrlar ham uchrab turadi, 
ularga: jinsiy a ’zolar indurativ shishi (Oedema indurativum), Shankr- 
amigdalit, xasmol-shankr (shankr-panaritsiy) kiradi.
1. Indurativ shish (qattiqlashgan shish), asosan, katta va kichik jinsiy 
lablar, jinsiy olat xaltachasi sohasida, lim fa tom irlarga boy joylarda 
u ch rayd i va tarqoq in filtra t h iso b ig a bu a ’zolar bir nech a m arta 
kattalashadi. Shikastlangan soha barmoq bilan bosib ko'rilsa chuqurcha 
q olm aydi. Shish sohasidagi teri o'zgarm aydi, b a ’zan esa ko'kim tir- 
binafsharangli bo'lib, bezovta qilmaydi.

Download 5.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   269




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling