O bobojonov k. Jumaniyozov
Xorij valyutasini sub’ektning valyuta schyotiga qabul qilish
Download 1.89 Mb. Pdf ko'rish
|
59.MOLIYAVIY HISOB Ukuv kullanma
2. Xorij valyutasini sub’ektning valyuta schyotiga qabul qilish:
D-t 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» К-t 4310-« TMQlar uchun mol еtkazib bеruvchilar va pudratchilarga bеrilgan bo’naklar» 3.Vakolatli bankka vositachiligi uchun xizmat haqini berish: D-t 9430 (yoki 5220-6010 va 6010-4310) - «Boshqa operastion xarqajatlar» К-t 5110 - «Hisob-kitob schyoti» Xorij valyutalarini sotib olish muomalalar 5210 «Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» yoki 5220-" Chеt eldagi valyuta schyoti"da hisobga olib boriladi. Xorij valyutasi bo’yicha muomalalar hisobga olinganda ikkita bahoda, ya’ni xorij mamlakatining valyutasida va O’zbekiston Respublikasining valyutasi so’mda qayd qilib boriladi. Ushbu valyutalarni sotib olish vaqtida Markaziy bank tomonidan belgilangan kursdan ortiqcha to’langan summa sub’ektning zarariga qabul qilinadi: D-t 9620-« Valyutalar kurslari farqidan zararlar » schyoti va К-t 5110-«Hisob-kitob schyoti» Xorij valyutasi bilan amalga oshirilgan hamma muomalalarda ularning hisobi ikkita bahoda – xorij davlatining valyutasida va tegishli kurs bo’yicha milliy so’mda hisobga olib boriladi. Olingan xorij valyutasi tegishli banklardagi 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» va 5220- « Chеt eldagi valyuta schyoti»ga kirim qilinadi. Agarda xorij valyutasining sotib olish bahosi Markaziy bank o’rnatgan kursidan yuqori bo’lsa ushbu farq summasi 9620-«Valyutalar kurslari farqidan zararlar» schyotiga olib boriladi (9620-5110); agarda sotib olish bahosi Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan kursdan past bo’lsa ushbu summa 9540-» Valyutalar kurslari farqidan daromadlar « schyotiga olib boriladi (5110-9540). Tegishli banklar xorij valyutasining harakati va holati to’g’risida korxona yoki firmaga 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» va 5220-«Chеt eldagi valyuta schyoti» berib boradi. Ushbu ko’chirmaga asosan 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» va 5220-« Chеt eldagi valyuta 57 schyoti » ning kredit ma’lumotlari 2 / 1-jurnal orderda yig’ib boriladi va ushbu schyotning debet summalari 2 / 1-qaydnoma yordamida nazorat qilib boriladi. Nazoratni chuqurlashtirish maqsadida 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti» va 5220-« Chеt eldagi valyuta schyoti» bo’yicha analitik hisob kartochkalari yuritilib, ularda har bir valyutaning turlari bo’yicha ayrim hisoblar olib boriladi. Download 1.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling